Motrudiy hayoti va faoliyati


Imom Moturudiy yodgorlik majmui



Download 36,98 Kb.
bet5/6
Sana21.07.2022
Hajmi36,98 Kb.
#834509
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOTRUDIY HAYOTI VA FAOLIYATI

2.2. Imom Moturudiy yodgorlik majmui
Moturidiy yodgorlik majmui — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Imom al-Moturidiy tavalludining IZO y. ligi (2000) munosabati, Uzbekiston Respublikasi Prezidenta I. A. Karimov tashabbusi bilan Samarqand sh. markazida bunyod etilib, ramziy maqbarasi oʻrnatilgan (xududi 4 gektarga yaqin). Yodgorlik Registon ansambli yaqinida, Vobkent, Gʻijduvon va Buxoro koʻchalari oraligʻida joylashgan. Bosh kirish qismi Vobkent koʻchasidagi xiyobon orqali. Loyihaga koʻra, 3 qism (markaziy, bogʻ va xoʻjalik in-shootlari) ga boʻlingan, ular oʻzaro bir-biri bilan xiyobonli yoʻlka orqali bogʻlangan. Loyiha oʻqi manzarali mujassamotda yaratilib, ramziy maqbara bi-nosiga tutashgan. Sharsharali favvoralar xiyobonli yoʻlka markazida qurilib, atrofi obodonlashtirilgan. Yodgorlik meʼmoriy loyihasi va badiiy yechimida oʻzbek milliy mahobatli sanʼatining eng yaxshi anʼanalari qoʻllangan. Maqbara pishiq gʻishtdan, murabba tarxli (12×12 m), shifti gumbazli (bal. 15 m), poygumbazi 24 kichik ravoqchalarga boʻlinib, ganchkori panjaralar bilan bezatilgan. Panjaralar yuqorisi murakkab tuzilishdagi muqarnaslar bilan toʻldirilgan. Xona markaziga qoʻyilgan sagʻanada arab yozuvida buyuk olimning hadis soʻzlari bitilgan.
Kalom ilmida moturidiya oqimining asoschisi, Islom olamida Imom-ul-Hudo (Hidoyat imomi) deb tanilgan buuk ilohiyot olimi, faqih, shayx Muhammad ibn Mahmud al-Xanafiy al-Moturidiy 870 yilda Samarqandning Moturid mavzesida tug‘ilgan. Dastlab maktabda savod chiqarib, keyin madrasa ta’limini olgan.
Imom al-Moturidiy Imom Ash’ariy, Rudakiy, Abul Hasan Balxiy, Farobiy kabi olimlar bilan bir zamonda yashab, imom Muhammad al-Buxoriyni o‘zining ma’naviy ustozi, deb bilgan. Alisher Navoiy Imom al-Moturidiyning sha’nini ulug‘lab, u kishiga “Buuk ulamolar sultoni” dea yuksak baho bergan.
IX-X asrlarda Islom dinini noto‘g‘ri targ‘ib va talqin qiluvchilar ko‘payganligi sababli Imom al-Moturidiy o‘zining asarlari bilan ularga qarshi kurashadi. Uning “Kitob al-Tavhid” asari alohida o‘rin tutadi. Imom al-Moturidiy 944 yilda Samarqandda vafot etadi va shahardagi Chokardiza qabristoniga dafn etiladi.
Yurtboshimiz rahnamoligida 2000 yilda allomaning 1130 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi, imom qabri ustida yangi maqbara barpo etildi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan maqbara 2000 yilda Samarqandning Chokardiza qabristonida bunyod etilgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy-diniy merosining xalqimiz ma'naviy-ruhiy hayotidagi o'rni beqiyosdir. U Islom olamida "Imom al-huda" (Hidoyatga boshlovchi imom) va "Imom al-mutakallimin" (Kalom olimlarining imomi) degan sharafli unvonlar bilan mashhur bo'lgan. Ismlari Muhammad, "Moturidiy" taxallusini Samarqandning Moturid qishlog'ida tavallud topganliklari uchun olganlar. Manbalarning dalolat berishicha, Al-Moturidiy fiqh va kalom ilmi bilan yoshlikdanoq qiziqib, hanafiy mazhabi olimlaridan tahsil olgan. Ko'plab mashhur faqih va muhaddislar bilan muloqotda bo'lgan, butun umri davomida shu sohaga oid ko'plab asarlar yozib qoldirgan. "Kitob at-tavhid", Kitob maqomat", "Tavilot ahl as-sunna" asarlari shular jumlasidandir.
Kalom — o‘rta asr musulmon adabiyotida: diniy falsafiy mavzudagi barcha mulohazalar, shu o‘rinda, alohida ma’noda islom dinidan kelib chiqadigan fikrlarda diniy aqidaparstlikka ergashish emas, balki aqlga asoslangan sharhni beruvchi spekulyativ tartib.
Fiqh — Musulmonlarning xulq-atvor qoidalari, shuningdek, ijtimoiy me’yorlar to‘plami majmui.
Moturudiy 940 yil vafot etgan va Samarqanddagi Chokardiz qabristoniga qo‘yilgan.
Kalomning bir qator savollariga Moturidiy va uning izdoshlari asharitlari kabi javob berishgan: ular Qur’onning ma’nosiga ko‘ra uni abadiy deb bilishgan, solihlar Allohni narigi dunyoda qay holatda bo‘lsa-da ko‘ra olishadi, inson xatti-harakati Alloh tomonidan amalga oshiriladi, inson esa bor-yo‘g‘i irodasi va qobiliyati orqali ularni o‘zlashtiradi, Allohni (uning bilimi, qudrati va hokazo) haqiqiy va abadiy deb hisoblashgan. Ammo asharitlardan farqli o‘laroq, Moturidiy abadiylikni Allohning nafaqat belgilar mohiyati bilan, balki harakatlarining abadiyligini tan olgan; xuddi mutazilitlar insonda tanlash huquqi bor deb hisoblashganliklari singari, shu o‘rinda, Yaratganga ishonish diniy marosimlar orqali emas, balki Allohga bo‘lgan nutqiy iqrorlik kabi ikki qarama-qarshiliklar orasidagi tanlov kabidir.
Al Moturidiy ta’limoti Movaraunnaxr xalifatlari orasida ham tarqalgan.
Imom Moturidiy Samarqand mazhab vakillari kabi uning atrofidagi mazhab egalari bilan olib borgan bahs-munozaralarda ham ilg‘or bo‘lgan. Moturidiy karamit, shiit va mutazilitlar bilan ham bahslar olib borib, ularga nisbatan qarshi nuqtai nazarga ega bo‘lgan va o‘zining asarlaridan birini o‘zining ziddiyat fikriga bag‘ishlagan.

Moturidiy ishlarini keyingi toifalarga ajratgan:


Kalom va bahs san’ati ishlari.
Usulga bag‘ishlangan ishlar.
Tafsir va Qur’on bilimlari ishlari.
Alloh farzlari va sunnatlariga bag‘ishlangan ishlari.
Al Moturidiy asarlaridan keyingilar ma’lum:
Qur’onga izoh “Taavilat al-Qur’on”
Abu Hanifaning “Al-fiqh al-akbar” risolasiga “Sharx ul-fiqh il-akbar” nomli sharhi
“Yakkaxudolik kitobi” (“Kitab ut-tauxid”).
2000 yil Abu Mansur al Moturidiy tavalludining 1130-yilligi O‘zbekistonda keng nishonlangan. Mazkur sanada uning ishlari nashrdan chiqqan, xalqaro konferentsiyalar o‘tkazilgan, Samarqandda uning qabrida memorial majmua ochilgan.
2000 yil O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan olimning vayron qilingan maqbarasi o‘rnida me’moriy majmuа bunyod qilinib, uning markazidan olimning maqbarasi joy olgan. Mazkur yodgorlikning qurilishida o‘zbek me’morchilik san’atining eng yaxshi milliy an’analaridan foydalanilgan. Me’moriy majmua Rahmatullo Salohitdinov loyihasi asosida, Egamberdi Nurullayev hammuallifligida qurilgan. Qurilishda samarqandlik Mirumar Asadov, Matlub Mahmudov, Yoqub Tagirov, Toshpo‘lat Atoyev kabi xalq ustalari ishtirok etishgan. Interyeri ustida Amriddin Najmiddinov ish olib borgan. Ekstererlarni Hakim Asadov amalga oshirgan.
Maqbara maydoni 12x12, balandligi 17,5 metrni tashkil qiladi. Gumbazi ikki qavat. Tashqi gumbazi qovurg‘asimon bo‘lib, havo rang ko‘shk bilan bezalgan. Tom gumbazi 24 ark hamda oyna alebastr panjaralar bilan bezalgan. Ichki va tashqi qoplamalarda koshin, ko‘shk va ganchdan foydalanilgan. Qabr toshi oq marmardan yasalib, Imom al Moturudiy yozuvi o‘yilgan.
Maqbaraning g‘arbrog‘ida pastqom gumbaz inshoot — Amir Temur tomonidan Hirot va Mashhatdan olib kelingan sayidlar dahmasi (Muhammad payg‘ambar avlodi) joy olgan.

Maqbaraning shimoliy qismida so‘fa (tepalik) hamda IX-XVIII asrlarga tegishli qabr tosh joylashgan.


Maqbaraning janubiy-g‘arbidagi bog‘da rotonda-shiyponcha bo‘lib, u yerda mashhur olim-huquqshunos, musulmonlarning huquqshunoslik kitobi “Al Xidoya” muallifi Burxoniddin Al Marg‘iloniyning qabri joy olgan.

Xulosa
Xulosa qilib aytgandi Abu Mansur al-Moturidiy sunniy eʼtiqodidagi ikki yirik yoʻnalishdan biri boʻlmish Moturidiya yoʻnalishining asoschilaridan hisoblanadi. Uning hayoti haqida maʼlumotlar juda ozdir. Toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fikh olimi asli Samarqandning Moturid qishlogʻidan (hozirgi Jomboy tumanida joylashgan) boʻlib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir.
Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi va ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taklif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va fiqhga oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan.
Al-Moturidiy yashagan davr Somoniylar hukmronlik qilgan davrga toʻgʻri keladi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti boʻlib, soʻngra IX asrning oxiridan boshlab poytaxt Buxoroga koʻchirildi. Biroq oʻsha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir qatorda Movarounnahrning iqtisodiy-madaniy markazi boʻlib qolaveradi.
Al-Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, Hanafiya mazhabi olimlaridan dars olib oʻz bilimini oshiradi. Shu vaqt davomida koʻplab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqatda boʻlgan va munozaralar qilgan. Butun umri davomida shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgandir. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning (vafoti 1582 yil) “Katoib ul-aʼlom al-axyor fi taboqot va mashaoyix mazahab an-Nuʼmon” (“Nuʼmon mazhabiga mansub boʻlgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob”) nomli kitobida al-Moturidiy va uning asarlari haqida ayrim maʼlumotlar beriladi.

Download 36,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish