Moskow mining institute publishing house



Download 3,02 Mb.
bet53/65
Sana07.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#535694
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
Bog'liq
OCHIQ KON ISHLARI mavzu izlash uchun

' = Ln/' 0-9)
h = Н, /1 (7.10)
Bunda, Ln - qo’shni ish fronti orasidagi masofa, m;
Н - bosqich chuqurligi, m.

  1. KON ISHLARI REJIMINING KALENDAR GRAFIKLARI TAHLILI, BAHOLASH VA BOSHQARISH

Karyerni ochish va qazib olish ishlarining kalendar grafigi faqatgina ko’riladigan kon ishlarining rivojlanish holatiga xos hisoblanadi. Ochuvchi kon lahimlarini pog’ona ichida va kon ishlari yo’nalishini o’zgartirib, turli kalendar grafiklarga ega bo’lish mumkin. Shu sababli karyerning qurilish davrida bajariladigan ishlardan biri, shunday karyer grafigini tanlash kerakki, qaysiki konni ochiq usulda qazib olishning maksimal texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlariga erishilsin. Loyihalanadigan karyer uchun bir nechta (2-3) kon ishlari rivojlanish variantlari beriladi va ularning har biri uchun kalendar grafiklar tuziladi. Ularning ichidan iqtisodiy jihatdan eng samaralisi tanlab olinadi.
Variantlami iqtisodiy baholashda texnik jarayonning iqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sirini (texnik rivojlanish 1 м3 qoplovchi tog’ jinsini qazib olishga xarajatlarni kamaytirishda ko’riladi) va ochish ishlariga xarajatlarning bir xilligini (vaqt faktori) ham o’rganish kerak.
Vaqt faktorini sonli hisobga olinishi maqsadida turli xarajatlar murakkab foizlar bilan baholash bo’yicha bir vaqtga keltiriladi. Bir vaqtga keltirilgan baholash xarajatlar (yoki kon ishlarining boshlanishiga yoki kon ishlarining oxiriga) diskontlangan deb ataladi. Xarajatlarni keltirish uchun har bir yilning mavjud xarajatlarini (kelajakdagi yoki o’tgan) mos keluvchi keltirish koeffitsiyentiga ko’paytirish kerak. Faqatgina keltirilgandan keyin ochish ishlariga bo’lgan xarajatlar taqqoslanadigan bo’ladi va ularni qo’shish mumkin bo’ladi. Diskontlangan xarajatlarni hisoblashda vaqt qadami bir yil qilib olinadi, ya’ni nisbiy hisoblaganda diskret turda xarajatlar yil oxirida amalga oshiriladi. Kalendar rejalarning texnik-iqtisodiy taqqoslashni amalga oshirishning qulayligi uchun xarajatlarni karyerni foydalanishga topshirish vaqtinigina diskont qilish kerak (10-15yil) va faqatgina kelajakdagi xarajatlarni hisobga olish kerak. O’rganishlar shuni ko’rsatadiki, nisbatan kechroq yillarda qoplovchi tog’ jinslarining maksimal qazib olinishi kalendar rejaning iqtisodiy ekanligiga katta ta’sir qiladi. Kalendar rejada katta miqdordagi qoplovchi tog’ jinslarini qazib olishning yil bo’yicha o’zgarishlarga ega bo’lishi ochish ishlarini tashkil qilishning murakkabliklarini keltirib chiqaradi. Qazib olishning eng yuqori nuqtalarida uskunalar parkini va ishchilar shtatini oshirish talab qilinadi, qazib olishning minimal davrida ishchilar shtati va uskunalar parki qisman ishlatiladi.
Karyerning ishlab chiqarish ishiga notekisliklar ta’sirini yo’qotish va kamaytirish maqsadida kalendar grafigini nazoratini (mumkin bo’lgan chegaralarda) amalga oshirish kerak. Akad. V.V.Rjevskiy kalendar grafiklarni nazorat qilishda quyidagilarni bajarishni maslahat beradi.
1. Asosiy uskunaning amortizatisyasiga mos keluvchi karyerning uncha katta bo’lmagan ishlash vaqtida (10-15yil) bo’sh tog’ jinslarining to’g’ri grafigini va bir qancha kattaliklar bilan qazib olinadigan tog’ jinslarining grafigiga (4-7% yiliga) ega bo’lish maqsadga muvofiq.
2. Karyerning uzoq vaqt ishlashida (asosiy uskunaning ikki va undan ortiq amortizatsiya darvida) bir notekis pog’onasimon grafikka ega bo’lish maqsadga muvofiq. Bitta pog’onaning davomiyligi uskunaning amortizatsiya vaqtiga mos bo’lishi (10-15yil) yoki undan birqancha kam bo’lishi kerak, pog’onaning balandligi esa qo’llaniladigan uskunaning unumdorligiga mos bo’lishi kerak (yoki bir qancha kichik bo’lishi kerak).
Ochish ishlarining grafigini nazorat qilish karyerning yuqori qismlarini (bu ochish ishlarini nisbatan oldinroq vaqtga ko’chirish imkonini beradi) va karyer maydonini bosqich bilan (bu ochish ishlarini yillar bo’yicha nazorat qilish imkonini beradi) qazib olish bilan nisbatan kuchliroq (texnologiya talablaridan ko’proq) nazorat qilinadi. Misol uchun tik qiya kon uyumini bosqichlarga bo’lmasdan (7.7-rasm.) qazib olishda ochish ishlarining kalendar grafigi 1- qiyalik bilan ko’rsatiladi (7.8-rasm.), kon uyumini ikki bosqich bilan qazib olishda esa (7.7-rasm.. birinchi bosqich ABVGDE) - 2-qiyalik bilan ko’rsatiladi. 7.8-rasm. dan ko’rinib turibdiki, birinchi bosqichdagi qoplovchi tog’ jinsi hajmining kamayishida (7.7-rasm., maydon A'ABB) ochish ishlarining maksimal bajarilish hajmi nisbatan oldingi davrdan (^ yil) kechroq vaqtga ko’chdi (t2 yil).
Karyerda shuningdek ochish ishlarining kalendar grafigini nazorat qilishning boshqa usullari ham qo’llaniladi.
Ochish ishlarining ratsional rejimini tanlash bir nechta variantlarni taqqoslash bilan amalga oshiriladi.


7.7-rasm.. Tik qiya kon uyumlarini qazib olishda darvlarga bo’lmasdan (a) va ikkita

bosqichga bo’lish bilan (b) bo’sh tog’ jinslarini qazib olish dinamikasi





7.8-rasm.. Ochish ishlarining kalendar grafigi:


1 - karyer maydonini bosqichlarga bo’lmasdan qazib olishda; 2 - karyer maydonini ikkita bosqichga bo’lish bilan qazib olish



  1. BOB. KONLARNI OCHIQ USULDA QAZIB OLISH TIZIMLARI VA KOMPLEKS MEXANIZATSIYALASH TARKIBI.

    1. UMUMIY MA’LUMOTLAR

Konni ochiq usulda qazib olish tizimi deganda kon-tayyorlash, ochish va qazib olish ishlarining bajarilish ketma-ketligi tushuniladi. Muayyan karyer holatida qabul qilingan qazib olish tizimi barcha atrof muhitni muhofaza qilish qoidalarini bajargan holda, foydali qazimla zaxiralarini xavfsiz, iqtisodiy va to’la qazib olishni ta’minlashi kerak.
Gorizontal va nishab konlarni qazib olishda kon-tayyorlash ishlari karyerning qurilish davrida yakunlanadi. Bu holatda foyalanish davrida yangi gorizontlarni ochish talab qilinmaydi va qazib olish tizimi ochish va qazib olish tartibini ko’rsatadi. Bevosita yer yuzasiga chiqadigan foydali qazilmalarni qazib olishda ochish ishlari mavjud bo’lmaydi va katta e’tibor talab qilmaydi. Unda qazib olish tizimi qazib olish va yangi gorizontlarni ochish bo’yicha kon- tayyorlash ishlarini ko’rsatadi.
Ochish, qazib olish va kon - tayyorlash ishlarini bajarish uchun muayyan tartibda va ketma-ketlikda turli kon va transport uskunalari qo’llaniladi. Karyerda texnologiya tanlashda barcha asosiy va yordamchi ishlar mexanizatsiyalanganligini ta’minlash holati bajarilishi kerak, tanlanadigan mexanizatsiyalar va mashinalar o’zining unumdorligi bilan bir biriga mos kelishi va belgilangan kon ishlarini bajarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak, bu esa kompleks mexanizatsiyalash talablariga to’g’ri keladi. Ochiq kon ishlarini mexanizatsiyalash nafaqat og’ir qo’l mehnatini mexanizatsiyalashda, balki yuqori unumdorlikka erishishni ham talab qiladi. Shu sababli asosiy va qo’shimcha ishlarni bajarishda eng yaxshi texnik ko’rsatkichlarga erishish bilan yaxshi iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish talablarini qo’yiladi. Kon massasini zaboylardan bir tekisda qazib olib qoplovchi tog’ jinsini ag’darma va foydali qazilmalarni boyitish fabrikalariga tashishga xizmat qiladigan kon-transport, maydalash-ajratish va karyerdagi qo’shimcha uskunalar majmuasi karyerning kompleks mexanizatsiyalash asosini tashkil qiladi. Konning qazib olish tizimi va karyerning kompleks mexanizatsiyalanishi o’zaro bog’liq.
Qazib olish tizimi elementlarining o ’Ichamlari (pog’onalar balandligi, ishchi va ishchi bo’lmagan maydonlar kengligi, ish fronti uzunligi, ish frontining siljish tezligi, panellar o’lchamlari va boshqalar) uskunalar majmuasi parametrlari bilan bog’liq. Shu sababli ular bir bo’lgan ochish va qazib olish va uskunalar majmuasining texnologik ko’rsatkichlari bilan birgalikda ko’rilishi kerak. Bu texnologiya va kompleks mexanizatsiyalashning birligini ta’minlash maqsadida akad. V.V.Rjevskiy tomonidan ochish va qazib olish texnologik komplekslariga uskunalar va texnologik yechinmalar birligi tushunchasi kiritilgan (birinchi o’rinda qazib olish tizimi va ularning parametrlari bo’yicha), ular o’zaro belgalangan hajmlarda kon ishlarining xavfsiz, yuqori unumli va iqtisodiy bajarilishini ta’minlaydi. Kon ishlarining texnologik majmualari qo’llaniladigan uskunalar majmuasi bilan farq qiladi, ularning variantlari esa - kon uskunasining turi va parametrlari bilan farq qiladi, shuningdek uskunalarning texnologik o’rnatilish variantlari bilan ham farq qiladi. Bir turdagi uskunalarda texnologik majmualar karyer ishchi maydoniga ko’ra rejada va chuqurlikda turlicha joylashishi mumkin. Bu o’rinda faqatgina ochish va qazib olish ishlarining texnologik o’lchamlari o’zgaradi. Bunday turdagi texnologik majmualar ekskavatsiya sxemasi deb ataladi.

    1. QAZIB OLISH TIZIMI ELEMENTLARI VA ULARNING

O’LCHAMLARI
Qazib olish tizimi elementlariga pog’ona, pog’ona ish fronti, karyer ishlar fronti, karyerning ishchi maydoni, ishchi maydonchalar, transport va xavfsizlik bermalari kiradi.
Pog’onalar. Pog’onaning asosiy parametri uning balandligi hisoblanadi, bu ko’rsatkich bevosita uskunaning unumdorligiga, qazib olingan foydali qazilma sifatiga, karyer bortining qiyalik burchagi, ishl fronti uzunligi, transport aloqalarining uzunligi, kon-kapital ishlari va boshqalarga ta’sir qiladi.
Pog’onaning balandligi yuqori ko’rsatilgan majmualar faktorlariga ko’ra belgilanadi. Pog’onaning balandligini belgilashda asosiy talablardan biri qo’llaniladigan uskunaning xavfsiz ishlash sharoitini ta’minlanishidir. Gorizontal va nishab kon uyumlarini qazishda pog’ona balandligi asosan qazilmaning qalinligiga va qoplovchi tog’ jinsiga ko’ra tanlanadi. Qiya va tik qiya konlarda pog’ona balandligi qo’llaniladigan uskuna va qazib olish sifatiga ko’ra tanlanadi. Bir turdagi qoplovchi tog’ jinslarini va qalin kon uyumlarini qazib olishda pog’ona balandligi qo’llaniladigan uskunalarga ko’ra tanlanadi, bunda qoyasimon tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash va tashishga bo’lgan xarajatlar kamayadi. Shu o’rinda Texnik foydalanish talablariga ko’ra
qoyasimon va yarim qoyasimon tog’ jinslarini qazib olishda pog’ona balandligi ekskavatorning maksimal qazish balandligidan foydali qazilma balandligi ekskavator qazish balandligidan bir qatorli va ikki qatorli portlatishda 1.5 martadan oshmasligi kerak. Ko’p qatorli portlatishda tog’ jinsi uyumi
ekskavatorning maksimal qazish balandligidan 1.5 barobaridan oshmasligi kerak. Ekskavator bilan yuqoridan yuklashda uzaytirilgan ishchi a’zoda pog’ona balandligi ekskavatorning o’lchamlari bilan aniqlanadi. Murakkab tuzulishli kon uyumlarini qazib olishda pog’ona balandligining oshishi bilan yo’qotishlar va bo’sh tog’ jinslari bilan aralashuvlar ko’payadi. Shu o’rinda pog’ona balandligi ekskavatorning qazish balandligidan oshmasligi kerak. Ba’zida yo’qotishlarni kamaytirish maqsadida pog’onalar ikkita nimpog’onaga ajratiladi.
Oddiy tuzulishli konlarni qazib olish amaliyoti shuni ko’rsatadiki,
pog’onalarning ratsional balandligi mos ravishda ekskavatorlar cho’mich hajmi 3-5 va 8.12.5 мъ bo’lganda 11-14 va 16-19 m bo’ladi. Aniq holatda pog’ona balandligi yuqorida ko’rsatilgan faktorlarga ko’ra aniqlanadi va yuqorida
ko’rsatilgan kattaliklardan farq qilishi mumkin.
Pog’onaning qiyalik burchagi a tog’ jinslarining fizik-texnik xususiyatlari, qo’llaniladigan uskunalar va pog’onalarning turish davomiyligiga bog’liq.
Pog’onalarning ishchi maydoni. Pog’onalarning ishchi maydonlarining minimal mumkin bo’lgan qiymatlari asosan qo’llaniladigan uskunalar, karyer
transporti turi, transport vositalarining harakatlanish sxemalari, pog’onalar balandligi, tog’ jinsi qattiqligiga bog’liq bo’ladi. Qoyasimon tog’ jinslarini qazib olishda mexanik kuraklar va g’ildirakli transportdan foydalanganda ishchi maydonning minimal kengligi Bpn portlatilgan kon massasi yig’indisidan x ,
uyumning pastki qismidan transport chizig’igacha bo’lgan xavfsiz masofadan S, transport chizig’ining kengligidan T, yordamchi uskunalar uchun bo’lgan maydonning kengligidan П va xavfsizlik bermalari z kengligidan hosil bo’ladi (8.1-rasm.). Yumshoq tog’ jinslarini qazib olishda uyumning kengligi o’mida butunlik bo’yicha zaxodkaning kengligi A qabul qilinadi. Uyumning kengligi x tog’ jinsi xususiyatlari, portlatish usuli, PM kattaligi va zaryad turlari, pog’ona balandligi, skvajinalarni portlatish tartibiga bog’liq bo’ladi. Taxminiy hisoblar uchun quyidagi uyum kengligini qabul qilish mumkin: oson portlatiladigan tog’ jinslaridaх = \,2hy, o’rtacha portlatiladigan х = 2.3hy va qiyin portlatiladigan tog’
jinslarida х = 3hy .Transport chizig’ining kengligi transport vositalarining turi va harakatlanish sxemasiga bog’liq bo’ladi. П kattaligi 2.5-3.5 m ga teng qilib qabul qilinadi. Xavsizlik bermalarining kengligi o’pirilishi mumkin bo’lgan prizmasi kengligi bilan aniqlanadi.


8.1-rasm.. Pog’ona ishchi maydoni kengligini aniqlash sxemasi

EKG-5 va EKG-8 turdagi mexanik kuraklardan foydalanishda va temiryo’l transportida ishchi maydonning minimal kengligi mos ravishda yumshoq tog’ jinslarida 26-31 va 29-33 m ni, qoyasimon tog’ jinslarida 39-52 va 45-60 m ni tashkil qiladi. Avtomobil transportidan foydalanishda ishchi maydon kengligi mos ravishda yumshoq va qoyasimon tog’ inslarida 23-30 va 37-52 m ni tashkil qiladi.


