26
– Ha, — dedi Morri. — Bu senga gʻalati tuyulyaptimi? Oʻlyapman deb dunyoda nimalar sodir
boʻlayotganiga qiziqmasligim kerakmi?
– Balki.
U xoʻrsindi.
– Balki sen haqdirsan. Ehtimol, bu narsalar meni qiziqtirmasligi kerakdir. Bari bir ular qanday
yakun topishini koʻrishga ulgurmasam. Lekin buni tushuntirish qiyin, Mich. Hozir oʻzim azob
chekayotganim uchun boshqa azoblanayotganlarning dardini oldingidan-da yaxshiroq his
qilaman. Yaqinda televizordan Bosniyada koʻchani yugurib kesib oʻtayotgan odamlar oʻqqa
tutilganini, oʻldirilganini koʻrsatishdi. Begunoh qurbonlarni koʻrib, koʻzimga yosh keldi. Ular
chekayotgan azob-
uqubatlarni oʻz boshimdan kechirayotgandek his qildim. U odamlarning
hech birini tanimayman. Ammo… Qanday tushuntirsam ekan? Meni...ular bilan qandaydir
rishta bogʻlab turgandek tuyuladi.
Uning koʻzlari namlandi, men esa mavzuni oʻzgartirishga urindim, biroq u yuzini artib, qoʻlini
siltadi.
– Salga yigʻlaydigan boʻlib qolganman, — dedi u. — Eʼtibor berma.
“Taajjub” ichimda oʻylayman men. Oʻzim yangiliklar sohasida ishlardim. Oʻlganlar haqidagi
voqealarni yoritardim. Motam tutayotgan oila aʼzolari bilan suhbatlashardim. Hatto dafn
marosimlarida ham ishtirok etardim. Lekin hech yigʻlamagandim. Morri esa dunyoning narigi
yarmida yashayotgan insonlarning azoblanishini koʻrib koʻz-yosh toʻkayotgandi. Qiziq, odam
umri oxirlaganda shu holatga tushib qolarmikan? Balki oʻlim oxir-oqibat mutlaqo begonalarni
ham bir-
biriga achinib, koʻz-yosh toʻkadigan qilib qoʻyuvchi ulkan langarchoʻpdir.
Morri sochiqchaga burnini qoqdi.
– Sen bu narsani toʻgʻri
tushunasan, a? Erkaklar ham yigʻlashini?
– Albatta, — deb, javob qaytardim tezda.
U jilmaydi.
– Eh, Mich, men bilan koʻngli boʻsh insonga aylanasan. Kuni kelib, yigʻlash normal holat
ekanini isbotlayman senga.
– Ha, ha, — dedim men.
– Ha, ha, — dedi u ham.
Ikkimiz ham kulib yubordik, chunki Morrining yigirma yilcha oldin shu gapni koʻp takrorlash
odati bor edi. Asosan, seshanba kunlari. Aslida, seshanba har doim birgalikda oʻtkazadigan
kunimiz boʻlgan. Morrining men qatnashgan darslari seshanbada boʻlardi, uning qabul
27
soatlari seshanba kunlariga belgilangandi, va nihoyat, men Morri tavsiya qilgan mavzuda
diplom ishimni yozayotganimda ham boshidanoq Morri bilan seshanba kunlari goh uning
kabinetida, goh universitet oshxonasida, gohida esa Perlman Xoll korpusining
zinapoyalarida birga oʻtirib mavzu ustida ishlardik.
Shu sababli hovlisida qizil za
rang daraxti qad koʻtargan uydagi uchrashuvlarimizni ham
seshanbadan boshqa kuni oʻtkazib boʻlmaydigandek tuyulardi. Ketishga hozirlanayotib,
Morriga shu haqida eslatdim.
– Biz
seshanba odamlarimiz, — dedi u.
– Seshanba odamlari, — takrorladim men.
Morri jilmaydi.
– Mich, sen oʻzim tanimagan insonlar haqida ham qaygʻurishim toʻgʻrisida soʻraganding.
Lekin shu xastalik tufayli oʻzim anglab yetgan eng muhim narsa nimaligini aytaymi?
– Nima ekan?
– Hayotda eng muhim narsa bu — oʻzgalarga mehr ulashish va uni oʻzing ham qabul qilishni
oʻrganish.
Uning ovozi pasayib, shivirlab gapini davom ettirdi.
– Mehrni qabul qila bilish. Oʻzimizni mehr-muhabbatga noloyiq deb oʻylaymiz; unga
qalbimizni ochsak, oʻta koʻngilchan boʻlib qolamiz deb oʻylaymiz.
Ammo Levin ismli bir dono
kishi toʻgʻri aytgan: “Mehr-muhabbat — bu yagona oqilona amal”.
Taʼsirli chiqishi uchun bir oz tin olib, keyin yana takrorladi: “Mehr-muhabbat — bu yagona
oqilona amal”.
Men odobli talaba kabi bosh irgʻab, tasdiqladim va u beholgina nafas chiqardi. Men uni
bagʻrimga bosish uchun egildim. Keyin esa oʻzimga xos boʻlmagan ishni qilib, uning yuzidan
oʻpib qoʻydim. Uning siyraklashib borayotgan soqol moʻylari yuzimga botib, bemajol qoʻllarini
qoʻllarimga tegganini his qildim.
– Demak, keyingi
seshanba kelasan, a? — shivirlab soʻradi u.
Do'stlaringiz bilan baham: