Motrudiy hayoti va faoliyati


Imom Moturidiyning hayoti va ijodi



Download 36,98 Kb.
bet2/6
Sana21.07.2022
Hajmi36,98 Kb.
#834509
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOTRUDIY HAYOTI VA FAOLIYATI

Imom Moturidiyning hayoti va ijodi

Moturidiy (870-yil; Samarqand — 944-yil; Samarqand) — imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. „Imom al-hudo“, „Imom al-mutakallimin“ („Hidoyat yoʻli imomi“, „Mutakallimlar imomi“) nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻida (hozirgi Jomboy tumanida) tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan.
Moturidiy Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqihlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abul Hasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abul Mu’in an-Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi.
Moturidiyning asosiy asarlari „Kitob at-tavhid“ („Yakkaxudolik haqidagi kitob“), „Taʼvilat ahl as-sunna“dir („Sunniylik anʼanalari sharhi“). „Kitob at-Tavhid“ bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, naql — rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi tahlil etilgan. Moturidiy „Din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir“, deb taʼkidlagan edi.
Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juzʼiy ixtiyor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. „Maʼxaz ash Shariʼa“ („Shariat asoslari sarasi“), „Kitob al-usul“ („Diniy taʼlimot asoslari kitobi“), „Kitob al-jadal“ („Dialektika haqidagi kitob“) kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi va ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taklif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va fiqhga oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan „Taʼvilot al-Qurʼon“ asari va uning uzviy davomi hisoblanmish „Irshad al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalami Robbil 'alamin“ („Qurʼon oʻqishga kirishganlar uchun qoʻllanma“) kitobi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Al-Moturidiyning bu birgina asari tarix jarayonida koʻp allomalar asarlariga asos solgan, ular ijodiga turtki boʻlgan.
Shulardan biri Alovuddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiyning sharhidir. U “Sharqtaʼvilot ahpi as-sunna” deb nomlanib, Institut fondida bu asarni ikkita nusxasi saqlanadi.
Shu bilan birga al-Moturidiy nomi ostida yozilgan bir necha soxta asarlar ham maʼlumdir. Masalan: “Favoid” (qoidalar), boshqa nomi “Pandnoma”, “Kitob al-Usul”, “Sharh al-Fiqh al-Akbar” asarlari shular jumlasidandir. Bu al-Moturidiyning diniy ilmlar namoyandalari orasida qanchalik mashhur boʻlganligidan dalolat beradi.
Al-Moturidiy koʻp shogirdlar yetishtirdi, ular orasida islom olamiga mashhur allomalar: Abu-l-Hasan ar-Rustugʻfaniy (vafoti 961), Isʼhoq ibn Muhammad as-Samarqandiy va Abdu-l-Karim al-Pazdaviy (vafoti 999), Abu Ahmad al-Iyodiy kabi olimlar bor edi. Shogirdlari oʻz ustozlarining taʼlimotini davom ettirishganligi tufayli Hanafiya mazhabidagilar ichida Moturidiya yoʻnalishi vujudga kelgan.
Abu Mansur al-Moturidiyning zamondoshlari hamda hamfikrlaridan mashhur fihq olimi Abu-l-Qosim Hakim as-Samarqandiyni alohida koʻrsatib oʻtish lozim. Bu olim Samarqandda tugʻilib, butun umrini shu yerda oʻtkazgan (vafoti 953). Fiqh va kalom sohasida mashhur boʻlgan.
Abu Mansur umri davomida faqihlar, muhaddislar bilan muloqatda boʻlgan va munozarlar olib borgan. U islom dini Hanafiya mazhabini Movarounnahrda tarqatish va oʻzidan keyingi avlodlarga qusursiz yetkazish ishiga muhim hissa qoʻshdi.
Al-Moturidiy nafaqat fihq, kalom ilmiga oid, balki boshqa fanlarga oid asarlar ham yozgan deb aytish mumkin. OʻzR FAning Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan al-Moturidiyning ovchilikka oid asari bunga dalil boʻladi. Bu asarning bir qoʻlyozma nusxasi “Risola jonvor doriy” (“Jonvorlarga oid risola”) deb nomlangan boʻlib, unda ovchi qushlarni boqish haqida fikr yuritiladi. Bu asarda ovchi burgutlarning har xil zotlari, ularning tashqi koʻrinishlari, oziqlantirish, ovga yaroqliligi bilan bir qatorda koʻpaytirish, izi va chatishtirish usullari kabi masalallr haqida gap boradi.
Al-Moturidiy oʻz davrining islomiy ilmlari sohasida eng yetuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zoʻr ehtirom bilan tilga olinadi.
Al-Moturidiyni ulugʻlab “Imom al-Xuda” va “Imom al-mutakallimin” (Hidoyat yoʻli imomi va mutakallimlar imomi) kabi nomlar bilan ham ataganlar.
Movarounnahr – Markaziy Osiyo xalqlari turli falsafiy, tabiiy, aniq fanlar, adabiyot, sanʼat sohalarida dunyoga mashhur siymolar, allomalar bilan birga islom nazariyasi, diniy ilmlar boʻyicha ham al-Moturidiydek butun musulmon olamida nom qozongan olimlarni ham yetishtirib chiqardilar.



    1. Download 36,98 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish