Mas’ul muharrir
: filologiya fanlari doktori, prof.
O.Safarov
.
Taqrizchilar:
ilologiya fanlari nomzodi,dots.
M.Fayzullayev
filologiya fanlari nomzodi,dots.
D.Quvvatova
O’quv-usuliy qo’llanma Buxoro davlat universiteti Pedagogika va jismoniy
madaniyat fakulteti ilmiy kengashining 2010-yil, 3 -mart, 4-yig’ilish qaroriga muvofiq
nashrga tavsiya etilgan.
3
SO’Z BOSHI
“Chet el bolalar adabiyoti” kursining maqsad va vazifalari
. Chet el
bolalar adabiyoti kursi ta'limning bakalavriat yo’nalishiga tanlov fan sifatida
o’tishga mo’ljallangan. Bu sohadagi dastlabki faoliyat bo’lib, unda
boshlang’ich ta’lim usuliyoti va sport tarbiyaviy ishi hamda pedagogika va
psixologiya mutaxassisligi bo’yicha ta'lim olayotgan talabalarga chet el bolalar
adabiyotining jahon adabiyoti sifatida alohida ahamiyati, yetakchi ijodkorlar
asarlari, o’z navbatida, bu asarlarning maydonga kelish omillari, ularning xalq
og’zaki ijodi, eng qadimgi adabiy yodgorliklar, mif va afsonalar, qo’shiqlar
bilan chambarchas bog’liqligi, bunday ijod namunalarining axloqiy-tarbiyaviy
mohiyati, didaktik tamoyillari hamda jahon xalqlari bolalariga bag’ishlangan
asarlarning qanday xususiyatlariga ko’ra tasniflanishi, ularning taraqqiyot
tamoyillari, chet el bolalar adabiyotidagi janrlar rang- barangligi yuzasidan
tushuncha bеrish ko’zda tutiladi.
Umuman, bolalar adabiyoti umumbadiiy adabiyotning ajralmas va
tarkibiy qismi ekan, ularning o’zaro o’xshash hamda farqli tafovutlari
mavjud. Bu – avvalo, bolalarning yosh xususiyatlariga daxldor. Zotan, jahon
bolalar badiiy adabiyotining paydo bo’lish omillari, shakllanishi va taraqqiyot
xususiyatlari, professional bolalar adiblari haqidagi ma’lumotar bu kursda
teran tadqiq etiladi.
Fanning asosiy maqsadi yuqori kurs talabalariga jahon bolalar
adabiyoti namunalarini mutolaa qilish malakasini shakllantirish, turli xalqlar
bolalariga mo’ljallangan asarlarning g’oyaviy-badiiy jihatdan o’ziga xosligini
ochib berishga qaratilgan. Zero, o’z kasbiy mutaxassisliklari talabidan kelib
chiqib, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari nafaqat o’zbek bolalar
adabiyoti namunalarini, balki jahon xalqlari bolalar adabiyotidan voqif bo’lish,
uning ma’rifiy-estetik ahamiyatini anglay bilmog’i darkor. Shu ma’noda, bu
sohadagi asosiy nazariy bilimlarni o’rganishda quyidagi tamoyillarga alohida
e’tibor beriladi:
-chet el bolalar adabiyoti tanlov fanining predmeti, uning maqsadi va
vazifalarini o’ranishga;
-chet el bolalar adabiyotining o’ziga xos an’analari, paydo bo’lish omillari
hamda shakllanish xususiyatlarini ilmiy nazardan o’tkazishga;
-chet el bolalar adabiyoti kursining mohiyatini anglashda jahon xalqlari
bolalar adiblari ijodini kuzatish hamda ular qalamiga mansub badiiy asarlar
tahlili haqidagi bilimlar asosida mavjud aniq asarlarni ilmiy-amaliy
o’rganishga e’tiborni qaratish.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |