Моррининг сешанба дарслари


Oʻn uchinchi seshanba: mukammal kun haqida



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/51
Sana24.03.2022
Hajmi1 Mb.
#508219
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Oʻn uchinchi seshanba: mukammal kun haqida 
suhbatlashamiz
 
Morri oʻlimidan soʻng jasadi kuydirilishini xohlardi. U bu haqida 
Sharlotta bilan maslahatlashib, shu eng maqbul usul degan qarorga 
keldi. Morri dafn marosimini oʻtkazishni qadrdon doʻsti – Brandeys 
universiteti ravvini Al Akselrodga ishonib topshirdi. Al Akselrod 
Morrini koʻrgani kelganda, Morri unga oʻz jasadining kuydirilishi 
toʻgʻrisidagi rejasini aytdi. 
– Keyin Al… 
– Labbay? 
– Meni haddan ortiq kuydirib yubormasliklariga koʻz-quloq boʻlgin, a. 
Ravvin hang-
mang boʻlib qoldi. Endi Morri oʻz jasadi haqida hazil 
qilishga oʻtgandi. Oʻlimi yaqinlashgani sari, u oʻz jismiga, shunchaki, 
arzimas qobiq, ruh saqlanadigan oddiy idish sifatida qaray 
boshlagandi. Bari bir, tanasi qurib, faqat foydasiz teri va ustuxonga 
aylanib borayotgani sababli undan voz kechish u qadar qiyin 
emasdi. 
– Biz oʻlim bilan yuzma-yuz kelishdan juda qoʻrqamiz, – dedi Morri 
uning yoniga joylashganimdan keyin. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
128
Uning yoqasidagi mikrofonni toʻgʻrilab qoʻydim, lekin u yana tushib 
ketaverdi. Morrini yoʻtal tutdi. Hozirga kelib u deyarli toʻxtovsiz 
yoʻtalardi. 
– Oʻtgan kuni bir kitob oʻqigandim. Unda yozilishicha, shifoxonada 
bemor vaf
ot etishi bilan uni darhol choyshabga oʻrab, lyukka 
oʻxshash narsaning yoniga olib borib, pastga tashlab yuborisharkan. 
Ular murdani tezroq koʻzdan yoʻqotish haqidai oʻylaydi. Odamlar 
oʻlimga yuqumli kasallikdek qarashadi. 
Men mikrofonni uning yoqasiga qot
irish bilan ovora edim. Morri qoʻl 
harakatlarimga bir qarab oldi. 
– Oʻlim yuqumli emas. U ham hayot kabi tabiiy hodisa. U – biz 
tuzgan kelishuvning bir qismi. 
Morri yana yoʻtala boshladi, men ortga tisarilib, doimgidek har 
qanday jiddiy falokatga tayyor holda kutib turdim. Oxirgi paytlarda 
Morri tunlarni ming azobda oʻtkazayotgandi. Dahshatli tunlar. U atigi 
bir necha soat orom olar, keyin esa kuchli yoʻtaldan nafasi boʻgʻilib 
uygʻonardi. Hamshiralar yotoqxonaga yugurib kelib, yelkasiga urar 
va oʻpkasidagi balgʻamni koʻchirishga urinardi. Hamshiralar uni 
odatdagidek nafas oldirishga muvaffaq boʻlganida ham (bu endi 
faqat kislorod yuboruvchi uskuna orqali amalga oshirilardi), bunday 
kurash Morrining tinka-madorini quritar va u kuni bilan behol yotardi. 
Uning 
burniga kislorod naychalari oʻrnatilgandi. Ularni koʻrgani 
koʻzim yoʻq edi. Menga naychalar chorasizlik ifodasidek tuyulardi. 
Ularni yulib olgim kelardi. 
– Oʻtgan kecha… – Morri sekingina shivirladi. 
– Xoʻsh, xoʻsh? Oʻtgan kecha? 
– Meni kuchli yoʻtal xuruji tutdi. Soatlab davom etdi. Oʻlib qolsam 
kerak deb oʻyladim. Nafas ololmayman. Boʻgʻilib qolgandim. Bir payt 
boshim aylana boshladi… shunda qalbimda qandaydir bir 
osoyishtalik hissi paydo boʻldi va men ketishga tayyorligimni his 
qildim. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
129
Morri koʻzlarini katta-katta ochdi. 
– Mich, bu betakror tuygʻu edi. Sodir boʻlayotgan hodisani qabul 
qilish hissi, qalb osoyishtaligi. Oʻtgan hafta koʻrgan tushim haqida 
oʻyladim – unda qandaydir koʻprikdan nomaʼlum tomonga 
oʻtayotgandim. Manzil qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, u tomon 
borishga tayyor edim. 
– Lekin bormadingiz. 
Morri bir lahza tin oldi. Soʻng sekingina bosh chayqadi: 
– Yoʻq, bormadim. Lekin bora olishimni aniq his qildim. 
Tushunyapsanmi? Barchamiz izlayotgan narsa aynan shu. Oʻlim 
haqligini xotirjam qabul qilish. Agar oxir-
oqibat oʻlimni xotirjam 
qarshi olish qoʻlimizdan kelishini bilsak edi, ana undan keyin 
chindan qiyin ishni qilishni ham bir amallardik. 
– Qaysi ish? 
– Hayot bilan murosa qilish. 
U orqasidagi deraza tokchasida turgan hibiskus butasini olib 
kelishimni soʻradi. Butani kaftimga qoʻyib, uning yuziga yaqin 
keltirdim. U jilmaydi. 
– Oʻlish – tabiiy jarayon, – takrorladi u. – Biz oʻzimizni tabiatning bir 
qismi sifatida koʻrmasligimiz sababli oʻlim bizni sarosimaga soladi. 
Biz insonmiz, demak, tabiatdan ustunroqmiz deb oʻylaymiz. 
Morri butaga qarab jilmaydi. 
– Aslida unday emas. Dunyoga kelgan har bir narsa, vaqti kelib 
oʻladi. – U menga qaradi: – Fikrimga qoʻshilasanmi? 
– Ha. 
– Yaxshi, – shivirladi u, – inson boʻlishning mukofoti ham bor. Shu 
gʻaroyib oʻsimlik va hayvonlardan farqimiz mana nimada. Toki bir-
birimizni yaxshi koʻrib, mehr-muhabbat hissini xotiramizda saqlar 
ekanmiz, oʻlganimizdan keyin ham butunlay yoʻqlikka gʻarq 
boʻlmaymiz. Sen qoldirgan mehr-muhabbat oʻlmaydi. Sendan 
qolgan xotiralar oʻlmaydi. Hayotligingda mehr-muhabbat va 



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish