PM skvajina zaryadining massasi (kg) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: a = qVn (2.18) Bunda: q - PM ning solishtirma sarfi, кг / м3; Vn - zaryad yordamida portlatiladigan tog’ jinsi hajmi, м3.
2.10 - rasm. Skvajina zaryadlari.
a - yaxlit zaryad, havo bo’shliqli markazlashgan zaryad.
PM ning solishtirma sarfi tog’ jinslarining portlatilishi va ularning maydalanish darajasiga bog’liq (2.8.-bo’lim). Karyerlarda bu ko’rsatkich katta chegaralarda o’zgaradi (0.15-1.9 кг/м3 va undan ko’p). Yaqinlashtirilgan hisoblar uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
Tog’ jinslari
q,, кг / M
Oson portlatiladigan (og’ir sugliklar, qattiq gil tuproqlar, gips, tosh ko’mirlar, slanest, alevrolit, agrillit)
0.2-0.4
O’rtacha portlatiladigan (juda zich agrellitlar, gil sementdagi qumlar, ohaktosh, mramorlangan qumli slaneslar, rudalangan dolomitlar, havo bo’shliqlariga ega bazaltlar)
0.4-0.6
Qiyin portlatiladigan (granit, granodiorit, bazalt, andezit, kvarstit,
0.6-0.9
kremlangan skarnlar) Yarim qoyasimon va qoyasimon tog’ jinslarini qazib olishda burg’ulash- portlatish ishlari qazish-yuklash ishlarining iqtisodiy va xavfsizligiga, tashish jarayoniga va mexanik maydalashga ta’sir qiladi. Qiyin portlatiladigan tog’ jinslarida burg’ulash-portlatish ishlarini amalga oshirishga bo’lgan harajatlar PM ning sarfi oshirilishida ekskavatorning, transort, ag’darma va maydalash- ajratish majmuasining uskunalari unumli ishi bilan qoplanadi. Shu sababli burg’ulash-portlatish ishlarining iqtisodiy tomondan ma’qulligini (birinchi o’rinda PM sarfi) barcha texnologik jarayonlar bog’liqligida inobotga olish kerak.
Amaliyotda zaryad massasi (kg) quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
birinchi qator skvajinalar uchun
Q3 = qWha (2.19) keyingi qator skvajinalar uchun
Q3 = qbhya (2.20) Karyerlarda portlatishlarni loyihalashda W, a, b kattaliklari tog’ jinslarining portlanuvchanligiga ko’ra o’rnatiladi. Bu kattaliklarni aniqlash ko’rilayotgan holatlardagi portlatish ishlarini olib borish amaliy ma’lumotlariga ko’ra amalga oshiriladi.
Ajralgan zaryadlarning pastki qismining zaryad og’irligi (kg) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Q3J,= (0,65 - 0,75 Q (2.21)
Butun zaryadning zaboyka uzunligi (m) quyidagi empirik formula bo’yicha aniqlanadi:
1заб = fW(2.22) bunda, f =0,4-0,7 - zaboyka koeffitsiyenti Havo oralig’i uchun (m):
L.= (0 .17 - 0.35 )lBJ (2.23)
bunda, lBB - zaryad uzunligi, m.
lB.B = Q /Pв (2.24)
Pe e - 1 m skvajinaning PM sig’imi, kg;
P = 7,85d2 A
e.e ’ c bunda, d2c- skvajina diametri, dm;
A - PM ning skvajinadagi zaryadlash zichligi, кг / дм3.
Qo’ldagi va mexanizatsiyalangan zaryadlashda A qiymati mos ravishda 0.9 va 1 кг / дм3 ga teng, suv to’ldirilgan PM lardan foydalanishda esa
A = 1,4 -1,6кг / дм3.
le.e qiymati (2.24) formula bo’yicha aniqlanadi, va quyidagi vaziyatni qanoatlantirishi kerak:
L * Lc-(l3a6 + L) (2.25) IKKILAMCHI MAYDALASH.
Tog’ jinslarining ikkilamchi maydalanishi deb, gabaritmas bo’laklami portlatish, termik, elektrotermik va mexanik yo’l bilan maydalash tushuniladi. Gabaritmas bo’laklami maydalash shpurli yoki qo’yiladigan zaryadlar bilan amalga oshiriladi. Zaryad qo’yish turi nimjon va oson maydalanadigan tog’ jinslari va uncha katta bo’lmagan hajmda, va agarda oshgan PM harajatlari (22.5 кг/м3) shpurlar burg’ulashdan kam bo’lsa amalga oshiriladi. h3 = 4-5смbo’lgan qalinlikdagi qo’yiladigan zaryad gabaritmas ustiga joylashtiriladi va haa6 > h3 qalinlikdagi gil yoki qum bilan yopiladi (2.11-rasm.), bu ish PM sarfini
5-7 marta kamaytirishga yordam beradi.
Shpurli zaryadlarda shpur diametri 25-60mm oralig’ida o’zgaradi, shpurlarning chuqurligi esa /гш = (0,25 ^ 0,5)hH (hH - gabaritmas qalinligi) ko’rinishda bo’ladi. PM ning solishtirma sarfi 0.1-0.3 кг / м3 ni tashkil qiladi. Shpurlarni burg’ulash uchun qo’lda ishlatiladigan va kolonokli perforatorlardan foydalaniladi. Bo’laklarning sochilishini va PM sarfini kamaytirish maqsadida
shpurlami yuqori brizantli PM ning kichik zaryadlariga joylashtirishadi va suyuqlik bilan to’ldiriladi (gidrozaboyka) (2.11-rasm.).
a - oddiy tuzulishli qo’ydadigan zaryad; b - kumulyativ qazib olinadigan qo’ydadigan zaryad; v - gidrozaboykali shpurli zaryad; 1 - gabaritmas; 2 - PM zaryadi; 3 - gil yoki qum qatlami; 4 - detonator; 5 - detonatsiyalovchi shnur; 6-oraliq detonatori; 7 - suv
Suyuqlikdagi (suv, tuzning suyuq aralashmalari) bosimning kam yo’qotilishi oqibatida zaryaddan katta masofada ham zarba to’lqini o’zining katta kuchini saqlab qoladi. Shpurlardagi minimal mumkin bo’lgan suv darajasi 10-12 sm, shpurning minimal chuqurligi esa 30-35 sm. Qishda 10-15% li osh tuzi yoki ammiak selitrasi aralashmasidan foydalaniladi, uni portlatishdan oldin shpurga solinadi.
Nogabaritni maydalashning mexanik vositasi 1.5-5t bo’lgan yukning tushish kuchiga asoslangan, yuk ko’tarish krani yoki ekskavatorga kanat yordamida osilib qo’yiladi. Yuk sharsimon yoki aylanasimon bo’ladi. Maydalashning unumdorligi maxsus burg’ulagichlar yordamida yo’naltirganda oshadi.
Nogabarit bo’laklarni maydalashning termik va elektrotermik usullari ularni turli issiqlik vositalari bilan qizdirishga asoslangan (reaktiv yong’ichlar, elektr yoy va boshqalar). Karyerlarda kichik kuchlanishda sanoat chastotali qizdirish qo’llaniladi.
SKVAJINALARNI BURG’ULASH VA PORTLATISHDA YORDAMCHI ISHLARNI MEXANIZATSIYALASH
Skvajinalarni burg’ulash va portlatishdagi yordamchi ishlarga burg’ulash stanoklarining harakatlanishi uchun pog’ona maydonlarini tayyorlash, burg’ulash uskunasini ish maydoniga olib borish, burg’ulash uskunasini pog’onadan pog’onaga ko’chirish, PM omborxonalarida portlatish materiallarini yuklash-bo’shatish ishlari kiradi; tarkibini va oddiy PM larni tayyorlash, PM ni zaryadlash joyiga tashish, skvajinani zaryadlash va zaboyka qilish.
Pog’ona maydonlarini rejalashtirish uchun buldozerlardan foydalaniladi. Qattiq tog’ jinslari bilan yozilgan pog’onalarni tekislashda ba’zida uncha katta bo’lmagan burg’ulash uskunalaridan notekisliklarni tekislash uchun foydalaniladi.
Burg’ulash uskunasi, qo’shimcha qismlar va materiallarni tashish maxsus yuklash-bo’shatish uskunalari (kranlar-ukosinlar, tallar va boshqalar) bilan uskunalangan avtomobil yoki temiryo’l platformalarida yetkaziladi.
PM skladlarida yuklash - bo’shatish ishlari (PM xaltalari vagondan chiqarish, ularni omborxonaga tashish va jovonlarga joylashtirish, PM larni javonlardan olib zaryadlash maydonlariga yetkazish) o’ziyurar akkumulyatorli g’altaklar (elektrokar deb nomlanadi) va kichik gabaritli akkumulyatorli yuklagichlar bilan amalga oshiriladi.
Oddiy PM ni tayyorlash uchun qismlarini tayyorlash ammiak selitrasini (AS) ochish va uni maydalashga asoslanadi. AS ni ochish maxsus ochuvchi asboblar yordamida amalga oshiriladi, va uni maydalash - ishchi organlari uchqun chiqishini oldini oladigan materiallar ulangan shekli maydalagichlar yordamida amalga oshiriladi. Turib qolgan AS ni maydalash uchun chirindilarni maydalagichlardan foydalanish mumkin (misol uchun, ISU-4 maydalagichi).
Karyerlarda sutkalik 20t dan yuqori foydalaniladigan karyerlarda PM larni tayyorlash turli tuzulishli mexanizatsiyalangan majmualarda amalga oshiriladi, ular o’z ichiga AS saqlagichni, turg’un aralashtiruv uskunasini va tashish- zaryadlash mashinalarini oladi. Uncha katta bo’lmagan hajmlarda portlatish ishlarini olib borish bevosita ish joyida amalga oshiriladigan aralashtirish- zaryadlash mashinalari bilan amalga oshiriladi.
Skvajinalarni zaryadlash uchun turli zaryadlash mashinalaridan foydalaniladi. Granulalangan PM lar uchun PM ni tayyorlash joyidan zaryadlash joyiga tashiydigan bir bunkerli mashinalar, va zaryadlash joyida turli grammonitlami tayyorlash uchun ishlatiladigan ikki bunkerli mashinalardan foydalaniladi. Bunkerdan PM skvajinaga qisilgan havo bilan, shnek bilan yoki og’irlik kuchi ta’sirida yuboriladi. Skvajinadagi zaryad og’irligi dozator yordamida nazorat qilinadi. Karyerlarda universal pnevzaryadlash mashinalari qo’llaniladi, ular ikki bunkerli va umumiy sig’imi 7 м3 bo’ladi va KrAZ -222 shassisiga qotirilgan bo’ladi (SUZN-5A, SUZN-5AM). Ular skvajinalarni granulalangan trotil va grammonit bilan zaryadlay oladi. Igdanitni tayyorlash va skvajinani zaryadlash uchun shuningdek MZ-3, MZ-4 va boshqa turdagi aralashtirish-zaryadlash mashinalaridan foydalaniladi. Bunkerdan shnek-dozator orqali yuboriladigan ammiak selitrasiga 0.3 MPa bosim bilan solyar moyi sepiladi.
Skvajinalarni zaboyka qilish uchun SUZN-1, SUZN-1V, ZS-1B va boshqa mashinalardan foydalaniladi. Zaboyka sifatida boyitish fabrikalari qumi, maydalangan tosh qo’llaniladi.
OSMA YUMSHATGICHLARDAN FOYDALANISH
Tog’ jinslarini karyerlarda maydalash uchun osma yumshatgichlardan foydalaniladi (2.12-rasm.), ular ishchi organini chuqurlashtirish uchun tortgich og’irligidan foydalanishadi. Tishlar yemirilishga qarshi materialga ega kiydirgichlardan foydalaniladi. Osma yumshatgich traktorning ramasiga ikki yoki uch sharnirlar yordamida qotiriladi va bir yoki ikki gidrosilindr yordamida harakatlantiriladi. Karyerlarda yumshatkichlar o’rtacha va kuchli trantorlar bilan qo’llaniladi (2.6-jadval).
Yumshatgichlar yarim qoyasimon va kuchli yoriqli qoyasimon tog’ jinslarida, ohaktosh, mergel, qattiqligi f < 8 bo’lgan qumlar va muz tog’ jinslarida qatlamli yumshatishda qo’llash ma’qul. Yumshatish quyidagiga asoslanadi. Yumshatgichni traktor harakatida tushurishda tishlarining chuqurlashishi amalga oshadi, uning keyingi harakatida esa qatlamli yumshatilish amalga oshadi. Yarim qoyasimon va qattiq yoriqli qoyasimon tog’
2.12. - rasm.. Osma yumshatgichning tuzulish sxemasi: 1-traktor; 2-boshqarish gidrosilindrlari; 3-ishchi organ(tish) jinslarida bir tishli yumshatgichlardan foydalaniladi, uncha katta bo’lmagan qattiqlikda esa - ko’ptishlar (uning unumdorligini oshirish maqsadida). Mexanik yumshatishning unumdorligiga massivning yoriqliligi ta’sir qiladi. Qattiq yoriqlilikda yoki qatlamsimonlilikning rivojlanganliligida yumshatish unumdorligi oshadi. Juda unumdor yumshatish asosiy yoriqlilikka ko’ndalang tarzda amalga oshirilganda mumkin bo’ladi.