223
Ayrim hollarda maktabgacha yoshdagi bolalarda aniq va barqaror qiziqish erta namoyon bo‘ladi va ular bolalarni bilim olishda hayratlanarli natijalarga erishishlariga sabab bo‘ladi. Izlanishlarga ko‘ra mashg‘ulotlar vaqtida bolalarga alohida, tarqoq ma’lumotlar emas, balki aniq tartibdagi bilimlar berilsa, barcha bolalarda matematikaga, tilga, jonli va jonsiz tabiat hodisalariga bo‘lgan qiziqish kerakli me’yorda shakllanadi. Bu bilimlar bolalarga voqelikni barcha sohasiga xos bo‘lgan hodisalarni asosiy bog‘liqligini tushuntirib berishi kerak. Matematika sohasida bu o‘lchovni o‘lchanuvchiga, qismni butunga, birlikni ko‘plikga bo‘lgan bog‘liqligidir. Til sohasida esa so‘z tuzilishini uning ma’nosiga bog‘liqligi, jonli tabiat sohasida hayvonlar va o‘simliklarning tuzilish xususiyatlari hamda yashash sharoitiga bo‘lgan bog‘liqligidir va h.k.
Bunday obyektiv qonuniyatlarga asoslangan hodisalar bilan tanishuvdan so‘ng bolalar ularni ayrim hollarda namoyon bo‘lishini katta qiziqish bilan kuzatib boradilar. Bolalar ko‘z o‘ngida atrof-muhitning notanish qirralari ochiladi va ular ta’limni ajoyib kashfiyotlarga yo‘l ekanligini tushunadilar.
O‘qish va doimo yangi bilimlarga ega bo‘lish istagi bolalarda barqaror va aniq
qiziqish uyg‘otadi. O‘qish qobiliyati avvalo o‘quv topshirig‘ini bilim olish uchun
bajarilayotgan topshiriq sifatida tushunishni, bu topshiriqlarni amaliyotdan, xayotiy
vaziyatlardan ajrata olishni taqozo etadi. Maktabgacha yoshdagi bola ba’zida
matematik masalani eshitgach, uni yechish yo‘llariga emas, balki masaladagi
tavsiflangan vaziyatga qiziqish bildiradi. Shu sababli u masalani yechishdan bosh
tortadi: «Oyisi to‘rtta konfet yeb, ikkitasini o‘g‘liga bersa, birgalashib nechta konfet
yeyishgan bo‘ladi?». Bunday «adolatsiz» tasvirlangan masaladan achchiqlangan bola:
«Nimaga Valiga buncha oz konfet beradi? Teng bo’lishishi kerak edi», — degan
savolni beradi. Boshqa hollarda bola tezroq javob olish ilinjida o‘ziga tanish bo‘lgan
taxminiy qo‘shuv va ayiruv amallaridan foydalanadi. Ikkala holda ham bilim olishga
intilish yo‘qligi ko‘rinadi. Masala shartlarida tasvirlangan vaziyat, xayotiy vaziyatni
tasviri bo‘lganligi uchun muhim emas, balki masalalarni to‘g‘ri yechishni o‘rganish
uchun oddiy material ekanligini bola tushunishi kerak. Masalani yechish mazmuni uni
javobini tez topishda emas, balki shartlardan kelib chiqqan holda, qaysi arifmetik
224
amalni qo‘llash lozimligini aniqlashda va bu mahoratdan keyinchalik ham foydalana olishidadir.
Didaktik o‘yinlar. Kichik va o‘rta maktabgacha yoshdagi bolalar odatda berilayotgan bilim va ko‘nikmalar o‘yinda, rasm chizishda yoki boshqa ularni o‘ziga jalb qiluvchi harakatda qo‘llansagina, o‘quv topshiriqlarini darhol qabul qiladilar.
Maktab yoshiga yaqinlashgan bolalarda maxsus tashkillashtirilgan o‘quv sharoitida o‘quv topshiriqlarini o‘zlashtirilgan materiallarni amalga oshirish imkoniyati bilan bog‘lamasdan qabul qilish qobiliyati paydo bo‘ladi. Bilimni kelajakda «foyda keltiradigan» qilib o‘zlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yin (loto, rasmli kubiklardan har turli ko‘rinishlar chiqara bilish, son-sanoq, mozaika, shashka, topishmoqlar kabi) maktabgacha yosh davrida oddiy o‘quv topshiriq usuliga ko‘ra bilim olishning samaraliroq yo‘lidir, didaktik o‘yinlar ko‘pincha turli vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan qobiliyatlar va tafakkurlarning rivojlanishiga yordam beradi. Bu jihatdan didaktik o‘yinlar katta guruh bolalarini maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorlash vositalaridan biridir. Biroq shu narsani eslatib o‘tish kerakki, bolalarning o‘qish faoliyati bevosita didaktik o‘yinlardan kelib chiqmaydi. Ammo kichik va o‘rta maktab yoshida didaktik o‘yin asosiy o‘rin egallasa, katta bog‘cha yoshi davrida bu farq ancha pasayadi. Bu bolalarni o‘quv topshiriqlarini qabul qilish qobiliyati oshayotganini bildiruvchi ko‘rsatkichdir. Bu bolalarni amallarning bajarilish usullariga e’tibor bera boshlashi, ularni o‘quv topshiriqlari mazmunini tushuna boshlaganini bildiradi. Ular ongli ravishda bu usullarni egallashga harakat qiladilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar biror maqsadga qaratilgan kuzatuvlarni, predmetlarni tasvirlashni, qiyoslashni va ularni guruhlarga bo‘lishni, hikoya va suratlar mazmunini bir-biriga bog‘lagan holda gapirib berishni, arifmetik masalalarning hisob va yechim yo‘llarini topishni va hokazolarni o‘rganadilar. Masalalarni to‘g‘ri bajarilishi va kattalar tomonidan qo‘yilgan talablar amalga oshishi muhim ma’noga ega bo‘ladi. Bunday hollarda bolalar kattalarga bajarilgan u yoki bu o‘quv topshiriqlari to‘g‘riligini baholashlarini so‘rab tez-tez murojaat qiladilar. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar masofaviy aloqani aniq tasvirlashni o‘rganish jarayonida, bir necha marta tarbiyachiga murojaat qiladilar:
225
«Meni chizayotganim o‘xshayaptimi, iltimos, ko‘rib bering?»; «Burchagi burchagiga to‘g‘ri kelishi kerak, bu uchburchak narigisini to‘g‘risida bo‘lishi kerak. To‘g‘rimi?».
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati. Bolalarning psixik jihatdan rivojlanishda tasvirlash faoliyatlarining roli kattadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar rasm chizish, loydan yoki plastilindan turli narsalarni yasash, kubiklardan imoratlar, ko‘priklar qurishni juda yoqtiradilar. Bolalar o‘zlarining tasvirlash faoliyatlarida qandaydir g‘ayritabiiy, xayoliy narsalarni e mas, balki tashqi muhitni, undagi narsalarni, jonivorlarni aks ettirishga intiladilar. Bolalarning bunday faoliyatlarida ijodkorlik, yaratuvchanlik elementlari bo‘ladi. Bolalar o‘zlaridagi istak, xohish, intilishlarni ana shunday tasvirlash, rasm chizish, loy yoki plastilindan biron narsa yasash, applikatsiya ishlari orqali ifodalashga intiladilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari juda sodda bo‘lsada, ular o‘zlarining bunday faoliyatlarida atroflaridagi narsa va hodisalarni shunchaki passiv tasvirlash bilan cheklanib qolmay, o‘zlaridan nimalarnidir qo‘shib, yangilik yaratishga harakat qiladilar. Ana shuning uchun bolalardagi ayrim qobiliyatlar ularning tasvirlash faoliyatlarida juda erta namoyon bo‘la boshlaydi.
Ma’lumki, odam tug‘ilishi bilan rassom, haykaltarosh, naqqosh bo‘lib tug‘ilmaydi. Odamdagi bunday qobiliyatlar uning yoshligidan tasvirlash faoliyati bilan shug‘ullanishi jarayonida yuzaga kelib, takomillashib boradi. Masalan, biz chaqaloq bolalarda hech qanday tasvirlash faoliyatini ko‘rmaymiz. Bunday faoliyat bolaning taxminan ikki-ikki yarim yoshidan boshlab yuzaga keladi. Chunonchi, ikki yoshli bola qalam bilan (to‘g‘ri kelganicha ushlab olib) nimalarnidir chizib tashlaydi va o‘zining egri-bugri chiziqlarini «bu daraxt», «bu odam», «bu uy», «bu mushuk» deb tushuntiradi. Bu yoshdagi bolalar rasm chizayotganlarida biron narsani tasvirlashni maqsad qilib olmaydilar. Keyinchalik chizgan chiziqlariga qarab, miyalariga kelgan birinchi nom bilan ataydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlaridagi bu davr tayyorgarlik davri deb ataladi.
Bolalarning tasvirlash faoliyatlari asosan o‘rta va katta guruhdan boshlanadi.
Lekin bu davrdagi tasvirlash faoliyatlari ham ko‘p jihatdan sxematik xarakterga ega
bo‘ladi. Masalan, bolalar odamning rasmini chizganlarida bitta kichik va bitta kattaroq
226
doira chizib, shundan qo‘l va oyoqlarni chiqaraveradilar. Ular rasm chizganlarida yoki biron narsaning haykalini yasaganlarida hajm, perspektiva masalalariga mutlaqo rioya qilmaydilar. Ana shuning uchun ularning chizgan rasmlari hajm (o‘lchov) jihatidan juda katta yoki juda ham kichkina bo‘lishi mumkin. Buning sababi nimada?
Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarda katta odamlardagidek kuzatuvchanlik qobiliyati yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi va ular chizayotgan rasmlaridagi obyektlarni real voqelikdagi haqiqiy narsalar bilan solishtirmaydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari asosan tasavvurlariga asoslanadi. Masalan, 4-5 yoshli bog‘cha bolasiga onasining rasmini chizish taklif qilinganda, u biron marta ham onasiga qaramay, rasm chiza boshlagan. Undan nega onangga qaramading, deb so‘raganlarida, u o‘zim juda yaxshi bilaman, deb javob bergan.
Bog‘cha yoshidagi bolalar tasviriy faoliyatining shu qadar sodda bo‘lishiga ikkinchi sabab ularda ayrim murakkab harakat malakalarining hali yuzaga kelmaganligidir. Bundan tashqari bog‘cha bolalari tasvirlash faoliyati bilan shug‘ullanayotganlarida tasvirlayotgan narsalarini real voqelikdagi narsalarga o‘xshatishni maqsad qilib qo‘ymaydilar. Ular tasvirlash faoliyatini ham o‘yin tarzida o‘tkazadilar. Ularni tasvirlash faoliyatining natijasi emas, balki tasvirlash faoliyatining o‘zi qiziqtiradi, xolos. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari rejali, izchil ravishda emas, balki stixiyali ravishda tashkil qilinadi. Ana shuning uchun bola bunday faoliyat davomidayoq voqelikni chuqur va to‘la kuzatmay, o‘z tasavvurlarigagina asoslanib qo‘ya qoladi.
Agar tarbiyachi bolalarning tasvirlash faoliyatlarini izchil tarzda tashkil qilib, bu ishni pedagogik jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysa, bolalarning tasvirlash faoliyatiga bo‘lgan munosabatlari o‘zgaradi. Bolalar oldiga qat’iy bir maqsad qo‘yib, ana shu maqsadni amalga oshirish buyurilsa, bolalar tasvirlash faoliyatini o‘yinga aylantirmay ishga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. Masalan, bayram o‘tgandan so‘ng bolalarga bayram rasmini chizish taklif etilsa, ular bu vazifani bajon-u dil bajaradilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarni aqliy, axloqiy va, xususan, estetik jihatdan
tarbiyalashda tasvirlash faoliyati juda katta yordam beradi. Shuning uchun ham
227
bog‘cha yoshidagi bolalarning tasvirlash faoliyatlarini har doim maqsadga muvofiq ravishda pedagogik jihatdan to‘g‘ri va qiziqarli tashkil qilishga e’tibor bilan qarash zarur.
Bog‘cha yoshidagi bolalar rangli qalamlar, rangli bo‘yoqlar bilan rasm chizish va rangli qog‘ozlardan turli applikatsiyalar tuzish bilan uzoq muddat davomida shug‘ullanishni yoqtiradilar. Lekin bolalarning ranglarga bo‘lgan munosabatlari o‘ziga xosdir. Ular o‘zlariga yoqqan narsalarni juda yorqin, chiroyli ranglar bilan bo‘yaydilar, o‘zlari yoqtirmagan narsalarni esa qora, to‘q jigarranglar bilan bo‘yaydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari ularning xayol va hissiy jarayonlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki ular qanday tasvirlash faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lmasin ishlariga befarq munosabatda bo‘lmaydilar. Tasvirlash faoliyati orqali qilgan ishlarini, chizgan rasmlarini ko‘zga ko‘rinadigan joyga namoyish qilish uchun qo‘yadilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning qurish-yasash mashg‘ulotlari ularning kuzatuvchanligi va tafakkurining rivojlanishida alohida ahamiyatga egadir. Qurish- yasash o‘yinlari hamisha ma’lum maqsadga qaratilgan o‘yinlar bo‘lib, bolalardan murakkab o‘quv, malaka va bilimlarni talab qiladi. Qurish-yasash o‘yinlarida bolalar turli narsalarning detallari (ya’ni ayrim qismlari) faqat tashqi tomondangina emas, balki ichki tomondan ham o‘zaro uzviy bog‘liqligini bilib oladilar.
Odatda biron narsani qurish-yasashga kirishishdan, ya’ni konstruksiyalashdan oldin uni sinchiklab qarab chiqiladi va diqqat bilan idrok qilinadi. Undan so‘ng kerakli qismlarni to‘plab ishga kirishadilar. Qurish-yasash o‘yini rasm chizish yoki applikatsiyaga nisbatan bolalardan butunlay boshqa malaka va o‘quvlarni talab qiladi. Shuning uchun qurish-yasash ishlari bilan bolalar juda qiziqsalar ham ilk yoshdagi bolalar bu ishning uddasidan chiqa olmaydilar. Ularga ayrim malakalar, epchillik, tajriba yetishmaydi. Bu yoshdagi bolalar yog‘och va taxtachalarni ustma-ust qo‘yib, ko‘prikka o‘xshagan narsalar yasashdan nariga o‘ta olmaydilar. Kattaroq yoshda gi bolalar esa rasmga (andozaga) qarab turli narsalar yasashni uddasidan chiqa oladilar. Odatda qurish-yasash faoliyatining quyidagi turlari farqlanadi:
Qurish-yasash ishlari.
andozaga qarab qurish-yasash;
Do'stlaringiz bilan baham: |