Moskow mining institute publishing house



Download 3,02 Mb.
bet59/65
Sana07.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#535694
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
Bog'liq
OCHIQ KON ISHLARI mavzu izlash uchun

kpSBhB = SoHo (8 20)
maydoni,


м
hva Ho - mos ravishda qazib olinadigan qoplovchi tog’ jinsi va ag’darmaning o’rtacha balandligi, m.
Ishlar frontining parallel ko’chirilishida:
SB = L So = Lф.о к (8 21)
Bunda, Lva Ьфо - mos ravishda ochuvchi va ag’darma fronti uzunligi, m;
1n - muayyan vaqt oralig’ida frontning siljishi, m.
Unda (8.20) formuladan quyidagini aniqlaymiz:
Но = kpW1 /Wo (8.22)
Ish frontining elpig’ichsimon siljishida:
Se = 0 5Ll sln^ So = 0-5Ll.o sln^
Bunda, ^- muayyan vaqt ichida o’ramaning burilish burchagi, daraja. Unda
Н = k L2h /L\ (8.23)
Ko’prikning asosiy hisoblash parametrlaridan ustunlar orasida masofa (karyerning ko’ndalang o’lchamlarini va ochilgan zaxiralarini chegaralovchi) va 100-250m oralig’ida o’zgaradigan ag’darma balandligi va qazib olinadigan qoplovchi tog’ jinsi qalinligini aniqlovchi ag’darma konsolining uzunligi va bo’shatish balandligidir. Bu parametrlar ustunlarning o’rnatilishi, qoplovchi va foydali qazilma qalinligi, shuningdek transport-ag’darma majmualarini muayyan davrda ishlaganligi uchun qish vaqtiga ochilgan zaxiralarning kerakli hajmiga ko’ra hisoblanadi.
Qoplovchi tog’ jinsini ichki ag’darmalarga tashish bo’yicha texnologik majmualar qalin gorizontal va yotgan konlarni qazib olishda, bir vaqtda butun qalinligi bo’yicha ikki va undan ortiq pog’onalar bilan qazib olinadigan konlarda qo’llaniladi. Qoplovchi tog’ jinsi konveyer, avtomobil transporti va temiryo’l transporti bilan tashiladi. Bu majmualarda qoplovchi tog’ jinsi va ochilgan
322
zaxiralar hajmi va qo’llaniladigan uskunalar parametrlari orasidagi qattiq bog’liqlik yo’q. Majmuani hisoblash belgilangan ishlar hajmini bajara olish qobiliyati bilan amalga oshiriladi. Belgilangan yuk aylanmasi unumdorligi va qoplovchi tog’ jinsining qalinligida karyer transportidan foydalanishda ekskavatorlar, lentali konveyerlar, qayta yuklagichlar va ag’darma hosil qilgichlar tanlanadi.
Belgilangan yuk aylanmasi hajmi va qoplovchi tog’ jinsi qalinligida temiryo’l transportidan foydalanishda ochuvchi ekskavatorlar tanlanadi, dumpkarlar yuk ko’tarish qobiliyati va lokomotivtarkiblarning foydali yuk massasi hisoblanadi, ekskavatorlar va lokomotivtarkiblarning soni aniqlanadi, ag’darma mashinalarining o’lchamlari aniqlanadi va ularning soni tanlanadi. Avtomobil transportidan foydalanishda ekskavator turi, yuk ko’tarish qobiliyati va avtosamosvallar soni aniqlanadi. Ag’darma uskunasi sifatida buldozerlardan foydalaniladi.
Kombinatsiyalashgan texnologik majmualar karyerning katta unumdorligida, uni bitta transportsiz yoki transport-ag’darma sxemada qazib olish mumkin bo’lmaganda yoki ratsional bo’lmaganda qo’llaniladi. Bunday holda tog’ jinsi vertikal bo’yicha ikkita zonaga bo’linadi. Pastki zona qoplovchi tog’ jinsini ekskavatorlar bilan, ag’darma hosil qilgichlar yoki transport- ag’darma ko’priklar bilan qayta tashlash bilan qazib olinadi. Yuqori qismni qazib olishda qoplovchi tog’ jinsi transport vositalari bilan chiqariladi. Bunda qoplovchi tog’ jinsini transport vositalari bilan karyerdan tashqariga chiqarishdan ko’ra katta unumdorlikka erishiladi.
Qoplovchi tog’ jinslarini tashish ishlarida qo’llanilishdan ko’ra foydali qazilmalar turli transport vositalari bilan qabul qilish uskunalariga yoki bevosita foydalanuvchiga tashiladi.

  1. CHUQURLASHUVCHI QAZIB OLISH TIZIMLARI TEXNOLOGIYASI VA KOMPLEKS MEXANIZATSIYALASH

Chuqurlashuvchi qazib olish tizimlarida chuqurda joylashgan qiya va tik qiya, tog’li yoki aralash turdagi konlarda qoplovchi tog’ jinslari transport vositalari bilan tashqi ag’darmalarga tashiladi. Qoplovchi tog’ jinslarining bir qismini ichki ag’darmalarga joylashtirish faqatgina ba’zi hollarda amalga oshiriladi (misol uchun, butun chuqurlikka sinklinar yig’malarni yoki qanotdan cho’zilgan konlarni qazib olishda). Cho’zilgan qiya qazilmalarda kon ishlarining rivojlanishi yotgan yondan osilgan yonga qarab amalga oshadi. Kapital transheyaning trassasi yotgan yon tog’ jinslari stastionar joylashadi. Bu holatda bir bortli bo’ylama qazib olish tizimi qo’llaniladi (rasm. 8.11). Tik qiya konlarda kon ishlarining rivojlanishi foydali qazilmaning qurilish ishlarini kamaytirish maqsadida nanoslar ostiga chiqishi bilan boshlanadi. Kon ishlari osilgan va yotgan yonlarga qarab karyer markazidan uning chegaralariga qarab rivojlanadi, ya’ni ikki bortli bo’ylama qazib olish tizimi qo’llaniladi. Ko’ndalang bir bortli yoki ikki bortli qazib olish tizimidan foydalanish kichik karyerlarda qo’llaniladi, bu esa kon-tayyorlash ishlarini va kon massasini ichki karyer tashishni kamaytirish uchun qo’llaniladi. Uncha katta bo’lmagan aylanasimon konlarni qazib olishda kon ishlari spiral trassalardan foydalangan holda karyerning barcha bortlarida amalga oshiriladi. Ishchi gorizontlarda ishlar fronti o’ra bo’yicha siljiydi (rasm. 8.11).
Uzunligi bo’yicha katta bo’lgan karyerlar bir nechta karyer maydonlariga bo’linadi. Karyer maydonining uzunligi 2-2.5 km avomobil transportida va 3-3.5 km temiryo’l transportida tashkil qiladi. Bo’ylama qazib olish tizimlarida pog’onalar ishlar fronti uzunligi karyer maydonining uzunligi bilan, ko’ndalang tizimlarda esa - kengligi bilan aniqlanadi. Bloklardagi ekskavatorlar soni kon ishlarining tashkiliy-texnik holatlar bilan chegaralanadi. Temiryo’l transportida poezdlarning almashinuv holatiga ko’ra bu ko’rsatkich 2-3ga, avtomobil transportida 4-5ga teng.


8.11-rasm.. Qiya va tik qiya konlarni qazib olish tizimi sxemasi:
a - bo’ylama bir bortli; b - bo’ylama ikki bortli; v - ko’ndalang bir bortli; g - ko’ndalang ikki bortli; d - yelpig’ichsimon

Qiya va tik qiya qazilmalarni qazib olish tezligi karyerning chuqurlashish tezligi bilan aniqlanadi. Chuqurlashishning o’rtacha yillik tempi Уг


ekskavatorning unumdorligi bilan va transport vositalari turi bilan aniqlanadi. Temiryo’l transportida Уг = 8^ 12м, avtomobil trasportida esa Уг = 12+\5м. Karyerning qurilish davrida mos ravishda avtomobil va temiryo’l transportida karyerning maksimal chuqurlashish tempi 30-40m va 20-24.
Karyeming foydali qazilma bo’yicha yillik unumdorligi (м3) karyerning chuqurlishish tempiga mos keladigan quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Пи = Мгьиуг (8.24)
Bunda, М - qazilmaning unumdor qalinligi, m;
4 - qazilmaning uzunligi, m.
Qiya va tik qiya qazilmalarni qazib olishda asosiga kon massasini transport vositalari bilan tashish qo’yilgan texnologik majmualardan foydalaniladi. Karyerda eng ko’p qo’llanilgan texnologik majmualardar biri bu g’ildirakli transport vositalaridan foydalanilgan majmualardir.
Temiryo’l transporti bilan bo’lgan texnologik majmualarda kon massasi mexanik kuraklar bilan dumpkarlarga yuklanadi va qabul qilish nuqtalariga tashiladi. Qoplovchi tog’ jinsi tashqi ag’darmalarga, foydali qazilma esa - yuqoridagi qabul qilish nuqtalariga tashiladi (maydalash-ajratish va boyitish fabrikalari, yuklash bunkerlari va boshqalar). Agar foydali qazilmalar qayta ishlashni talab qilmasa, unda ular MPS vagonlariga yuklanadi va bevosita foydalanuvchiga tashiladi. Ag’darma hosil qilish asosan mexanik kuraklar va draglaynlar bilan amalga oshiriladi. Bunday karyerlarda asosan oxiri berk ishlar frontidan foydalaniladi. Poezdlarning harakatlanishi bitta karyerdan transport chiqishiga ega mayatniksimon bo’ladi (rasm. 8.11).
Karyer maydonini ikki tomonli kapital transheyaga ulanadigan umumiy ichki transheyalar timizi bilan ochishda barcha pog’onalarda ochiq frontni hosil qilish mumkin va bu bilan yukli va yuksiz lokomotivtarkiblarning harakatini ajratish mumkin. Frontning ratsional uzunligi ishda bo’lgan ekskavatorlar soniga, ekskavator blokining uzunligi va bitta pog’onada ishlaydigan ekskavatorlar soni bilan aniqlanadi. Karyerning butun rivojlangan ishchi zonasida bitta pog’onada bir yoki ikkita ekskavator ishlaydi va ekskavator blokining uzunligi ko’mir karyerlari uchun 1200-2000m bir bortli bo’ylama qazib olish tizimida (qiya qazilmalar) va 1500-3000m bo’ylama ikki bortli qazib olish tizimida (tik qiya qazilmalar) bo’ladi. Ruda konlarida ekskavator blokining uzunligi 1.5-2marta kichik. Ekskavator blokining kichik uzunligi karyer ishlarinring boshlang’ich va oxirgi davriga hos. Bu davrda pog’onani tezroq qazib olish uchun unda uchtagacha ekskavator joylashadi, faqatgina agar bu transport xizmat ko’rsatish holati bo’yicha mumkin bo’lsa.
Yuk aylanmasiga xizmat ko’rsatadigan majmualar uskunalarini tashkil qilish jarayonlarning uskunalar bilan sifatli va sonli aloqasi bo’yicha amalga oshiriladi. Zaboy ekskavatorlarining cho’mich hajmi, lokomotivtarkiblarning foydali massasi va ag’darma ekskavatorlarining cho’mich hajmi ratsional birligi aniqlanadi va jarayonlardagi asosiy uskunalarning soni aniqlanadi.
1000-1800 kN tortish kuchiga ega elektrovoz va teplovozlarni ko’mir va temir rudalari karyerlarida qo’llash uchun lokomotivtarkiblarning ratsional foydali massasi EKG-5, EKG-8 va EKG-12.5 ekskavatorlari uchun mos ravishda 600-800, 800-1000 va 1200-1300t ni tashkil qiladi. Tortish kuchi 3600 kN bo’lgan tortish agregatlari foydali massasi 1300-1500t bo’lgan poezdlarni kapital transheyalar balandligi 30-40 %o bo’lgan balandlikka torta oladi. Mustahkam tormoz uskunalarini o’rnatish bilan mos ravishda poezdning foydali massasini bir muncha kamaytirish bilan qiyalik balandligi 50-60 %. Ag’darmalarda asosan cho’mich hajmi zaboy ekskavatorlari cho’mich hajmi bilan bir bo’lgan ekskavatorlardan foydalaniladi. Maydalangan va yarim qoyasimon tog’ jinslarini ag’darma hosil qilishda zaboy ekskavatorlari bilan bir turli ekskavatorlardan foydalanish ma’qul.
Texnologik yuk aylanmasidagi mashinalar soni asosiy texnologik jarayonlar mashinalari ekspluatastion unumdorligi va yuk aylanmasidagi ish hajmiga ko’ra aniqlanadi.
3 va 4 - bo’limlarda ekskavator va lokomotivtarkiblarning unumdorligi aniqlash uchun jarayonlarning majmuaga tasirisiz formulalar keltirilgan. Bu formulalar bo’yicha hisoblashlar yuklash, tashish va bo’shatish jarayonlarida bajarish vaqtiga ko’ra va mumkin bo’lgan faktorlar, qazib olishning umumiy dinamikasi va texnologik jarayonlarni boshqarish usullarini inobatga olmagan holda amalga oshiriladi. Amalda esa, asosiy texnologik operatsiyalar davomiyligi (lokomotivtarkiblaming zaboylarda yuklanishi va ag’darmalarda bo’shatilishi, tog’ jinsini ag’darmaga yotizish, lokomotivtarkiblarni yuklashga va bo’shatishga uzatish, yuk bilan va yuksiz harakatlanish va boshqalar) o’rtacha qiymatlardan ancha farq qiladi va ko’plab faktorlarga bog’liq bo’ladi.
Jarayonlarning ekskavator-temiryo’l majmuasi ishiga bo’lgan ta’sirini inobatga olish mumkinligi faqatgina majmua ishini EVM larni qo’llagan holda modellar orqali amalga oshiriladi. MGI da amalga oshirilgan imitastion modellash jarayonida majmua ishiga turli texnologik va kon texnik faktorlarning unumdorligiga ta’siri aniqlandi. Turli faktorlarni inobatga olgan holda ekskavator va lokomotivtarkiblarning almashinuv unumdorligi (мъ) quyidag formula bilan aniqlanadi:



Zaboy ekskavatorlari uchun:







Пз.см = Пз.тех (Тсм _ *р.о Ж1 _ Кз Жз

(8.25)



Ag’darma ekskavatorlari uchun:







По.см = По.тех (Тсм _ *ро Ж1 _ kn.o Ж.о

(8.26)

Пт.п

> По.тех b0lganda






Lokomotivtarkiblar uchun:









П = E V- fP. °_ k )k (8.27)

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish