157
ФИО автора: Ibragimova Dilshoda NamDU 1-bosqich magistranti
Название публикации: «BOLALAR DIDAKTIK O'YINLARINING MOHIYATI»
Annotatsiya. Maqola bolalar didaktik o'yinlari, ularning bola ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyati masalalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda didaktik o'yinlarning turlari va mohiyati ochib berilgan.
Аннотация. Статья посвящена изучению значения детских дидактических игр в воспитании детей. Объясняются виды и характер дидактических игр
Annotation. The article is devoted to the study of the importance of children’s didactic games in the education of children. It explains the types and nature of didactic games.
Tayanch so'z va iboralar. Didaktik o'yin. “Bir nom bilan ayt!”, tarbiya, ko'nikma, bilim, ijodiy faoliyat
Ключевые слова и фразы. Дидактическая игра, “Скажи по имени!” образования, навык, знание, творческая деятельность
Key words and phrases. Didactic games, “Say it with a name!”, education, skill, knowledge, creative activity
Inson umri haqida gap ketganda kimdir uni oqar suvga, yana kimdir yo'lga, boshqa birov esa daraxtga qiyos etadi. Agar hayotni bir og'ochga o'xshatsak, u avval nozik ko'chat bo'ladi, keyin barq urib ko'karadi, so'ng qiyg'os gulga kiradi, bir payt daraxt yaproqlari to'kila boshlaydi va vaqti kelib qurib qoladi. Bu davrdagi nozik nihollik - bolalik payti eng beg'ubor va muhim bosqich hisoblanadi. Tabiiyki, bolalikni o'yinlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. O'yinlar esa nafaqat bolalar vaqtini samarali o'tkazish, balki ularni aqliy va jismoniy tomondan barkamol bo'lib voyaga yetishlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Didaktik o'yinlar ta’limiy o'yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o'yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o'yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. Didktik o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi.4 Masalan, “Bir nom bilan ayt!” o'yinini tahlil qiladigan bo'lsak, unda bolalarga turli xil mevalar : olma, o'rik, gilos, nok kabilarning rasmi ko'rsatiladi va ulardan bir umumiy nomda aytish, ya’ni “mevalar” degan nom ostida
4 Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika. Darslik. Toshkent. “Tafakkur bo'stoni”. 2013. - 226-227-betlar
158
ifodalash talab qilinadi. (Bu o'yinni mevalardan boshqa narsalar, masalan, hayvonlar, gullar, o'quv qurollar misolida ham o'tkazish mumkin.) O'yindan ko'zlangan maqsad diqqatni rivojlantirish, mantiqiy fikrlashni shakllantirish, predmetlarni umumlashtirishga o'rgatish, dunyoqarashni kengaytirish, lug'at zahiralarini boyitish, xotirani kuchaytirish kabilardan iborat.
O'yin bu, avvalo, ijodiy faoliyatdir. Unda bolalarning san’atga bo'lgan qiziqishlari shakllanadi, aktyorlik qobiliyatlari rivojlanadi. Shuningdek, bolalar o'yindagi hayot orqali o'zlarining kelajak hayotlarini ko'rsatib berishadi. Bola o'yin orqali kelgusida tanlashi mumkin bo'lgan kasbga ishora qiladi. Masalan, o'yinda shifokor rolini tanlagan bola kelajakda shu kasb egasi bo'lish ehtimoli yuqori, deb tahmin qilinadi. O'yinni tashkillash va boshqarish ham katta ahamiyatga ega. Negaki, o'yinda tashabbusni o'z qo'liga olgan bolalarda liderlik qobiliyati yuqori darajada shakllangan bo'ladi.
Didaktik o'yinlar bola ta’lim-tarbiyasida muhim hisoblanadi. Inson umri davomida ega bo'ladigan bilimlarning 70 foizini maktabgacha yoshda olishini inobatga olsak, bola bu bilim va ko'nikmalarga, aynan, turli o'yinlar orqali erishadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun tavsiya etilayotgan o'yinlar ularning mantiqiy fikrlash qobiliyati, jismoniy holati, dunyoqarashi, fikrlashi kabi qirralarini rivojlantirishga qaratilgan. Bir so'z bilan aytganda, didaktik o'yin bolaga o'zining ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatini beradi. Chunki bola bu yerda o'ynaydi, xayol qiladi, o'ylaydi, yozadi, o'rganadi. Natijada, hayot uchun kerakli bo'lgan bilimlarga ega bo'ladi.
O'yinlardan pedagogik jarayonda foydalanish bolalar bog' chasida ta’lim va tarbiya samaradorligini oshiradi. Bolalarning o'yinlarini tomosha qilishda ularning xarakter xususiyatlari aniq namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, didaktik o'yin davomida bolalar birinchi navbatda tarbiyachi rahbarligi ostida, keyin esa mustaqil holda o'yinlarda kognitiv muammolarni hal qilishga o'rganadilar.
Xulosa qilib aytganda, didaktik o'yinlar bolalarning hissiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, ta’lim sohasidagi ma’lum bilimlarni mustahkamlaydi, bolalarning kognitiv faolligini rivojlantirishga hissa qo' shadi, talaffuzni yaxshilaydi, so'z boyligini oshiradi va garmmatik ko'nikmalarni shakllantiradi. Bu esa oxir-oqibat aqlni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jarayoni, didaktik o'yinlar davomida ta’lim sohalarini integratsiyalashuvi - bularning barchasi integrativ fazilatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |