Enazarova Dilshoda bxa 51-2 gurux Oraliq nazorat



Download 50,54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.09.2021
Hajmi50,54 Kb.
#177291
Bog'liq
2 5204105430388705652



Enazarova Dilshoda BXA 51-2 gurux

              Oraliq nazorat

                5 -variant

  

1. Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob



registrlaridan foydalanishning ketma-ketligi va

bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma‘lum

tizimga aytiladi. Registrlarning shakli va tuzilishi,

sintetik va analitik hisob registrlarining 

o'zaro xronologik va sistematik bog'liqligi, yozuv

ketma-ketligi va bajarilish texnikasi buxgalteriya

hisobining shaklini aniqlaydigan asosiy belgidir.

Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir

necha buxgalteriya hisob 

shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo'llaniladigan

hisob shakllarini tanlash 

quyidagi omillarga bog'liq bo'ladi:

- korxona hisob ishlarini hajmi ko'p yoki kamligiga;

- korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va

tajribalariga va xakozo.

Korxonada qaysi hisob shakli qo'llanilishidan qat‘iy

nazar, O'zbekiston 

Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi

qonuniga to'liq amal qilinishi shart. Buxgalteriya hisobi

shakllari quyidagi turlarga bo'linadi:

 memorial order shakli



 bosh daftar shakli 

 jurnal order shakli

elektron-avtomatlashtirilgan shakl

Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan quyidagi

xususiyatlariga ko'ra farq qiladi.

      Memorial - order shakl

Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik

xo'jalik muomalalari jami 

bo'yicha tuziladi. Ushbu muomalalarni

rasmiylashtiradigan memorial-orderlarga 

oldindan raqam berilgan bo'ladi. Masalan,

«Kassa» schyotining debeti va u bilan

korrespondentsiyalanadigan schyotlarning krediti

bo'yicha muomalalarni yozish uc'un №1 memorial-

order, «Kassa» schyotining krediti bo'yicha esa №2

memorial order tuziladi. Bunday tajriba oy davomida

analitik schyotlar bo'yicha ularni oy 

oxirida sintetik schyotga birlashtiruvchi yozuvlar

bo'yicha rasmiylashtiradigan 

memorial-order raqami ko'rsatilgan holda yozib borish

imkonini beradi. 

Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli

Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo'llanishi,

hisob ishlarini 

hajmidan, hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi.

Buxgalteriya hisobining 

Bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga

to'gri keldi va hozirgi 

davrda ham kichik firma va korxonalarda

qo'llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining   ushbu shakli




qo'llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining   ushbu shakli

sintetik schyotlar ham qo'llaniladigan buxgalteriyalarga

xosdir. 

Taiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta

bo'lmaganligi sababli, qo'llaniladigan sintetik schyotlar

miqdori ham kam bo'ladi.

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli

Buxgalteriya hisobini memorial-order shaklida mavjud

bo'lgan kamchiliklar, 

hisob shaklini takomillashtirishni talab etardi. 1940

yillarda buxgalteriya hisobi 

shaklini talab drajasiga ko'tarish maqsadida olib

borilgan ishlar natijasida 

takomillashgan jurnal-order shakli vujudga keldi. 1949

yilda esa, sobiq SSSR Moliya Vazirligi ilg'or korxonalar

buxgalteriya hisobida tajribadan o'tgan buxgalteriya

hisobi jurnal-order shaklining me‘yoriy hisob

registrlarini ishlab chiqdi. Shu hisob registrini jurnal-

order deb atalishi, ular asosida yuritiladigan hisob

shaklining ham jurnal-order shakli deb atalishiga asos

bo'ldi.

2. Hisobning har bir turi bir xil xòjalik operatsiyasini turli

vaziyatlarda ko'rib 

chiqadi, bu esa ayrim bosqichlarda uning

foydalanuvchilarini qiziqtiradigan axborot 

oqimlarining kesishishini istisno qilmaydi. Bunga

erishish hisobning barcha turlariga 

hos bo'lgan muhim xususiyat, ya‘ni bir xil o'lchovlardan:

natura, mehnat va pul



natura, mehnat va pul

o'lchovlaridan foydalanish tufayli mumkin bòladi. 

Natura o'lchovlari – hisobga olinayotgan xo'jalik

mablag'lari va ularning 

xarakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat

qiladi. Natura o'lchovlarini 

qo'llash hisobga olinayotgan obyektning xususiyatlari,

ya‘ni uning fizik va iste‘mol 

hossasi fark qiladi. Masalan, hisob obyektlari: og'irlik

birligida (gramm, kilogramm, tsentner, tonna); hajm

birligida (metr, kubometr); uzunlik birligida (santimetr,

metr, kilometr); hisob birligida (dona, bosh) va

boshqalarda o'lchanadi.

   Natura o'lchov birliklari moddiy qiymatliklarni

hisoblash, tortish va o'lchash natijasida olingan

ma‘lumotlarni hisobga olish, ularning miqdor hamda

sifat o'zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun

qo'llaniladi. Ular yordamida 

umumlashtiruvchi ko'rsatkichlarning olinishi istisno

qilinadi.

Mehnat o'lchov birligi – mahsulotni ishlab chiqarish

yoki sarf qilingan mehnat 

sarfini o'lchash uchun mo'ljallangan. Ularning o'lchov

birligi bo'lib minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi.

Ular yordamida mahsulot ishlab chiqarish me‘yorlari,

mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar

nazorat qilinadi. Mehnat o'lchov birligi yordamida

mehnat unumdorligini aniqlash imkoni natura o'lchov

birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin.

Mehnat o'lchov birligi ko'p hollarda bir turli xo'jalik

munosabatlarini o'rgaishda ishlatiladi.



munosabatlarini o'rgaishda ishlatiladi.

Pul o'lchov birligi – korxonaning moddiy va mehnat

resurslaridan foydalanish 

bilan bog'liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash,

ishlar bajarish yoki xizmatlar 

ko'rsatishga doir xarakatlarni hisoblash imkonini

beradi. Bu vazifani O'zbekiston 

Respublikasida milliy valyuta so'm va uning

tiyini bajaradi. Pul o'lchovi yordamida boshqa

ko'rsatkichlarni olish, ulardan hosila ko'rsatkichlarni

korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham

hisoblash mumkin.

3. Korxona va tashkilotlarda xo'jalik faoliyatini

boshqarish bevosita 

mablag'larning holatiga, ulardan foydalanish

darajasiga, mablag'larning aylanish tezligiga

bog'liqdir. Balansni iqtisodiy jihatdan olganda xo'jalik

mablag'larini joylanishi va tashkil topish manbalari

bo'yicha bir-biriga tengligini ta‘minlaydi deb aytish

maqsadga muvofiqdir. 

Mablag'lar holatidagi o'zgarishlar ularning turlari

bo'yicha buxgalteriya hisobi schyotlarida o'z ifodasini

topadi va har oyning oxirida har bir mablag'ning oy 

davomidagi o'zgarishi, oy oxiriga bo'lgan qoldig'i hisob-

kitob qilinadi. Demak, 

buxgalteriya hisobi schyotlari mablag' turlari bo'yicha

mulk egasiga etarli 

ma‘lumotlarni beradi. Lekin bu ma‘lumotlarda

mablag'larning joylanishi ularni moddiy javobgar



mablag'larning joylanishi ularni moddiy javobgar

shaxslar bo'yicha taqsimlanganligini ko'rsatib beradi,

ammo ularning  qaysi mablag'lar hisobiga tashkil

qilinishi ham mulkdor uchun zaruriyati yuqori.



Последнее изменение:  17:49

Download 50,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish