10 – MAVZU: QISHLOQ XO‘JALIK OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI
TASHUVCHI SOVUTGICHLI TEMIRYO‘L TRANSPORTLARI (2 SOAT)
Mashg‘ulot maqsadi: Qishloq xo‘jalik oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi
sovutgichli temir yo‘l transportlari bilan tanishish.
Mashg‘ulot rejasi:
1.
Temir yo‘l sovutkichli transport turlari.
2.
Temir yo‘l sovitgichli transportlarini sovitish usullari
Uslubiy ko‘rsatmalar
Sovutgichli transportlar sovitish zanjirlari tarmoklarini birlashtiruvchi element
bo‘lib, ular tez buziluvchan mahsulotlarni yiguv joylaridan saqlash xonalariga,
saqlash kameralariga, omborxonalarga, kayta ishlash korxonalariga va istimolchiga
tashib etkazish uchun xizmat qiladi.
Sovutgichli transportlarning asosiy maqsadi tashilayotgan mahsulotlarni
sifatini saklagan holda kursatilgan manzilga etkazishdir.
Sovutgichli transportlar:
A) Temir yo‘l sovitkichli transportlarga
B) Avtomobil sovitkichli transportlarga
V) Sovutkichli suv transportlariga
G) Sovutgichli havo transportlariga
D) Sovutgichli konteynerlarga bo‘linadi.
Bular esa uz navbatida sovitilish jarayonining texnologiyasiga qarab:
A) Izotermik transportlarga
B) Muzli transportlarga
V) Refrijeratorli transportlarga
G) Isitiluvchi transportlarga bo‘linadi.
Kuzovlari issiqlik izolyasiyali, ya’ni tashqi muhitdagi issiqlik va Sovuqlik
okimlarini ichkariga kirgizmaydigan yoki kamaytirib kirgizadigan materiallardan
yigilgan transportlar izotermik transportlar deb ataladi.
Ular izolyasiya materialining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisientiga qarab
oddiy izolyasiyali va kuchaytirilgan izoliasiyali izotermik transportlarga bo‘linadi.
Tusiklarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti 0, 7Vt/(m
2
.
0
C)ga teng yoki undan
kichik qiymatga ega bo‘lgan transportlar oddiy, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti
0, 4Vt/(m
2
.
0
C)ga teng va undan kichigi esa kuchaytirilgan izoliasiyali transportlar
bo‘lib hisoblanadi.
Sovitgichli (qurilmalarsiz) mashinalarsiz sovitiladigan transportlar – muzli
transportlar deyiladi. Bu transportlarda sovitish muhitlari bo‘lib: muz, muzli
aralashma, quruq muz hamda siqilgan gazlar ko‘llaniladi.
Muzli transportlarda sovitish muhitlari uchun maxsus idishlar, o‘rnatilgan
bo‘lib, sovitilayotgan kuzovni ichidagi havosining haroratiga qarab 3sinfga bo‘linadi:
1. Havo harorati 7
0
C dan yuqori bo‘lmasa A-sinfga,
2. Havo harorati -10
0
C dan yuqori bo‘lmasa Vsinfga: va
79
3. Havo harorati -20
0
C dan yuqori bo‘lmasa S sinfga ta’luqli bo‘ladi.
Bu paytda tashqi muhit harorati +30
0
C va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Muzli
transportlarda sovitish agentidan (masalan: muzdan, muz tuzli aralashmadan, quruq
muzdan va x.k.) qo‘shimcha 12soatga etadigan miqdorda olib yuriladi.
Bu transportlarning V va S sinfga ta’luqlilarining issiqlik o‘tkazuvchanlik
koeffitsienti ham 0, 4 Vt/(m
2
.
0
C)dan oshmasligi kerak.
Refrijeratorli transportlarga sovitish mashinalari yoki sovitish qurilmalari
yordamida sovitiladigan izotermik transportlar kiradi. Bu tipdagi transportlar
kuzovlari ichidagi havoning harorati sovitish mashinalari yoki sovitish qurilmalari
yordamida boshqarilib turiladi. Bu transportlar qo‘yidagi sinflarga bo‘linadi:
A sinfli refrijeratorlarda harorat +12
0
C dan 0
0
C gacha, B sinfli refrijeratorlarda
harorat +12
0
C dan -10
0
C gacha, S sinfli refrejiratorlarda harorat +12
0
C dan -20
0
C
gacha, D sinfli refrijeratorlarda +2
0
C dan oshmaydi, E sinfli refrijeratorlarda -10
0
C
dan oshmaydi va G sinfli refrijeratorlarda harorat -20
o
S dan oshmaydi. Bu tipdagi
transportlarning ham V, S, D, E va G sinflari uchun issiqlik o‘tkazuvchanlik
koeffisienti 0, 4Vt/(m
2
.
0
C)dan baland bo‘lmasligi kerak.
Isitiluvchi transportlar – deb kuzov ichidagi havoni isitish qurilmalari
yordamida isituvchi izotermik transportlarga aytamiz. Bu tipdagi transportlar kuzovi
ichidagi havoning harorati isitish qurilmalari yordamida 12 soatdan kam bo‘lmagan
vaqtgacha +12
0
C dan past bo‘lmagan qiymatda boshqarilib turiladi.
Isitiluvchi temperatura ham haroratining boshqarilishiga qarab qo‘yidagi
sinflarga bo‘linadi:
1.
Tashqi muhitining harorati -10
0
C gacha bo‘lsa A sinfiga:
2.
Tashqi muhitning harorati -20
0
C gacha bo‘lsa V sinfiga.
V sinfga ta’luqli isitiluvchi transportlarning izolyasiya tusiklarining o‘rtacha
issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti ham asosan 0, 4Vt/(m
2
.
0
C)dan oshmasligi kerak.
Sovitilgan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarni tashishda harorat +2
0
C
dan +7
0
C gacha bo‘ladi, lekin ularni tashish vaqti davomiyligi chegaralangan bo‘ladi.
Masalan: sovitilgan sut va sut mahsulotlarini tashish 2 sutkadan oshmasligi kerak.
Sovitilgan mahsulotlarni sovitgichli transportlarda tashishda yukning xar
kanday nuktasidagi harorati qo‘yidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:
Sovitilgan va konsentrlangan meva-sabzavot sharbatlari -20
0
C
Baliq -18
0
C
YOg‘lar -14
0
C
Uy parandalari, yovvoyi urdak, melanj, submax-r - 12
0
C
Go‘sht -10
0
C
Boshqa muzlatilgan mahsulotlar -10
0
C
Do'stlaringiz bilan baham: |