Pog’ona ish fronti - pog’onaning kon ishlariga tayyorlangan bir qismi. Pog’onada ish frontini tayyorlash kerakli kenglikdagi ish maydonini hosil qilish va kon-transport uskunalarining ishini ta’minlash uchun transport va energiya aloqalarini keltirishga asoslangan. Alohida pog’onalarning ish fronti umumiy uzunligi karyer ishlar frontini tashkil qiladi, bularda ochish ishlarini bajaradigan ochuvchi ishlar frontiga va qazib oluvchi pog’onalardagi ishlar frontiga ega qazib olish frontiga bo’linadi. Birlamchi ishlar frontini hosil qilish va ularni ish vaqtida siljitish mustaqil amalga oshirilmaydi. Pog’onalarni kesish (qirqim transheyalar o’tish yo’li bilan) va ish frontini ko’chirish ish vaqtida kerakli ochuvchi va qazib oluvchi pog’onalari sonini ta’minlash bilan bajariladi.
Ishlar frontining birlachi holati karyer maydonining uzun va qisqa o’qida shuningdek aralash joylashtirilishi mumkin (8.2-rasm.). Ish frontining karyerning uzun o’qi bo’ylab joylashtirish qazib olishning tezlikda amalga oshirilishini va katta miqdorli qoplovchi tog’ jinsini qazib olishni ta’minlaydi. Lekin ish frontining bunaqa joylashuvi karyer qurilishida katta kon-kapital ishlarini bajarish va katta transport aloqalarini talab qiladi. Bu usulni uncha katta bo’lmagan qoplovchi tog’ jinslarida qo’llash mumkin. Ish frontini karyer maydonining qisqa o’qida joylashtirganda nisbatan kam kon-kapital ishlari va transport aloqalari qisqa bo’ladi. Lekin shu o’rinda karyerning unumdorligini oshirish va foydali qazilmalarning ochilgan zaxiralarini oshirish imkoni cheklangan. Pog’onalarni ochish va transport aloqalarining tez-tez ko’chirilishi sababli foydalanish murakkablashadi. Bunday frontning joylashuvi katta miqdordagi qoplovchi tog’ jinslari mavjudligida ma’qul. Bunday holatda qoidaga ko’ra kichik mobil bo’lgan transport vositalari qo’llaniladi.
Ish frontning markazlashgan joylashuvi karyer ishi vaqtida uning joylashuvi o’zgarishini talab qiladi. Bunaqa joylashuv minimal kon-kapital ishlarni amalga oshirish va katta chuqurlishish tempiga ega bo’lish imkonini beradi.
Pog’ona ish fronti karyer maydonining uzun yoki qisqa o’qi bo’ylab uning bir chegarasidan ikkinchisiga qarab parallel harakatlanishi mumkin (bir bortli qazib olish), shuningdek karyer maydonining uzun va qisqa o’qi bo’ylab chegaralrga qarab parallel (ikki bortli qazib olish), ratsional qazib olish qatlami markazidan uning chegaralariga qarab yoki pereferiya maydonlaridan markazga qarab, karyer maydoni chegarasida yoki uning yonida joylashgan o’ra bo’yicha burulish nuqtalaridan harakatlanishi mumkin (8.2-rasm.).



8.2-rasm.. Ish frontining joylashuv tartibi va harakatlanishi:


a - karyer maydonining parallel uzun o’qi bo’ylab ish frontini bir chegaradan ikkinchisiga parallel harakatlantirish; b - xuddi o’sha, faqat qisqa o’q bilan; v, g - mos ravishda karyer maydonining uzun va qisqa o’qi bo’ylab ish frontini oraliq joylashuvdan chegaraga parallel ko’chirish; d - frontning markazdan karyer maydoniga qarab radial ko’chirish; e - xuddi o’sha, chegaradan markazga qarab; j, z - frontning yelpig’ichsimon harakatlanishi mos ravishda karyer maydoni chegarasida va uning yonida burilish nuqtalari bilan ko’chirish
Pog’ona ishlar fronti uzunligiьфу va uning siljish tezligiуф ekskavatorning
belgilangan yillik unumdorligini ta’minlashga mos bo’lishi kerak, bu esa quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish