Gumon qilinuvchini so`roq qilish
BAYONNOMASI
2020 yil 23 aprel Toshkent shahar
Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB TB tergovcgisi leytenant A.Q.Azamatov Ushbu kun 2020/17-5-sonli jinoyat ishi bo`yicha o`z xizmat xonamda , O`zbekiston Respublikasi JPKning 96-111- moddalari talablariga rioya qilgan holda himoyachi S.D. Sag`dullayevning ishtirokida Rahmonov Bohodir RAhmatilla o`glini gumon qilinuvchi tariqasida so`roq qildim.
So`roq boshlandi: soat “10” “30” daq. So`roq tamomlandi: soat “11” “20” daq.
1
|
Familyasi,ismi, sharifi
|
RahmonovBahodirRahmatillao`g`li
|
2
|
Tug`ilgan yili, oy va kuni
|
2001-yil 12 aprel
|
3
|
Tug`ilgan joyi
|
Toshkent shahar
|
4
|
Millati
|
o`zbek
|
5
|
Fuqaroligi
|
O`zbekiston respublikasi fuqarosi
|
6
|
Ma`lumoti
|
O`rta maxsus
|
7
|
Ish joyi, lavozimi
|
Vaqtincha ishsiz
|
8
|
Yashash joyi
|
OLmazor tumani “Yakkabog`” maxallasi Gulshan ko`chasi 5-uy
|
9
|
Telefon raqami
|
+998936009960
|
10
|
Oilaviy ahvoli
|
Uylanmagan
|
11
|
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat
|
AB 9053324
|
12
|
Sudlanganligi
|
Sudlanmagan
|
13
|
Partiyaviyligi
|
Yo`q
|
14
|
Deputatligi
|
Yo`q
|
15
|
Xarbiy xizmatga majburligi
|
Majbur
|
16
|
Jabrlanuvchiga aloqasi
|
Yo`q
|
17
|
Gumon qilinuvchiga aloqasi
|
O`zi
|
O`zbekiston Respublikasi JPKning 48-moddasiga(gumon qilinuvchining huquq va majburiyatlari).
Gumon qilinuvchi: o‘zining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab turilganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; u ushlangan yoki gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeksning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; ushlanganidan keyin yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay so‘roq qilinishini talab qilish; o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega.
Gumon qilinuvchi: surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi, surishtiruvda va dastlabki tergovda ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; o‘ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi qarorlari va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga to‘sqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda tartibga rioya etishi shart.
Gumon qilinuvchi zimmasiga ko‘rsatuv berish, shuningdek o‘zining jinoyatga aloqador emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |