31
“Young Scientist”
.
# 24.2 (158.2)
.
June 2017
Спецвыпуск
Sie hören immer drei Namen. Zwei sind gleich, einer ist
anders. Markieren Sie, an welcher Position (1, 2, 3) der un-
gleiche Name steht.
1
2
3
1
2
3
4
Ism-shariflar juda nozik fonetik material hisoblanadi. Is-
mlardagi fonetik farqlar juda minimal darajada bo'ladi. Bunda
salgina andashilsa almashtirishlarga va yanglishishlarga olib
kelishi mumkin. Bunday mashqlar o'rganuvchilarning juda
diqqatli bo'lishini talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hermann Funk, Christina Kuhn, Dirk Skiba, Dorothea Spaniel-Weise, Rainer E. Wicke. Aufgaben, Übungen,
Interaktion. Klett-Langenscheidt. München. 2014.
2. М. Ходжаев, М. Қаҳҳорова. Чет тили ўқитиш методикаси. «Фан ва технология нашриёти» нашриёти. Тошкент.
2013.
3. Helga Dieling und Ursula Hirschfeld. Phonetik Lehren und Lernen. Langenscheidt. München. 2000.
4. Deutsches Wörterbuch. Wahrig. Wissen media Verlag. München, 2008.
Ertak va tarixiy voqelik
Nigora Kadirova
Urgench State University
F
olklor asarlari haqida so'z yuritganda biz aksariyat
hollarda hayoliy uydirmalar, fantastika bilan aloqador
voqealarni tasavvur qilamiz. Xolbuki, «… asrlar qa'ridan bizga
nur sochib, ongimiz va ruhimizni parvozga undab turgan
ajdodlarning badiiy obraz, binobarin, badiiylik haqidagi
tasavvurlarini, ular yaratgan badiiy obrazlar mohiyati, vazifasi,
me'yori, shakli va estetik darajasini belgilashda biz bebaho
mezon sifatida olib qaraymiz».
Biz, xususan, ertaklar haqida so'z yuritadigan bo'lsak,
«Istagan bir ertakda fantastika reallik bilan qo'shilgan holda
beriladi».
Darhaqiqat, «Ertak hayot haqiqati bilan bogliq bo'lgan,
hayotiy va hayoliy uydirmalar asosiga qurilgan».
Shunday ekan, har bir xalqqa tegishli bo»lgan ertakdan
o»sha xalqning o»tmishiga oid etnografik xarakterdagi
ma»lumotlarni ozmi-ko»pmi olish mumkin.
Bu masala o»z navbatida badiiy asarning axborot berish
funksiyasi bilan chambarchas bog»liqdir.
Nemis xalq ertaklariga razm soladigan bo»lsa, ularda jahon
xalqlari ertaklari bilan juda o»xash kuzatish mumkin. Bular ob-
razlar faoliyatida, ya»ni devlar, parilar tasvirida yuksak fantas-
tika, sehrli makonlarga oid lavhalarda ko»proq ko»zga tashla-
nadi, biroq ertaklarda millat va o»sha millat yashaydigan makon
bilan bog»liq ko»plab detallarni ham anglab olish mumkin.
«Qor qiz» ertagi tahlilida bu xususiyatni yaqqol ko»rsa
boladi.
Dastlab, Qor qiz deb nomlangan bosh qahramonning o»zi
ham ertakning Yevropa muhiti bilan aloqadorligi e»tiborni
jalb etadi. Chunki sharq xalqlari ertagida qor qiz obrazi
umuman ko»zga tashlanmaydi. Qor qizning o»rmonga qo-
chishi o»rmon ovchisi bilan uchrashuvi, o»rmonda pakanalar
qarorgohiga duch kelishi, u yerdan vinodan, nondan ta»tib
tamaddi qilishi, yog»och uyga kirishi, uning sirli o»limidan
keyin berk tobutga qo»yilishi kabi lavhalar ertakni o»qigan
kitobxonga Yevropa muhiti, nemis hayotiga oid tavsilotlar,
urf-odatlarni namoyon qiladi.
Endi ertakdagi umumjahon masalalariga aloqador motiv-
larga nazar tashlaydigan bo»lsak, ushbu voqealarda boshqa
xalqlar hayoti uchun ham umumiylik kasb etadigan tafsilotlar
mavjud. Jumladan, qor qizning o»gay ona bilan bo»lgan mu-
nosabatlari va o»sha jarayondagi turli-tuman azob-uqubatlar,
ko»zguga boqish, unga murojaat qilish orqali ayrim sir-sino-
atlardan xabardor bo»lish, ig»volar natijasida uning o»limga
mahkum bo»lishi va mo»jizaviy tirilish kabi ko»pgina vo-
qealarni jahondagi boshqa ko»plab xalqlar, shu jiumladan,
turkiy xalqlar ertaklarida ham uchratish mumkin.
Ertaklar o»z xarakter jihatidan barcha xalqlar ijodida umu-
miylik kasb etadi. Bu umumiylik ularga xos bo»lgan fantastik
tasvirda, mifologik lavhalarning berilishida, animistik, totem-
istik tushunchalarning namoyon bo»lishida va boshqa qator
xususiyatlarda ko»zga tashlanadi. Shu bilan birga har qa-
nday ertakda u qasrda ommalashgan bo»lsa, o»sha yerdagi
aholining turmush tarzi, tarixiy taqdiri bilan aloqador lavhalar
ham saqlanib qolgan bo»ladi.
Ma»lumki, insoniyat tarixining ibtidosi ko»p jihatlari
bilan bir-biriga yaqin keladi. Chunki jahondagi barcha xalqlar
ibtidoiy turmush tarzini teng boshdan kechirgan. Bu ular
yaratgan mifologiyada, keyinchalik esa ertaklarda o»zining
muayyan izlarini qoldirgan. «Yetimcha» ertagida ham ushbu
xususiyatlar ko»zga tashlanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |