Моя профессиональная карьера



Download 0,77 Mb.
bet114/252
Sana16.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#676574
TuriСборник
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   252
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Март 2022. Том 1

220




Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va uning oldiga qo’yilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi. Bog’cha yoshidagi bolalar o’zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo’lgan, ularda kuchli taassurotlar qoldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor esida saqlab qoladi. Ushbu yoshdagi bolalar mantiqiy fikrlashi, shuningdek, tafakkuri va uning o’sishi o’ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha yoshda bolaning tafakkuri juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, ularda turmush tajribasining nisbatan ko’payishi, ikkinchidan, nutqining yaxshi o’sgan bo’lishi, uchinchidan esa bog’cha yoshidagi bolalarning juda ko’p erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo’lishlaridir. Shu asosida faol fikrlashga kirishadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug’ilishi ular tafakkurining faollashayotganidan, fikrlash faolligi yuzaga kelayotganidan darak beradi.


221


ФИО автора: Mardonova Sabohat Umarovna


Navoiy viloyati, Zarafshon shahri 14-sonli “Jilg‘a” nomli MTT tarbiyachisi, Navoiy, O’zbekiston
Название публикации: «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TA’LIMIY MASHG‘ULOTLARI»
Annotatsiya: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish shakllari natijalarga erishish emas, balki bilim, mahorat va ko‘nikmalar hosil qilish o‘quv faoliyatining maqsadidir. Bu maqsad uning asosiy xususiyatini belgilaydi. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limiy mashg’ulotlari, ularning turlari va bolalar aqlil faoliyatidagi samaradorligi haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: bola, jarayon, harakat, faoliyat, maktabgacha ta’lim.
Kirish
Bola rasm chizish jarayoniga qiziqsa va chiroyli chizishga harakat qilsa, bunday jarayon o‘yin yoki samarali harakat hisoblanadi. Lekin qachonki bola rasm mashg‘uloti vaqtida o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘ysa, bu harakatlar ta’lim ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Masalan, avvalgilardan yaxshiroq rasm chizish, tasvirni to‘g‘ri bo‘yash yoki tekis chiziqlar chizish ham shunday harakat turlariga kiradi.
Ta’lim olish vaqtida va bolaga oldingi avlod tomonidan qoldirilgan tajribani yetkazib berishda bolaning psixik rivojlanishi amalga oshsada, bilim va ko‘nikmalarni aksariyat qismini u kattalar bilan muloqotda, ularning talablarini, maslahatlarini va ko‘rsatmalarini bajarish davomida o‘zlashtiradi. Shuningdek, o‘yin faoliyati, rasm chizish, buyumlar yasash va turli xil faoliyatlarda vujudga kelgan kundalik muloqot ham bolaning bilim va ko‘nikmalarini kengaytirib boradi. Kattalarning bola bilan bo‘lgan har xil uslubdagi muloqot negizida ta’lim yotadi. Ammo u bolaning rivojlanishiga qarab sistematik xarakterga ega bo‘ladi.
Asosiy qism
Bolalar ijtimoiy maktabgacha tarbiya sharoitida muayyan dasturlar asosida
222




o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ta’lim oladilar. O‘yin usullari va samarali topshiriqlardan foydalanish bunday hollarda muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga mashg‘ulotlar vaqtida bolalarga tanish bo‘lgan talablar qo‘yiladi: to‘liq va sifatli bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, tarbiyachini tinglash va uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish. Mashg‘ulotlar orqali bilim berish o‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidalarini egallashda muhim ahamiyatga ega. O‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidasi bilim olishga bo‘lgan qiziqishni shakllanishini va o‘rganish qobiliyatini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Atrof-muhit haqida yetkazilagan xilma-xil ma’lumotlar bolada qiziquvchanlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kattalar tomonidan gapirib berilgan va ko‘rsatilgan narsalar yoki bolaning o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlari ham unda yangiliklarga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishi mumkin. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda qiziquvchanlikning o‘sishi, aksariyat hollarda ular tomondan berilayotgan savollar soni va ular turini o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Uch-to‘rt yoshli bolalar savollari yangi bilim olishga, tushunarsiz narsalarni aniqlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar savollarini aksariyat qismini shunday savollar tashkil qiladigan bo‘ladi. Turli xil hodisa sabablariga, ular orasidagi bog‘liqlikka qiziqadilar. «Nimaga yomg‘ir yog‘yapti?»; «Nima uchun o‘simliklarni sug‘orish kerak?»; «Nimaga doktor kasalni urib, eshitib ko‘radi?»; «Yulduzlar qayerdan paydo bo‘ladi?»; «Traktorga kichik uyni joylashtirsa olib keta oladimi?»; «Agar barcha suvlar dengizga quyilsa, keyin ular qayerga g‘oyib bo‘ladi?». Bu olti yoshli bolaning doim berishi mumkin bo‘lgan savollarining kichik ro‘yxatidir.
Shunday bo‘lsada qiziquvchanlik bolani o‘qishga, sistemat ik tarzda bilim olishga hali tayyorligini ta’minlay olmaydi. U yoki bu hodisaga qiziqish bolada tez sodir bo‘ladi va shuningdek, tez yo‘qoladi ham, yoki boshqa bir qiziqishga aylanadi. Yuqorida keltirilgan savollar ro‘yxatidan ko‘rinib turibdiki, bolani turli xil voqelik sohalariga oid bo‘lgan hodisalar qiziqtiradi. Rivoj topgan uslubga ko‘ra esa, hodisalarni aniq turlariga va jihatlariga bo‘lgan barqaror qiziqish ta’lim tomonidan talab qilinadi. Bunday hodisalar matematika, ona tili, biologiya kabi o‘quv fanlarining mazmunini tashkil etadi.



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish