Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
117
ustida ishlashing kerak.
Quloq sol, qayerda yashashimizdan qatʼiy
nazar, biz insonlarning eng katta kamchiligimiz kaltabinligimizdir. Biz
nimalarga qodirl
igimizni koʻra olmaymiz. Inson oʻz imkoniyatlarini
koʻra bilishi, zabt etishi mumkin boʻlgan har qanday choʻqqiga
tirmashib koʻrishi kerak. Lekin atrofing “Hoziroq hammasiga ega
chiqishim kerak” deguvchi kimsalarga toʻla boʻlsa, bu holat
mamlakatda hamma n
arsaga ega bir toʻda
boylar hamda
nochorlarni bosh koʻtarib, boylarning mulkini oʻgʻirlashdan tiyib
turuvchi harbiylarning vujudga kelishi bilan yakunlanadi.
Morri ortimdagi derazadan uzoq-
uzoqlarga tikildi. Baʼzan yoʻldan
oʻtayotgan yuk mashinasining shovqini yoki shamol gʻuvullashi
eshitilib qolardi. Bir lahza qoʻshnilarining uylariga qarab turdi-da,
soʻzida davom etdi.
– Muammo shundaki, Mich, odamlar bir-biriga oʻxshash tomonlari
nihoyatda koʻpligini tan olgisi kelmaydi.
Oq tanli va qora tanlilar,
katoliklar
va
protestantlar,
ayollar
va
erkaklar.
Agar
oʻxshashliklarimizni koʻra olganimizda edi, hammamiz bitta ulkan
oilaga birlashgan va bu oila uchun oʻz oilamiz uchun qaygʻurganimiz
kabi qaygʻurgan boʻlardik, ehtimol. Ishon, joning uzilayotganida
gaplarim haqiqatligini anglab yetasan. Hammamizning ibtidomiz bir
xil
– tugʻilish va intihomiz ham bir – oʻlim. Shunday ekan, qanchalik
bir-
birimizdan farq qilishimiz mumkin? Insoniyat oilasiga oʻz
hissangni qoʻsh. Insonlarga himmat koʻrsat. Oʻzing sevgan va senga
muhabbat qoʻyganlardan iborat kichik jamiyat yarat.
U sekingina qoʻlimni siqib qoʻydi. Men ham uning qoʻlini siqdim – bir
oz qattiqroq. Bayram musobaqalarida bolgʻani zarb bilan urib,
diskning ustun boʻylab koʻtarilishini
kuzatganingiz kabi men ham
jismim
da taralgan iliqlik Morriga oʻtib, uning koʻksidan boʻyniga,
keyin esa yonoqlari hamda koʻzlarigacha koʻtarilganini his qildim. U
jilmaydi.
– Hayotimizning ilk kunlari – chaqaloqligimizda yashab qolishimiz
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
118
uchun boshqalar gʻamxoʻrligiga muhtoj boʻlamiz, toʻgʻrimi? Hayoting
soʻngida ham, mening hozirgi holatimga tushganingda, yashab
qolishing uchun boshqalar yordamiga ehtiyoj sezasan, toʻgʻrimi? –
uning ovozi pasayib, shivirlashga oʻtdi: – Senga bir sirni ochaman –
shu ikki davr oraligʻida ham boshqalarga muhtojligimizcha
qolaveramiz.
Oʻsha kuni tushdan keyin Konni bilan O. J.
Simpson ustidan
oʻqiladigan hukmni tomosha qilish uchun yotoqxonaga oʻtdik.
Vaziyat oʻta tarang edi: voqeaning asosiy qahramonlari – oʻzining
advokatlari armiyasi qurshovidagi egniga ko
ʻk kostyum-shim kiyib
olgan Simpsonning ham, uni tezroq panjara ortiga tiqish ishtiyoqida
yonayotgan prokurorlarning ham nigohi sud hayʼatiga qadalgandi.
Sud hayʼati aʼzolaridan biri “Aybsiz deb topildi” hukmini oʻqib
eshittirganida, Konni “Yo Xudoyim!” deb qichqirib yubordi.
Simpson advokatlarini birma-bir quchoqlashini tomosha qildik.
Sharhlovchilarning
hukm
nimani
anglatishi,
nimalar
sodir
boʻlayotganini izohlashga urinishlarini tingladik. Sud binosi
tashqarisidagi koʻchada qora tanlilardan iborat olomon quvonch
bilan hukmni nishonlayotgani, restoranlarda esa boʻlayotgan
voqealardan lol qolgan oq tanlilar televizor ekranlaridan koʻzlarini
uzolmasdi. Qotilliklar har kuni sodir boʻlsa-da,
bu hukm butun
mamlakatni larzaga solgandi. Konni koridorga chiqib ketdi. Shu
koʻrgani yetarli boʻldi unga.
Morrining kabineti eshigi yopilgani eshitildi. Televizorga mixlanib
qolgandim. “Butun dunyo shuni koʻryapti hozir” dedim oʻzimga oʻzim.
Keyin esa qoʻshni xonadan tanish taraqlash qulogʻimga chalindi –
Morrini aravachas
idan koʻtarib olishayotgandi. Jilmaydim. “Asrning
eng shov-
shuvli sud ishi” oʻz nihoyasiga yetayotgan bir paytda
keksa professorim hojatxonada oʻz ishini bajarardi.
1979-
yil. Brandeys sportzalida basketbol oʻyini oʻtkazilmoqda.
Jamoasining
natijasi
yaxshiligidan
ruhlangan
tomoshabinlar
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
119
oʻrindigʻidagi talabalar “Biz doim birinchimiz! Biz doim birinchimiz!”
deb kuylashga kirishadi. Morri shu talabalarga yaqin joyda oʻtiribdi.
U talabalarning hayqiriqlaridan hayratda. Va birdan navbatdagi “Biz
doim birinchimiz
!” hayqiriqlari ostida oʻrnidan turib, “Ikkinchi
boʻlishning nimasi yomon?” deb baqiradi.
Talabalarning nigohi u tomonga qadaladi. Ular kuylashdan toʻxtaydi.
Morri esa yuzida gʻolibona tabassum bilan joyiga qaytib oʻtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: