Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana25.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#704052
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
24-16 Maqsudov Abdulaziz



1.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 
 
«Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasi 
 
“MOYLAR VA MAXSUS 
SUYUQLIKLAR TEXNOLOGIYASI” 
fanidan kurs ishi 
 
Mavzu: 
Kerasin fraksiyasini gidrotozalash jarayoni texnologiyasi 

BAJARDI:
24-16 guruhi talabasi
Maqsudov Abdulaziz 
 
 
 
 
Rahbar: ass. Shapatov F.U. 
 
 
 
Toshkent – 2020 y.


2.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
MUNDARIJA: 
1. KIRISH
2. TEXNIK QISM (adabiy sharh): bosh harf bilan, qalin harflar bilan, chiziq 
o'rtasiga tekislash 
3. TEXNOLOGIK QISM 
4. HISOBLASH QISMI (moddiy balans) 
5. XULOSA 
6. ADABIYOTLAR RO’YXATI 


3.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
 
 
 
 
 
KIRISH 
 
 
 
 
 
 


4.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
KIRISH 
Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Farg’ona va Buxoro neftni 
qaytaishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg’ona zavodi surkov moylari va yonilgi 
ishlabchiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish boyicha 30 dan ortiq 
texnologik 
qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilgi yunalishida, uning asosiy 
texnologik uskunalari 7 ta. Buxoro neft zavodi yaqinda, ya’ni 1997 yil 22 avgust 
kuni ishga tushirildi. Neft zavodi tola quvatda ishlaganda ulardan yuqori oktanli 
benzin, dizel yoqilg’isi, koks, parafin, motor moylariga qushilmalar, ichki yonuv 
dvigatellari uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq 
moylari), kerosin, bitum, mazut kabi neft mahsulotlar olindi.
Gaz sanoati – yoqilg’i –energetika majmuasining eng rivojlangan tarmogi. 
Uning respublikada qazib olinayotgan yoqilg’i balansidagi hissasi 82,2 % 
ni tashkil etadi. 1972- yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi 
navbatda ishga tushirilib, gazni magistral gazoprovodlarga uzatishdan oldin 
aralashmalardan tozalash imkoniyatilari yaratildi. Yaqinda Shortanda gaz-kimyo 
zavodi birinchi mahsulotlarini bera boshladi. Fargona neftni, Muborak gazni 
qayta ishlash zavodlari va Shortan gaz kompleksida, yiliga 100 ming tonnaga 
yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqil 
rivojlanish yo`li bilan dadil ketayapti. Bugun mamlakatimizda makroiqtisodiy 
va moliyaviy barqarorlikka erishildi, tarkibiy o`zgarishlar dasturi amalga 
oshirilmoqda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bilan birga tubdan qayta 
qurilmoqda, yangi sohalar yuzaga keltirilayapti. Iqtisodiyotni keyingi barqaror 
va dinamik o`sishi uchun kerakli poydevor va sharoitlar yaratilmoqda. 
Prezidentimiz tashabbusi bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish, uning barcha 
sohalarini, jumladan, neft-gaz tarmog’ini yanada rivojlantirishga xizmat 
qiladigan qulay sarmoyaviy muhit yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. 
Sohada yangi inshootlarni barpo etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, 


5.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko`paytirish, mahalliylashtirishni 
kengaytirish, korxonalarni rivojlanishi uchun qulay sharoit, imkoniyat va 
imtiyozlar yaratilmoqda. Bu o`lkaga tabiat mo`l-ko`l in`omlar berilgan. 
Amudaryo va Sirdaryo oralig’iga joylashgan O`zbekiston o`z tabiiy – iqlimiy 
sharoitlari bo`yicha Markaziy Osiyoning eng qulay regionlaridan biridir. 
O`zbekiston o`ta boy mineral- xom ashyo resurslariga, ham ega. Uning sahnida 
Mendeleev jadvalidagi hamma kimyoviy elementlar mavjud. Hozirgi vaqtda 
dunyoda neft’, tabiiy gaz, ko`mir va uran asosiy energiya manbalari hisoblanadi. 
Tinimsiz qazib olish hisobiga esa ularning zaxirasi yildanyil kamayib bormoqda. 
Olim va mutaxassislar shu tarzda ishlatilgan taqdirda, dunyodagi neft’ zaxiralari 
45-50 yilga, tabiiy gaz zaxiralari 70-75 yilga, tosh ko`mir zaxiralari 165-170 
yilga, qo`ng’ir ko`mir zaxiralari 450-500 yilga etishini ta`kidlashmoqda. Shunisi 
aniqki, bu konlar tugagach, ularni qayta tiklab bo`lmaydi. O`zbekiston qimmatli 
mineral-xom ashyo resurslariga juda boy bo`lib, uning sarhadlarida Mendeleev 
davriy jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud. Vatanimiz hozirgi 
kunda oltin zahiralari bo`yicha jahonda 4 o`rinni, uni qazib olish bo`yicha – 
ettinchi, paxta tolasi ishlab chiqarish bo`yicha – birinchi, eksporti bo`yicha – 
ikkinchi o`rinlarni, uran zaxirasi bo`yicha ettinchi va mis zahirasi bo`yicha 
o`ninchi o`rinlarni egallaydi. O`zbekiston rangli va nodir – er metallari, neft, 
gaz, qurilish materiallari, fosforitlar, turli tuzlar, kvarts va boshqa foydali 
qazilmalarni katta zahiralariga ega bo`lib, hozirda ularni qayta ishlashda ko`plab 
ishlar amalga oshirilmoqda. Neft va gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining 
etakchi tarmoqlaridandir. O`zbekiston dunyo mamlakatlari orasida tabiiy gaz 
qazib olish bo`yicha etakchi o`rinlardan birida turadi. Keyingi yillarda 
O`zbekiston neft va gaz sanoatida tub o`zgarishlar amalga oshirildi. 
Mamlakatimiz gaz, polietilen va qayta ishlangan neft mahsulotlarining yirik 
eksportchisiga aylandi. Neft-gaz sanoati sohasida 2013 yilning o`zida 2,8 
milliard AQSH dollaridan ziyod investitsiya o`zlashtirildi. Bu rejalashtirilgan 
ko`rsatkichlardan 11 foizga ko`pdir. Jahon miqyosidagi loyihalar ishlab chiqilib, 


6.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Masalan, jahon neft-gaz sohasidagi eng 
yirik loyihalardan biri Surg’il koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-
kimyo majmuasidir. Janubiy koreyalik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan 
ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,9 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. 
Uning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash 
hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna 
polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa mahsulotlar ishlab 
chiqarish imkonini beradi. 
O’zbekiston Mustaqillikka erishgach, mamlakatning neft va gaz 
mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini uz resurslari hisobga qondirish dolzarb masala 
bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida 
ham qator o’zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi «Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi qarori bilan “O’zbekneftgaz” 
aktsiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi. Keyingi ikki yilda sohada 
amalga oshirilgan islohotlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, 
aholiga tabiiy gaz 15 foiz va suyultirilgan gaz 1,6 barobar koʻp yetkazib berildi. 
Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qoʻshimcha 204 ming tonna neft 
mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan 
talab qondirib kelinmoqda. Shoʻrtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualarida joriy 
yilning oʻzida gazga nisbatan qoʻshilgan qiymati 4 barobar koʻp boʻlgan qariyb 
700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi. Neft-gaz 
sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2030-yilgacha geologiya-qidiruv 
ishlari olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash 
boʻyicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini 
amalga oshirish belgilangan. Uglevodorodlar zaxirasini koʻpaytirish boʻyicha 
aniq choralar koʻrilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga 
kamayadi. 


7.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
Shu bois, yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga 
geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni 
modernizatsiya qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta 
ishlash, investitsiyalarni koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Jahon 
tajribasi asosida bu ishlarga investorlarni kengroq jalb etish, davlat va 
investorlar manfaatini himoya qilishni taʼminlaydigan yangi mexanizmlar ishlab 
chiqish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod 
xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni 
moliyalashtirish boʻyicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi. 
Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi taʼmirtalab 
holga kelgan. Kelajakda isteʼmolchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan 
taʼminlash maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish 
hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish boʻyicha 1,6 
milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi.
Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko’paytirishning 2021 yilgacha 
bo’lgan dasturi va uni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlandi. 
Mamlakatimizda yer osti boyliklari ko’p. Ularni o’zlashtirish va qayta 
ishlash bo’yicha yangi tizim yaratildi.
Geologiya-qidiruv ishlari davlat dasturiga muvofiq, yangi konlar ochish 
orqali 2020 yilda tabiiy gaz zaxirasini 57 milliard kub metrga, neft va kondensat 
zaxirasini 3,6 million tonnaga ko’paytirish rejalashtirilgan. Joriy yilda 63 
milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni 
ta’minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik ob’ektni qurish 
ishlarini yakunlandi. 
“O’zbekneftgaz” AJ tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta 
investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag’lar Jizzax 
neftni qayta ishlash zavodini bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan 
ta’minlash, Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2-navbati va Qandim 
konlar guruhini jihozlash, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq 


8.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
yoqilg’i ishlab chiqarish, Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida 
qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi 
loyihalarga yo’naltiriladi. Mazkur 24 yirik loyihaning 9 tasi bu yil amalga 
oshirildi. 
Sohaning logistika yo’nalishlarini diversifikatsiya qilish, xomashyo importi 
va mahsulot eksporti narxlarining arzonroq bo’lishini kafolatlaydigan transport 
yo’laklari va tariflarini aniqlash, energiya iste’molini tejash va muqobil energiya 
manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda. 
Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yuqori va o’rta bosimli gaz 
taqsimot tizimini rivojlantirish, shuningdek, iste’molchilarning energiya 
resurslaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish yuzasidan kupgina 
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Neft-gaz sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish 
kontseptsiyasini ishlab chiqildi, “O’zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyatining 
kredit reytingini aniqlash ishlarini jadallashtirish bo’yicha ham vazifalar amalga 
oshirilmoqda. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish