Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari Motivatsiya nazariyalari. Motivatsion sohani tekshirish metodlari



Download 32,14 Kb.
bet1/6
Sana06.12.2022
Hajmi32,14 Kb.
#880037
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Motivatsiya nazariyalari.Motivatsion sohani tekshirish metodlari


Mavzu : Motivatsiya nazariyalari.Motivatsion sohani tekshirish metodlari
Reja :

  1. Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari

  2. Motivatsiya nazariyalari.

  3. Motivatsion sohani tekshirish metodlari.



Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari.
Motiv - bu harakatning nima sababdan amalga oshirilishi. «Biror bir sababdan» odam ko`plab turli xarakatlami amalga oshiradi. Mana shu bir motiv tomonidan chaqiriladigan harakatlar yig`indisi faoliyat, aniqroq aytiladigan bo`lsa, alohida faoliyat yoki faotiyatning alohida turi deb ataladi. Bunday faoliyat turlari sifatida o`yin, o`quv, mehnat faoliyatlarini keltirish mumkin.
Shuni ta`kidlab o`tish lozimki, bir motivning o`zi turli harakatlar to`plami bilan qondirilishi mumkin, va aksincha, bir harakatning o`zi turli motivlar tomonidan uyg`otilishi mumkin.
Agar bir odam misolida ko`rib chiqadigan bo`lsak, odatda, uning amalga oshiradigan harakatlariga birdaniga bir necha motiv sabab bo`ladi. Inson harakatlarining ko`pchilik motivlar tomonidan uyg`otilishi - odatiy hodisa. Masalan, odam natijaning yuqori sifati uchun mehnat qilish bilan birga, yo`l- yo`lakay o`zining boshqa motivlari - jamiyat e`tirofi, moddiy rag`bat kabilami ham qondirishi mumkin.
Tutgan o`mi yoki bajaradigan vazifasiga ko`ra barcha motivlar ham bir day ahamiyat kasb etmasligi mumkin. Ulardan bin asosiy, qolganlari - ikkinchi darajali bo`lishi mumkin. Bosh motiv yetakchi motiv, ikkinchi darajalilari - rag`batlantiruvchilar deb ataladi.
Endi motivlar nisbati va ong muammosini ko`rib chiqamiz. Yuqorida bildirilgan fikrlarga ko`ra, motivlar harakatlami yuzaga keltiradi, ya`ni maqsadlaming hosil bo`lishiga olib keladi, maqsadlar esa doim anglangan holatda bo`ladi. Motivlaming o`zi esa anglanadigan va anglanmaydigan turlarga bo`linadi. Maqsad motivi birinchi turdagi motivlarga misol bo`la oladi. Agar motivlar anglanmaydigan bo`lsa, ulami ongda umuman ifodalanmaydi, deb hisoblash mumkinmi? Yo`q, bunday hisoblanmaydi. Ular ongda alohida ikki shakl: hissiyotlar va shaxsiy mohiyatlarda ifodalanadi.
Hissiyotlar motivlar bilan bog`liq bo`lgan hodisalar yoki harakatlar natijalari bahonasida paydo bo`ladi. Agar odam biror narsadan xavotirlanayotgan bo`lsa, demak, «o`sha narsa» uning motivlariga dahldordir. Faoliyat nazariyasida hissiyotlar faoliyat natijasining uning motiviga nisbatan munosabatining aks ta`siri sifatida ta`riflanadi.
Agar motiv nuqtai nazaridan faoliyat samarali amalga oshirilsa, ijobiy hissiyotlar, agar samara bermasa, salbiy hissiyotlar yuzaga keladi.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: hissiyotlar-juda muhim ko`rsatkich bo`iib, ulaming yordamida inson motivlarini aniqlash mumkin.
Endi shaxsiy mohiyat haqida so`z yuritamiz. Yetakchi motiv faoliyat maydoniga tushib qolgan yuqori sub`ektiv ahamiyatga ega bo`lgan jism, harakat yoki hodisa kechinmasidir. Shuni ta`kidlash muhimki, bunda faqat yetakchi motiv mohiyat hosil qiluvchi vazifasini bajaradi.
Qisqacha, motivlar va shaxs aloqasi muammosida to`xtalamiz. Inson motivlari sohasi tomonidan shaxs ko`lami va uning fe`l-atvori aniqlanadi.
Odatda, motivlaming zinapoyali munosabatlari to`laqonli anglanmaydi. Ular motivlar kelishmovchiligi yuzaga keladigan vaziyatlarda oydinlashadi. Juda ko`p holatlarda hayot turli motivlami to`qnashtirib, insondan ulaming birini: moddiy manfaatdorlik yoki ishga bo`lgan qiziqish, shaxsiy muhofaza yoki g`urur va h.k.lami tanlashga majbur qiladi.
Endi motivlar rivoji kabi muhim masalani ko`rib chiqamiz. Bu masala, avvalo, shaxs tarbiyasi va o`zini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Faoliyat tahlilida harakatning tabiiy yo`nalishi quyidagicha bo`ladi: ehtiyojdan motivga, so`ngra maqsad va harakat tomon), Voqeiy faoliyatda esa muntazam ravishda teskari jarayon ro`y beradi: faoliyat davomida yangi motivlar va ehtiyojlar shakllanib boradi.
Faoliyat nazariyasida motivning maqsad tomon harakat mexanizmi yoki maqsadning motivga aylanish mexanizmi mavjud. Ushbu mexanizmning mohiyati shundan iboratki, qandaydir motiv tomonidan erishishga harakat qilinadigan maqsad vaqt o`tishi bilan o`zi mustaqil holatda undovchi kuchga ega bo`ladi, ya`ni, maqsadning o`zi motivga aylanadi. Maktab hayotidan bir misol keltiramiz. O`quvchi ma`lum fan bilan unga o`zining sevimli ustozi bilan muloqotda bo`lish zavqli bo`lgani uchun shug`ullanadi. Lekin asta-sekin ushbu fanga qiziqish chuqurlashib boradi, va o`quvchi uni bo`lajak mutaxassislik sifatida ham tanlashi mumkin. Shunday qilib, motiv maqsadga aylandi.
Motiv va motivatsiya Inson xulq-atvorida funksional jihatdan tavsifi bog`liq bo`lgan qo`zg`atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson xulq- atvoridagi qo`zg`atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo`llaniladigan tushunchalar orasida motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo`lib hisoblanadi.«Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega.
«Motivatsiya» so`zi hozirgi zamon psixologiyasida xulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko`pchilik) tizimini belgilovchi va xulq-atvor faolligini ma`lum darajada tutib turuvchi, rag`batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma`noda qo`Uaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma`noda qo`llaymiz. Shunday qilib, motivatsiyani inson xulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo`lgan sabablar yig`indisi sifatida belgilash mumkin.
Xulq-atvorning paydo bo`lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo`nalganlik va ko`zlangan maqsadga erishilgandan so`ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga moyillik, alohida olingan xulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivatsion jihatdan tushuntirishni talab etadi.
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi.
Xulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang`ich va yakuniy holatlari sifatida sub`ekt xulq- atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida - tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo`ladi. Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h.k.lar, ikkinchisida esa - yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan rag`batlar haqida so`z yuritiladi. Ba`zan inson xulq- atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozitsiyalari deb ataladi.
Dispozitsiyalar o`z mohiyatiga ko`ra motivlardir. Motiv motivatsiyadan farqli o`laroq, - bu xulq-atvor sub`ektining o`ziga tegishli bo`lgan, uning ma`lum harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi. Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko`rinishda ko`pchilik dispozitsiyalami ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin.
Mavjud bo`lgan dispozitsiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi hisoblanadi. Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma`lum sharoitlarda ularga normal yashash va rivojlanishi uchun yetishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj shaxs holati sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun yetishmovchilik bilan bog`liq bo`lgan qoniqmaslik hissi bilan bog`liq
Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo bo`lishining davriyligi va usuli kiradi. Shaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga bog`liq mazmuni, ya`ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma`naviy madaniyat ob`ektlarining yig`indisidir.
Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo`lgan tushuncha - bu maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog`liq bo`lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning motivatsiyali qo`zg`atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi.
Ко`rib chiqilgan motivatsiyali hosilalardan dispozitsiyalar (motivlar), ehtiyojlar va maqsadlar inson motivatsion sohasining asosiy tashkil etuvchilari bo`lib hisoblanadi.
Shaxsning motivatsion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik, egiluvchanlik va ierarxiyalashtirish ko`rsatkichlari bo`yicha baholash mumkin. Motivatsion sohaning kengligi deyilganda, darajalaming har birida keltirilgan dispozitsiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi motivatsion omillaming sifat jihatidan turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, ehtiyoj va maqsadlar qanchalik ko`p bo`lsa, uning motivatsion sohasi ham shunchalik rivojlangan hisoblanadi.
Motivatsion sohaning egiluvchanligi motivatsiya jarayonini quyidagicha xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik ko`proq qo`llanilgan holatda motivatsion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo`ladi. Masalan, bir individ uchun bilim olishga bo`lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino hisobiga qondirilsa, boshqasi uchun huddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda motivatsion soha egiluvchanroq bo`lib sanaladi.
Ierarxiyalashtirilganlik - bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har bir tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, maqsadlar) boshqalaridan kuchliroq bo`lib tez-tez hosil bo`lib turadi; boshqalari kuchsizroq bo`ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. Ma`lum darajadagi motivatsion hosilalamingdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik ko`p bo`lsa, motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo`ladi.
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson xulq-atvori qo`zg`atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar ham ko`rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo`lgan, to`g`ridan-to`g`ri bir xil, ayni damda dolzarb bo`lgan ehtiyoj bilan bog`lanmagan, alohida motivatsion holatga aytiladi. Muammo ma`lum maqsadga erishishga yo`naltirilgan harakatni bajarishda organizm yengib o`tishi zarur bo`lgan to`siqlarga duch kelganida paydo bo`ladi. Tilaklar va maqsadlar - bu darhol yuz beradigan va ko`pincha bir-birini almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining o`zgarishlariga javob beradigan motivatsion sub`ektiv holat.
Inson xulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo`lishi mumkin. Bu inson xulq-atvorini boshqaruvchi ba`zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi.
Shunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo`lishi mumkin. Shaxs yo`nalganligi shakllanishidagi asosiy o`rinni anglangan motivlar egallaydi. Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvafikiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. Shu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqka erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffiqiyatsizlikka uchrab, «O‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar.
Bu o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillarining o‘ladi.

Download 32,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish