Motrudiy hayoti va faoliyati


II BOB Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish



Download 36,98 Kb.
bet4/6
Sana21.07.2022
Hajmi36,98 Kb.
#834509
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOTRUDIY HAYOTI VA FAOLIYATI

II BOB Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish
2.1. Moturidiy va uning izdoshlari merosini chuqur o‘rganish
Buyuk mutafakkir ajdodimiz, moturidiylik ta’limoti asoschisi imom Abu Mansur Moturidiy va uning izdoshlari merosini chuqur o‘rganish, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularda ma’naviy va ma’rifiy qarashlarimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo‘lgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish;
islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma’rifiy-madaniy roli va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganish va keng afkor ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish;
Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan o‘rnini chuqur tadqiq etish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash;
mamlakatda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘lyozma, toshbosma asarlarning acl hamda elektron nusxalarini to‘plash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
islomiy ilmlar, xususan, kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjuman, konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruza, seminar-trening va tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilishni tashkil qilish;
islom tarixi va kalom ilmi yo‘nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish;
“jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida islom dinining ilm-ma’rifat, ma’naviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, g‘oyaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat uslublarini o‘rganish hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etish.
3. Quyidagilar:
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2024-yillarda Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yildi:
Markaz direktori Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi hamda faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
5. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi va ustavini tasdiqlandi;
Markaz uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani barpo etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rildi;
Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirildi.
7. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xorijiy tadqiqotchi va izlanuvchilar uchun Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyani ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilandiki:
xalqaro stipendiyaga nomzodlar Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti bilan bog‘liq izlanishlarni amalga oshiruvchi xorijiy tadqiqotchi va izlanuvchilar orasidan saralab olinadi;
xalqaro stipendiya sovrindorlarining O‘zbekistondagi ilmiy izlanishlari xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari hisobiga moliyalashtiriladi.
8. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektoriga:
xorijlik malakali mutaxassislarni ilmiy tadqiqotchi sifatida jalb etib, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash;
Markaz ilmiy tadqiqotchilari va mutaxassislarining xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi qiymati hamda shu bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish huquqi berildi.
9. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Markaz va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom olami tashkilotiga (ICESCO) a’zo mamlakatlar va boshqa davlatlarning maxsus muassasalari, universitetlari o‘rtasida samarali xalqaro hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rib borildi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda:
Markazda noyob qo‘lyozma asarlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi belgilangan tartibda shakllantirilishini;
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan maqsadli ilmiy loyihalarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Markazga mablag‘lar ajratilishini ta’minlandi.



Download 36,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish