Morrining seshanba darslari Muallif: Mich Elbom



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/40
Sana06.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#325517
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Morrining seshanba darslari

Toʻrtinchi  kurs  boshiga  kelib,  men  jamiyatshunoslik  fanidan  shu  qadar  koʻp  darslarga 
qatnashdimki,  diplom  olishim  uchun  faqat  bir  necha  kredit  yetmayotgan  edi  xolos.  Buni 
koʻrgan Morri aʼlo darajali diplom olish uchun qiyinroq diplom ishi yozishni taklif etadi. 
– Men, a? — soʻrayman undan, — nima haqida yozaman? 
– Qaysu mavzu sen uchun qiziq? — deydi u. 
Bir dunyo gʻoyalarni koʻrib chiqib, mavzu qurib qolgandek, sportga toʻxtalamiz. Men “Futbol 
qanday qilib  Amerikada xalq  uchun afyun,  yaʼni  sal kam din  darajasidagi muhim udumga 
aylangan?” degan mavzuda bir yillik diplom ishimni boshlayman. Bu narsa boʻlajak kasbim 
uchun tayyorlov kursi ekani xayolimga ham kelmaydi. Bilganim, shu narsa menga Morri bilan 
har haftalik suhbatlarimizni davom ettirishga imkon beradi. 
Bahor  kelishiga  uning  yordamida  izlanishlarim  natijalari,  iqtiboslar  va  dalillar  bilan 
hujjatlashtirilgan hamda qora charm muqovaga yaxshilab tikilgan 112 varaqlik diplom ishimni 
tugataman. Ilk marta gol urgan yosh futbolchidek, uni fa
xr bilan Morriga koʻrsataman. 
– Tabriklayman, — deydi Morri. 
U ishimni varaqlar ekan, men yuzimda masrur tabassum bilan uning xonasidagi narsalarga 
nazar solaman. Kitob javonlari, parket pol, gilam, divan. Ichimda “Xonaning qay nuqtasida 
oʻtirish imkoni boʻlsa, hammasida oʻtirib chiqqanman” deyman oʻzimga. 
–  Biror  nima  deyishga  tilim  ojiz,  Mich,  —  oʻychan holda  koʻzoynagini  toʻgʻrilaydi  Morri,  — 
bunday yaxshi yozilgan ish bilan seni magistrlikka olib qolmasak gunoh boʻladi. 
– Boʻlmasam-chi, — deyman men. 
Mi
yigʻimda  kulib  qoʻysam-da,  u  aytgan  fikr  menga  moydek  yoqib  tushadi.  Bir  tomondan, 
universitetni tark etishni oʻylasam, qoʻrquvga tushaman. Boshqa tomondan esa tezroq joʻnab 
qolsam  deyman.  Qarama-
qarshiliklar  tortishuvi.  Diplom  ishimni  oʻqiyotgan  Morrini  kuzata 
turib, katta hayotga qadam qoʻyish qanday boʻlishi haqida xayol suraman.
 
 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish