Savol va topshiriqlar:
1. Asarning yozilish tarixi va muallifi haqida ma’lumot bering.
2.Asarning janriy xususiytlari va g’oyaviy mundarijasini oydinlashtiring.
3. Lemyuel Gulliverning mittivoylar o’lkasiga sayohati va uning badiiy
talqinida qanday g’oyalar ilgari surilgan?
4.Sayyohning darozlar o’lkasidagi hayoti ifodasida-chi?
5.Asardagi ramziy obrazlar tavsifi.
6. J.Sviftning bu asar orqali ifodalangan ijtimoiy-siyosiy qarashlariga
munosabatingiz?
4-mavzu.
Karlo Kollodining “Pinokkioning boshidan kechirganlari”
ertak-qissasi tahlili (2 soat)
A.Tjkstoyning Buratino haqidagi kitobini o’qimagan kitobxon bo’lmasa
kerak. Italiya bolalar adabiyotining yetuk namoyandasi Karlo Kallodining
shumtaka yog’och bola Pinokkiosi esa o’sha Buratinoning akasi hisoblanadi.
Chunki yog’och bolani avval Karlo amaki o’ylab topgan. Shunday qilib, usta
85
Olchaning (bu duradgorning ismi Antonio bo’lsa ham, burni hamisha g’arq
pishgan qizil olchaga o’xshagani uchun odamlar shunday atashgan) qo’liga
xuddi kichkina boladek bir kulib, bir yig’lovchi g’o’la tushib qoladi. Usta Olcha
g’o’lani do’sti Jipettoga sovg’a qiladi, Jipetto u g’o’ladan raqs tushishni,
qilichbozlik qilishni, shuningdek o’mbaloq oshishni biladigan alomat yog’och
bola yasamoqchi bo’ladi. Jipetto uyga kelgan zahoti g’o’ladan yog’och bola
yasashga kirishadi va unga Pinokkio deb nom qo’ymoqchi bo’ladi. Chunki bu
qishloqda Pinnokkio. Pinkkiyalar degan ajoyib oila yashab o’tgan edi. Usta
ishini bitirib yog’och bolaga dastlabki qadamlarni ham o’rgatadi. Ana shunda
uning sarguzashtlari boshlanadi. Avvalo unga gapiruvchi qora Chigirtka ko’p
narsani bashorat qiladi. Bu voqea johil, aqlsiz bolalar o’zlaridan katta, aqlliroq
kimsalarning tanbehlarini yoqtirmasligi ma’lum bo’ladi. Shu bois ertak
qissada ham Pinokkioning qorni ochadi, u bitta tuxum topib, quymoq
pishirmoqchi bo’ladi, lekin shu payt tuxum ochilib, jo’ja uchib chiqib, rahmat
aytib, ketib qoladi. Pinokkio ochligiga chiday olmay odamlar uyidan tilanchilik
qiladi. Bir chol unga deraza ostiga kelib, qalpog’ini ochib turishni buyuradi va
bir chelak muzday suvni boshidan quyadi. Ko’chadagi izg’irin sovuq va jiqqa
ho’l Pinokkio uyga qaytadi hamda oyoqlarini cho’g’ to’la manqal ustiga qo’yib
uxlab qoladi; ertalab uyg’onganida esa oyoqsiz qolganini ko’radi. Jipetto uyiga
qaytadi. Bechora ota o’zi uchun nonushtaga topib kelgan yegulikning
hammasini Pinokkioga beradi va unga bir juft yangi oyoq yasab, mustahkam
o’rnatib beradi. Jipetto “o’g’li”ning aqlli bo’lishi uchun unga alifbe sotib oladi
va bu uchun o’z kamzulini sotadi. Pinokkio esa qo’g’irchoq teatriga kirish
uchun alifbe kitobini sotadi. Qo’g’irchoqlar o’z ukalari Pinokkioni tanib qolib,
uni zo’r tantana bilan qarshi oladilar, lekin shodlik ayni avjiga chiqqan paytda
teatrning xo’jayini Manjafoko kirib keladi-yu, Pinokkio dahshatli xavfga
uchraydi. Manjafoko to’xtovsiz aksira boshlaydi va Pinokkioni kechiradi.
Pinokkio bo’lsa shundan keyin do’sti Arlekinni o’limdan quttqarib qoladi.
Qo’g’irchoqboz Manjafoko dadang Jipettoga olib borib ber, deb Pinokkioga
beshta oltin tanga beradi, lekin Pinokkio Tulki bilan Mushukning gaplariga
laqqa ishonib, ular bilan jo’nab ketadi. Ular Qizil Qisqichbaqa
mehmonxonasida ziyofatxo’rlik qilishadi-yu Pinokkioni chuv tushirib
ketishadi. Pinokkio bosqinchilar qo’liga tushib qoladi.Chunki u gapiruvchi
Qora Chigirtkaning foydali maslahatlariga quloq solmagan edi. Yo’lto’sar
qaroqchilar Pinokkioni ta’qib qilib, axiri tutib oladilar va katta eman
daraxtining shoxiga osib qo’yadilar (og’zidagi qolgan to’rtta oltijn tangani tili
ostiga tashlab olib bermagani uchun). Zangori sochli Chiroyli Qizcha Yog’och
Bolani dordan tushirishni buyuradi. Uni to’shakka yotqizib, tirik yo o’ligini
86
bilish uchun birvarakayiga uchta vrach chaqirtiradi. Pinokkio qandni jon-jon
deb yeydi-yu, lekin surgi dori ichishni xohlamaydi. Biroq, uni olib ketgani
tobut ko’tarib kelgan quyonlarni ko’rib, darrov dorini ichib yuboradi. U
yolg’on gapiradi, natijada shu yolg’onchiligi evaziga burni uzaya boshlaydi.
Pinokkio yana Tulki bilan Mushukni uchratadi va to’rt oltin tangasini Sehrli
dalaga ekish uchun ular bilan jo’nab ketadi. Pinokkio oltin tangalaridan judo
b’ladi, bu ham yetmaganday to’rt oyga qmoqqa tashlanadi(Galvarsiston
mamlakatida jinoyatchilar emas, da’vogarlar-jabrdiydalar qamalar edi-da!).
Qamoqdan ozod etilgan(amnistiya tufayli, tuhmat bilan qamalganlar emas,
men ham jinoyat qilganman degani uchun) Pinokkio Parining uyiga qaytib
bormoqchi bo’ladi, lekin yo’lda juda dahshatli ilonga duch keladi. Keyin uzum
o’g’irlayman deb, qopqonga tushib qoladi. Natijada Pinokkioni dehqon tutib
oladi va uni tovuqxonasi oldiga it o’rniga bog’lab qo’yadi. Pinokkio o’g’rilarni
tutishga ko’maklashadi va bu sadoqatli xizmati uchun ozodlikka chiqadi.
Pinokkio zangori sochli Chiroyli Qizning o’lganini bilib, unga aza tutib
yig’laydi. Keyin kaptarga minib, dengiz bo’yiga boradi va otasi Jepettoni
qutqarish uchun dengizga kalla tashlaydi. Pinokkio mehnatsevar asalarilar
oroliga suzib chiqadi va u yerda yana Parini topadi. Pinokkio endi yaxshi bola
bo’laman, o’qiyman deb Pariga so’z beradi, chunki Yog’och Odam bo’lib
yashash uning joniga tekkan va u haqiqiy bola bo’lishni istaydi. Pinokkio
dahshatli akulani ko’rish uchun o’rtoqlari bilan dengiz bo’yiga boradi; u yerda
mushtlashib, buning natijasida bolalardan biri yaralanadi. Politsiya Pinokkioni
qo’lga oladi. Pinokkioni baliq deb o’ylab tovada qovurmoqchi bo’ladilar.
Pinokkio Parining uyiga qaytadi. Pari unga ertadan boshlab Yog’och bola
emas, haqiqiy o’g’l bola bo’lasan, deb so’z beradi. Bu muhim voqea sharafiga
uyushtirilmoqchi katta ziyofatga do’stlarini aytib kelish uchun borib, yana
kasofatga yo’liqadi. Pinokkio haqiqiy bola bo’lish o’rniga do’sti Pilik bilan
Tarallabedod mamlakatiga jo’naydi. Pinokkio besh oy muttasil beg’amlik bilan
baxtiyor yashaganidan so’ng boshidan bir juft eshakquloq o’sib chiqadi. Keyin
u haqiqiy eshakka aylanib hangray boshlaydi. Pinokkio haqiqiy eshakka
aylanib qolganidan so’ng, uni sotgani bozorga olib boradilar. Eshakni sotib
olgan sirk direktori uni raqs tushishga, gardishdan sakrab o’tishga o’rgatadi.
Lekin, bir kun kechqurun tomosha paytida Pinokkioning oyog’I lat yeb
oqsoqlanib qoladi. Uni boshqa bir xaridorga sotib yuboradilar. Lekin bu
xaridor Pinokkioning terisidan baraban yasamooqchi bo’ladi. Dengizda
Pinokkioni baliqlar yeb ketadi, oqibat u yana avvalgidek Yog’och bolaga
aylanib qoladi. Lekin xaridordan jon saqlab, suvda suzib ketayotganida uni
dahshatli akula yutib yuboradi. Pinokkio bu yerda ikki yildan beri yashab
87
kelayotgan qari Jepetto otasini uchratadi va o’zi bilan birga akula og’zidan
dengizga otadi. Ularning qirg’oqqa chiqishida keksa tunes balig’I
yordamlashadi. Nihoyat u otasini bir kulbaga boshlab kiradi va besh oy sut
bijlan parvarish qijladi. Bu uchun Janjoning tegirmonini aylantirish, turli
hunarlarni o’rganib, pul ishlashga majbur bo’ladi. Eshakka aylangan do’sti
Pilikni ham shu yerda uchratib, uning o’likmiga guvoh bo’ladi. Barcha azoblari,
mehnatni bo’yniga olgani, xususan oqko’ngilligi va rahmdilligi uchun
Yog’och bola- Pinokkio haqiqiy o’g’il bolaga aylanadi.
Aslida Pinokkioning boshidan o’tgan bu savdolar har bir bolaga saboq
bo’lmog’I lozim. Boshdayoq Qora Chigirtka Yog’och bolaga shunday degan edi:
“Ota-onalarini mensimay, axmoqlik qilib, o’z tug’ilib o’sgan uyidan bosh olib
chiqib ketgan bolalarning holiga voy. Unday bolalarning hayoti juda yomon
bo’ladi, ular o’zlarining bemulohaza qilmishlari uchun ming-ming afsus
yeydilar.” Ammo Pinokkio bu gaplarga quloq solmagan edi. Aksincha, men bu
yerda qolsam, boshimga boshqa bolalarning kuni tushadi; hamma bolalarga
o’xshab yuragim ziq bo’lib yashayman, meni maktabga yuborishadi, o’qish-
yozishni o’rganishga majbur qilishadi. Lekin maktabda o’qishga sirayam
xohishim yo’q. Kapalaklarni quvlab, daraxtga chiqib, qushlarning uyasidan
poloponlarini o’g’irlashning gashti boshqacha bo’ladi, deya kerilgan edi. Qora
chigirtka o’z navbatida bunday bolalar g’irt eshakning o’ziga aylanib qolishi,
bir chaqalik qadri bo’lmasligini tushuntirishga uringandi. Bunga e’tibor
qilmagan Pinokkio esa boshidan shu uqubatlarning barchasini kechiradi va
keksa Chigirtka hamda Pariga quloq solmaganidan qattiq pushaymon bo’lad.
Hechdan ko’ra kech degandek, o’z xatolarini tuzatishga, chunonchi, maktab
boorish, kishilarga yaxshilik qilish, mehhnatdakn bo’yin tovlamaslikka urinib
ko’radi. Oqibat esa yaxshilik bimlan ijntiho topadi. U Yog’och boladan haqiqiy
mard o’g’il bolaga aylanadi…
Do'stlaringiz bilan baham: |