Mikroorganizmlar, fermentativ va oksidlanuvchi jarayonlar baliqda, boshqa
mahsulotlarga nisbatan biologik va kimyoviy o‘zgarishlarni tezroq rivojlantiradi.
yaxshilab yuviladi. Ayrim turdagi baliqlarni, ayniqsa kattalarini bo‘laklaydilar.
59
Osyotr, treska va boshqa ayrim turdagi baliqlarni ichki organlaridan ajratib keyin
muzlatiladi, lasoslarni ichki organlarini ajratib hamda ajratmasdan, nelma va
stereyad ichki organlari olinmagan holda muzlatiladi.
Baliqlarni havoda, tuzli eritmada, muz va muzli eritma aralashmasida
muzlatiladi. Lekin, ko‘pincha baliqlarni sovuq havo yordamida muzlatiladi. CHet
davlatlarda ko‘p hollarda baliqlarni ko‘p plitali tez muzlatgich apparatlarda
muzlatadilar.
Baliqlarni havoda muzlatishda kamerali muzlatgichlarda yoki tezlatgich
apparatlardan foydalaniladi.
Kamerali muzlatgichlarda kattaligi o‘rtacha yoki katta baliqlarni ustma-ust
joylashtirib yoki osiltirilgan holatda muzlatiladi. Baliqlarni stellajlar polkalarida
joylashtiradilar, katta baliqlarni pol ustiga qo‘yilgan taxtali reshyotka yoki
reykalarda joylashtiriladi.
Stellajlar, reshyotkalar va reykalar ustiga baliqlarni joylashtirmasdan avval
sinklangan po‘lat listlar qo‘yiladi. Baliqlarni shuningdek formalarga bo‘shmoqlarsiz
zich joylashtirib, stellajlarda muzlailadilar.
Baliqlarni muzlatish jarayonida muzlatgich kameralari haroratini iloji boricha
past holatda saqlash lozim. Har qanday holatda harorat -23
0
S dan yuqori bo‘lmasligi
kerak. Juda yog‘li baliqlarni – 40
0
S da muzlatish tavsiya etiladi. Agar texnik sharoit
mavjud bo‘lsa – 50
0
S da muzlatish kerak. Havo harorati – 23
0
S va havo
almashinishini tezlashtirganda formalarga joylashtirilgan kichik baliqlar uchun 6 – 9
soat, vazni 3 kg.gacha bo‘lgan baliqlarga 8-12 soat, vazni 3 kg.dan ko‘p bo‘lsa 12-
24 va katta osyotr va lasos baliqlari uchun 24-32 soatni tashqil etadi.
Baliqlarni tez muzlatgich apparatlarda havo harorati – 25
0
S bo‘lganda
muzlatish davomiyligi bir qator qilib terilgan o‘rta kattalikdagi baliqlar uchun 3.5-5
soatgacha, katta baliqlarga 5-6 soat, qalinligi 40-70 mm. bloklarda joylashtirilgan
kichkina baliqlar 2-4 soat va qalinligi 70-100 mm.li bloklarda 4-6 soatni tashqil etadi.
Harorat katta baliqlar tanasi ichida va bloklar ichida – 15
0
S bo‘lganda
muzlatish tugallangan hisoblanadi va baliqlarni muzlatgichlardan olib taralarga
upakovka qilib saqlash kameralariga yuboriladi.
Osyotr turidagi qimmatbaho hisoblangan baliqlarning namligi uchib qurib
qolmasligi va yog‘i oksidlanmasligi uchun muzlatishdan keyin baliq tanasini yupqa
muzli qobiq bilan glazirovka qiladilar. Buning uchun baliqni harorati - 12;-16
0
S
bo‘lgan maxsus glazirovka qalinligidagi kameralarga o‘tkaziladi. Bu erda uni bir
necha sekund davomida toza sovuq suvga botirib olinadi. Suvdan chiqarib, baliqni
baliq tanasidagi muzli qobiq qurishi uchun yarim daqiqaga sovuq havoda saqlaydilar.
Keyin yana suvga botiradilar va havoda quritadilar bu jarayon baliq tanasida muzli
qobiq 3-4 mm. qalinlikda bo‘lguncha 3-4 marta takrorlanadi.
Sintetik plyonkadan qilingan paketlarga upakovka (joylashtirilgan) qilingan
baliqlar, ularning qurishi va yog‘ini oksidlanishidan yaxshi saqlaydi.
Ichki organlaridan, tangachalaridan, suhgichlaridan, suyagidan ajratilgan
baliqlarni to‘g‘ri burchakli plitka yoki blok shaklida muzlatish ham keng qo‘llaniladi.
Plitkasimon felelarni 0.5 kg. va bloklarni 5 kg. vaznda pergament qog‘ozi
selafan va boshqa upakovkalar bilan o‘raydilar.
60
Fileni – 18
0
S dan yuqori bo‘lmagan haroratda muzlatiladi. Lekin, feleni tez
mulatgichlarda muzlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. CHunki, muzlatish jarayoni tez
o‘tkazilishi lozim.
Muzlatilgan filelarning taxtali yashiklarga, qobiqli karton karobkalarda
joylashtirib saqlash kameralariga jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: