29
haqida ham suhbatlashdik. Uchinchi tashrifimdan oldin “Non va tomosha” deb nomlangan
doʻkonda toʻxtab oʻtdim – Morrining uyida ularning yorligʻi tushirilgan paketlarga koʻzim
tushga
ndi, Morri ularning mahsulotlarini yoqtirsa kerak deb oʻyladim, – plastik idishga
qadoqlangan sabzavotli vermishel, sabzi shoʻrva va pahlava kabi bir qancha mahsulotlardan
koʻpgina xarid qildim.
Morrining kabinetiga kira solib, xuddi hozirgina bankni tunab
qaytgandek, qoʻlimdagi
paketlarni tepaga koʻtardim.
– Oziq-ovqat yetkazib berish xizmati! – qichqirdim men.
Morri koʻz
qorachiqlarini aylantirib, jilmaydi.
Men esa kasallik rivojlanishining yangi belgilari paydo boʻlmadimikan deb uni zimdan koʻzdan
kechiraman. Barmoqlari qalam ushlash yoki koʻzoynagini tutib turish kabi vazifalarni yaxshi
bajarayotgandi, lekin u qoʻllarini koʻkragidan yuqoriga koʻtara olmasdi. U kundan kunga
oshxona va mehmonxonada kamroq vaqt oʻtkazib, koʻproq kabinetidagi yostiqlar,
yopinchiqlar va qurib qolgan oyoqlari uchun maxsus yasalgan penoplast tirgaklar bilan
yasatilgan yumshoq kresloda yotardi. Uning yonida qoʻngʻiroqcha turardi va yostiqni toʻgʻrilab
qoʻyish yoki, uning tili bilan aytganda, “tashqariga chiqib kelish” zarur boʻlganda, qoʻngʻiroqni
chalib, shaxsiy qarovchilari armiyasidagilardan biri
– Konni, Toni, Berta yoki Eymini
yordamga chaqirardi. Morri uchun qoʻngʻiroqni koʻtarish har doim ham oson kechmasdi va
buni uddalay olmagan paytlari oʻzidan hafsalasi pir boʻlardi.
Morridan “oʻzingizga achinasizmi?” deb soʻradim.
– Baʼzan, ertalablari, – javob berdi u, – odatda aynan shu vaqtda motam tutaman. Uygʻonib,
butun tanamni paypa
slayman: qoʻllarim, barmoqlarim va boshqa nimaiki aʼzolarim
ishlayotgan boʻlsa, hammasini qimirlatib koʻraman va ishdan chiqqan tana aʼzolarimga aza
tutaman. Oʻlim meni
sekin-asta, makkorona yoʻl bilan mahv etayotganidan chuqur qaygʻuga
botaman. Keyin esa
birdaniga zorlanishni toʻxtataman.
– Shunday osongina-ya?
– Yigʻlagim kelsa, yaxshigina yigʻlab olaman. Lekin keyin diqqatimni
meni hali tark etmagan
ijobiy narsalarga qarataman. Mendan xabar olgani kelayotgan odamlarga. Ulardan
eshitadigan hikoyalarga. Ag
ar seshanba boʻlsa, senga. Chunki biz seshanba odamlarimiz.
Men jilmaydim. Seshanba odamlari.
– Mich, shundan ortiq oʻzimga achinishim mumkin emas. Har tong oz-ozdan, bir-ikki tomchi
koʻz-yosh toʻkaman, boʻldi.
Men tonglari soatlab oʻz qadriga achinib oʻtiradigan tanishlarimni yodga olaman. Oʻzingga
achinishning kunlik miqdoriga cheklov qoʻyish qanchalar foydali boʻlardi. Bir necha daqiqa
31
Nimadir qilishim shart edi.
1978-
yil, universitetda uchinchi kurs talabasiman. Disko musiqasi va “Rokki” filmi rosa urf
boʻlgan paytlar. Brandeysda jamiyatshunoslik fanidan Morrining “Guruhlardagi jarayon”
nomli noodatiy darsida oʻtiribmiz. Har hafta guruhimizdagi talabalarning oʻzaro
munosabatlarini oʻrganamiz, ular jahl, rashk va eʼtiborga qanday javob bildirishlarini
kuzatamiz. Biz
–
odam qiyofasidagi tajriba kalamushlarimiz. Aksariyat hollarda birortamiz
yigʻlab yuboramiz. Men jamiyatshunoslik darslariga “taʼsirchan va koʻngilchan” deb nom
qoʻyib olganman. Morri meni teran fikrli boʻlishga chaqiradi.
Shu kuni Morri biz uchun mashq tayyorlab qoʻyganini aytadi. Oʻrnimizdan turib, bir
kursdoshimizga orqa burishimiz va u bizni tutib qolishiga ishonib, ortga yiqilishimiz soʻraladi.
Koʻpchilik ichida oʻngʻaysizlanadi, orqaga bir-ikki dyuym ogʻib, keyin yiqilishdan oʻzini toʻxtatib
qoladi. Xijolat ichida kulamiz. V
a nihoyat, ozgʻin, kamgap, qora sochli, deyarli har doim
baliqchinikidek keng oq jemferlar kiyib yuradigan qiz qoʻllarini koʻksiga chalishtirib, koʻzlarini
yumgancha oʻzini orqaga tashlaydi, xuddi Lipton choyi reklamasidagi model qiz oʻzini suvga
tashlagandek.
Bir soniya u yerga gursillab tushadigandek tuyuladi menga. Soʻnggi lahzalarda sherigi uning
boshi va yelkalaridan tutib qolib, yuqoriga itaradi.
– Uxxxx,
–
baqirib yuboradi bir nechta talaba. Baʼzilar qarsak chaladi. Morri tabassum qiladi.
– Koʻrdingmi,
–
deydi u qizga,
–
sen koʻzingni yumding. Boshqalardan farqing shunda edi.
Baʼzida koʻzimiz bilan koʻrib turgan narsalarimizga ishonolmaymiz, shunda ichki
tuygʻularimizga suyanishga toʻgʻri keladi. Oʻzgalar sizga ishonishini xohlasangiz, oʻzingiz
ham
ularga ishona olishingizni his qilishingiz kerak: koʻzingizni chirt yumuq boʻlsa ham, hatto
qulayotgan paytingizda ham.
Do'stlaringiz bilan baham: