Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта Махсус таълим вазирлиги
Ислом Каримов номидаги Тошкент Давлат Техника Универститети Олмалиқ филиали
“ Кимёвий технология “ кафедраси
“ Кимёвий инжинирингда моделлаштириш ” фанидан
Бажарди:11b-17 КТ гурухи талабаси
Мirusmonov F .
Қабул қилди: Джалмуродова Д .
Олмалиқ-2021.
Mavzu: Oqim sarflarini hisoblagichlarni tanlash usullari
Reja:
Sarf haqida umumiy tushuncha
Bosimlar farqi o`zgarmas sarf o’lchagichlar
Induksion sarf o’lchagichlar
Tezlik bosimi bo’yicha sarf o’lchagichlar
Xulosa
Adabiyotlar ro‘yxati
Sarf haqida umumiy tushuncha
Sarf bu — vaqt birligi ichida oqim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan moddaning vazn yoki xajm miqdori. Sarfni oʻlchash tushunchasida ikki xil sarf farqini ajratib olish kerak: Xajmli sarf va vaznli sarf. Xajmli sarf oʻlchash usulida odatda suyuqliklar va gazlarning vaqti birligi ichida oʻtgan xajmi oʻlchanadi. Vaznli sarf oʻlchashda esa moddaning vaqt birligi ichida oʻtgan vazn miqdori oʻlchanadi. Oʻlchash usulini oʻzi xam ikki xil turga ega: birinchisida vaqt birligi ichida oʻtgan moddaning vazn midori yoki xajmi, yaʼni bu xolda sarf bevosita xajm yoki ogʻirlik birliklari bilan ifodalanadi; ikkinchi usulda joriy oqim tezligiga koʻra vaqt birligi ichida qancha miqdorda modda oʻtishi, yaʼni oniy (mgnovenniy) sarf oʻlchanadi.
Sarf o’lchagichlarning eng ko’p tarqalgan quyidagi turlari mavjud:
Bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar.
Bosim farqlari o’zgarmas sarf o‘lchagichlar.
Tezlik bosimli sarf o‘lchagichlar.
O’zgaruvchan satxli sarf o‘lchagichlar.
Induksion sarf o‘lchagichlar.
Ultratovushli sarf o‘lchagichlar.
Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar.
Ionizatsion sarf o‘lchagichlar
Sarfi oʻlchanayotgan moddaning agregat xolatiga koʻra, ushbu modda uchun faqat oʻziga xos boʻlgan xususiyatlari yuzasidan korreksiya xisobi yuritib boriladi. Chunki texnologik jarayon taqozo etadigan bosim va xaroratga bogʻliq xolda oʻlchangan sarf bilan standart qabul qilingan sharoitda oʻlchanadigan sarf qiymat koʻrsatikich bir biridan katta farq qiladi. Yaʼni texnologik jarayonlarda odatda yuqori xarorat va bosim ositdagi reaksiyalar natijasidan keyingi xolat sarfi oʻlchanishi mumkin, ammo xar bir modda uchun uning solishtirma zichligi, molekulyar massasi kabi xossalari faqat oʻziga xos va takrorlanmas boʻladi.
Shuningdek xar modda uchun meʼyoriy xarorat va bosim xam aloxida xisoblanishi mumkin. Odatda gazlar xarorat oshgan sari xajmi ortib boradi. Bu xolatda xajmiy sarf oʻlchash jarayonida chalkashliklar kelib chiqishini oldini olish uchun shu gazning kimyoviy va fizik noyob xossalaridan kelib chiqib, uning sarf xisobini meʼyorlanadi. Yaʼni texnologik jarayondagi bosim va xaroratga koʻra oʻlchangan sarf, meʼyoriy sharoitdagi sarf xisobiga oʻgiriladi. Odatda gazlar uchun meʼyoriy sharoit deb bir atmosfera bosimi va 200C xarorat qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |