Genetika sinov masalalari
1. Suli o’simligida poyasining past bo’lishi, poyaning baland bo’lishi ustidan dominanatlik qiladi.Shu belgining irsiylanishi haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang?
1) baland poyali o’simlilarni o’zaro chatishtrilsa 25% extimollik bilan past poyali o’simlillar hosil bo’ladi
2) past poyali o’simliklarni baland poyali o’simliklar bilan chatishtrisa 100 % yoki 75 % baland poyali o’simliklar hosil bo’ladi 3) geterozigota past poyali va gomozigota past poyali o’simliklar o’zaro chatishtrilsa genotipik ajralish nisbati 1:1 bo’ladi 4) Mendelning ikkinchi qonuniga ko’ra avlodda baland poyali o’simliklar 15 ta bo’lsa past bo’ylilari soni 45 tani tashkil etadi 5) mendelning ikkinchi qonuniga ko’ra avlodda baland poyali o’simliklar 15 ta bo’lsa past bo’ylilari soni 5 tani tashkil etadi
A) 1, 2, 3 B) 3, 4 C) 2, 5 D) 1, 5
2. Gemofiliya kasalligiga chalingan IV qon guruhli ayol
sog’lom I qon guruhli erkakga turmushka chiqsa
oilada sog’lom, IV qon guruhli farzandlarning
tug’ulish extimolligi necha % bo’ladi ?
A) 12.5 % B) 25% C) 0 % D) 50 %
3. Odamlarning tana rangi ikki juft polimer kumulyativ
genlar bilan belgilanadi agar genotipda barchasi
dominant holda bo’lsa tana qora, uchtasi dominant
bo’lsa qoramtir, ikkitasi dominant bo’lsa oraliq,
bittasi dominant holda bo’lsa oqimtir, agar barchasi
retsessiv bo’sa oq rangda bo’ladi. Ikkinchi juft genlari
bo’yicha geterozigota bo’lgan qoramtir va oqimtir
erxotin nikoxidan tug’ilgan farzandalarninig necha
foizi oraliq rangga ega bo’ladi ?
A) 25 B) 50 C) 100 D) 56,25
4. Sariq, silliq donli no’xotlarning Digeterozigota
genotipli formalari o’zoro chatishtrilganda avlodda
olingan sariq no’xotlarning necha foizi silliq bo’ladi ?
A) 18.75 B) 56.25 C) 75 D) 50
5. Itlarda jag’ terisining osilgan (A) yoki osilmagan (a)
ligini belgilaydigan genlar qulog’ining uzun (B) yoki
kalta (b) ligini bildiradigan genlar bilan bitta
xromosomada, birikgan holda nasldan naslga o’tadi
jag’ terisi osilmagan, qulog’i kalta erkak it bilan
digeterozigota urg’ochi itni chatishtrilsa avlodda
olingan kuchuklarninig necha foizi uzun quloqli
bo’ladi ( krossingover ro’y berish extimoli 7 %)
A) 50 B) 3,5 C) 1,75 D) 46,5
6. Echkilarda yung rangining oqligi qora rangi ustidan,
dumli bo’lishi, dumsizlik ustidan to’liq dominantlik
qiladi, soqolining uzun bo’lishi kaltaligi usustidan
chala dominantlik qilgani uchun geterozigota holatda
normal soqol yuzaga chiqadi. uchchala belgilari
bo’yisha geterozigotali bo’lgan echkilar chatishtrilsa
necha xil genotipik (a) fenotipik (b) guruh hosil
bo’ladi
A) a- 9, b-12 B) a-8, b-9
C) a-27, b-12 D) a- 12,b- 16
7. Sindaktiliya kasalligi Y xromosoga birikkan
dominant kasallik hisoblanadi, ayol gemofiliya
bilan, erkkak esa sindaktiliya bilan kasalllangan bo’lsa, avlodning necha foizida gemofiliya ham, sindaktiliya ham kuzatilmaydi ?
A) 25 % B) 50 % C) 12.5 % D) 100 %
8. Sariq, silliq, uzun poyali shu belgilari bo’yisha
geterozigota no’zot ho’ddi shunday genotipga ega
bo’lgan no’xot bilan shatishtrisa nazariy jihatdan
avlodning necha foizi sariq, burushgan, uzun poyali
bo’ladi ?
A) 14.06 B) 28.12
C) 18.75 D) 28.08
9. Qoramollarda sutning yog’lilik miqdori ikki juft
noallel polimer genlar faolyati bilan bog’liq bo’ladi
agar genotipda barchasi dominant holda bo’lsa 1 litr
sutda 120 gram , barcha genlar retssessiv holda bo’lsa
60 gram yog’ mavjud bo’ladi. 1 litr sutida 75 gram
yog’i bo’ladigan sigir genotipini ko’rsating
A) AAAa B) AAaa C) aaAa D) AaAa
10. Odamlarda glavkoma kasalligining ikki turi bo’lib
har ikkisi ham retsessiv genlar bilan belgilanadi
Sog’lom er va xotin nikoxidan har ikki turi bo’yicha
kasal farzandlar tug’ulgan bo’lsa faqat birinchi turi
bo’yisha kasal farzandlar tug’ulishi necha %
A) 25 B) 6.25 C) 12.5 D) 18.75
11. Odamlarda qandli diabed va albinizm kasalliklari
retsessiv, va o’zaro brikmagan genlar orqali nasldan
naslga o’tadi, polidaktiliya (ortiqcha barmoqlilik) esa
dominant tipda irsiylanadi. Faqat qandli diabed
kasalligi bo’ysisha sog’lom va geterozigotali
bo’lgan albinos, polidaktil erkak barcha belgisi
bo’yisha sog’lom gomozigotali oyol bilan turmush
qurgan bo’lsa oilda fenotipik nisbat qanday bo’ladi
A) 1; 1 B) 2, 2, 1, 1 C) 3, 3, 1, 1 D) 3, 1
12. Shizofreniya odamlarda autosoma retsessiv gen
kasalligi hisoblanadi. Soglom II qon guruhli er
xotin nikoxidan shizofreniya bilan kasallangan I
qon guruhli farzandlar tug’ulgan. Avlodning necha
% soglom I qon guruhli bo’ladi ?
A) 37.5 B) 25 C) 50 C) 18.75
13. Echkilarda yung rangining oqligi qora rangi
ustidan, dumli bo’lishi, dumsizlik ustidan to’liq
dominantlik qiladi, soqolining uzun bo’lishi
kaltaligi usustidan chala dominantlik qilgani uchun
geterozigota holatda normal soqol yuzaga chiqadi.
uchchala belgilari bo’yisha geterozigotali bo’lgan
echkilar chatishtrilsa nazariy jihatdan olingan 256
ta uloqdan nechtasi qora yungli, uzun soqolli
bo’ladi ?
A) 4 ta B) 16 ta C) 32 ta D) 24 ta
14. Drozofillaga xos bo’lgan hususiyatlarni aniqlang
1) pardaqanotlilar turkumiga mansub
2) toliq o’zgarsih bilan rivojlanadi
3) chala o’zgarish bilan voyaga yetadi
4) xromosomalarining 25 %i jinsiy, 75% autosoma
5) qanotining uzunligi va tanasining qoraligi
dominant belgilar hisblanadi
6) ikki qanotlilar turkumiga mansub
7) ko’zining qizil bo’lishi jinsiy X xromosomaga
birikkgan dominant gen bilan belgilanadi
8) normal sharoitda 25-30 kunda yangi nasl beradi
A) 1, 3, 7 B) 2, 4, 5 C) 3, 5, 6 D) 2, 4, 7
15. Qaldirg’ochning orqa tomoni ko’kimtir rangda
bo’lishi (G) qizg’ich bo’lishi(g) ustidan
dominantlik qiladi lekin bu belgilar genotipda K
bo’lmasa yuzaga chiqa olmaydi va natijada qoramtir
rang paydo bo’ladi digeterozigotali qaldirg’ochlar
chatishtrilsa avlodning necha foizi qizg’ish rangda
bo’ladi ?
A) 25 B) 18.75 C) 56.25 D) 62.5
16. Geterozigota oddiy dukkakli no’xot o’simliklari
o’zaro chatishtrilganda olingan oddiy dukkakli
o’simliklarning necha foizi genotip jihatdan
ota-ona o’simlillariga o’xshash bo’ladi ?
A) 25 B) 33.3 C) 50 D) 66.6
17. Digomozigotali sariq burushgan va digomozigotali
yashil silliq no’xotlar o’zoro chtishtrilsa F1 va F2 da
necha foiz sariq no’xotlar olinadi
A) 75, 25 B) 100, 75
C) 50. 56.25 D) 50. 12.5
18. Sariq, silliq donli noxotlarning digeterozigota
genotipli formalari o’zoro chatishtrilganda avlodda
olingan yashil noxotlarning necha foizi
silliq bo’ladi ?
A) 18.75 B) 56.25 C) 75 D) 50