Tayanch so`zlar
: pedagogik xrestomatiya, ertaknavislik, mixxat, mif,
afsona, folklor, romantizm, bolalar kitobxonligi, qo`shiq, Renessans, didaktika,
epos, "Injil", "Bibliya", “Tavrot”, "Ramayana", "Mahobxorat", "Iliada",
"Odisseya".
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
:
1. Eng qadimgi adabiy yodgorliklarda mif va afsonalar o`rni.
2. Eng qadimgi ertaklar va ularda ibtidoiy miflar ifodasiga misol keltiring?
3.G’arbiy Yevropada Renessans (Uyg’onish) davri qachon boshlangan va
sabablari?
4. Chet el bolalar adabiyotining didaktik namunalari haqida nimalar bilasiz?
5. Yevropa adabiyotida romantizm va realistik tamoyillar ifodasini
tushuntiring?.
6. Zamonaviy bolalar adabiyotda ijtimoiy hayot va dolzarb muammolar talqini
haqida so`zlang.
7.Hozirgi zamon chet el bolalar adabiyoti tasnifotini oydinlashtiring?
8.Eng qadimgi epos va dostonlarning mavzuviy mundarijasi haqida mulohaza
bildiring?
2-Mavzu: Nemis bolalar adabiyoti
Reja:
1. Nemis bolalar adabiyotining shakllanishi.
2. Nemis klassik adabiyotining bolalar adadbiyotiga munosabati.
14
3. Aka - uka Grimmlarning bolalar adadbiyotini rivojlantrishdagi hissasi va
ertaknavislik mahorati.
Qadimgi nemis poeziyasi haqida qadimgi Rim yozuvchilari va keyingi
davr yozma yodgorliklari yordamida mushohada qilish mumkin. Rim
tarixchisi Tatsita tomonidan qadimgi olmonlarning jangovor va g’arbiy
yurishlari haqida esga olinadi. Bunga qadimgi olmon yodgorliklarining epik
she`riyati, 800 yilga qadar yozilgan "Xildebran haqida qo`shiq" asari misol
bo`la oladi. "Qo`shiq"da (V-VI asrlarda) "xalqlarning buyuk ko`chishi" haqidagi
voqealar tasvirlangan.
"Nibelunglar haqida qo`shiq" asari adabiy jihatdan XVIII asr boshlarida
qayta ishlangan, va albatta ritsarlar, saroy hayoti tavsilotlari, ritsarlik sha`niga
muhabbat bilan xizmat qilish va unga sodiqlik motivlari yotadi. Lekin shu
qolip orasidan feodallikkacha bo`lgan davr olmon hayoti chizgilari bo`rtib
chiqqan hikoyalar asosida yosh, navqiron Zigfridning ajdarni engishi,
Nebilunglar xazinasini topishi, buyuk Ditrix Bernskiy va uning drujinasi
haqidagi afsonalar ham o`rin topgan. Agar folklor kattalar adabiyoti uchun
birinchi navbatda mavzu, syujet, janrlar manbai deb qaralsa, bolalar
adabiyotida uning o`rni bu bilan tugamaydi. Folklor asosida bolalar
adabiyotining, bola dunyoqarashining paydo bo`lishi hamda shakllanishida
"uy" og’zaki ko`rinishi paydo bo`lgan. Taxmin qilish mumkinki, agar uyda,
og’zaki tarzda yaxshilik va yomonlik haqida, yovuz va oq-qo`ngil ruhlar
haqida, o`rta asrlar qahramonlari, yalmog’iz va ajdarlar haqidagi yozma
yodgorliklar avval og`zaki aytilib, og’izdan–og’izga ko`chmaganda edi, balki
bizgacha bu xalq durdonalari yetib kelmagan bo`larmidi?
Vilyom va Yakobson Grimmlar "Bolalar va oilaviy ertaklar" to`plamining
so`zboshisida, bu dono an`anani baholay turib: "Bolalar ertaklari, bolalarga
samimiy, yumshoq va toza qalblardagi nur bilan hayotga eng birinchi his–
tuyg’ularni hamda fikrlarni uyg’otish maqsadida so`zlab beriladi. Lekin uning
oddiy poeziyasi har bir kishini xursand qilishi hamda to`g’rilikka o`rgata olishi
mumkin, yana bir afzalligi, u uy devorlari ichida qolib, bir umrga me`rosga
aylanishi uchun ham bu ertaklarni oilaviy deb atadik", - degan edilar.
Olmoniyada Uyg’onish davri milliy madaniyatning shaxdam rivojlanishi
bilan belgilanadi. Kitob chop etishning yutuqlari antik davr shoir va
yozuvchilarining kitoblarini keng targ’ib qilishga imkon yaratib, jamiyatda
umuminsonoiy g’oyalarni ilgari surdi. Nemis yozuvchilari, olimlari,
rassomlari, haykaltaroshlari: Til'man Rimenshneyder yog’och haykaltaroshligi
bobida o`zining o`lmas asarlari bilan, Gol'beyn kichkina tasviriy san`at asarlari
bilan, Al'brext Dyurer - rassom, olim, gravyurachi, shoir - Evropa madaniyati
15
Uyg`onish davrining yirik namoyondalaridan biri, tasviriy san`atning portret,
peyzaj va natyurmort janrlarini rivojlantirish bilan birga Injilga hamda
Sebastian Brantning "Axmoqlar kemasi" (1457- 1521)asari - satirik va
didaktik "oyna" deb shon-shuhrat qozongan asariga illyustratsiyalari bilan
Renessans madaniyati xazinasiga o`zlarining ulkan hissalarini qo`shdilar.
Nemis adabiyoti rivojiga hissa qo`shgan buyuk shoir va yozuvchilar sifatida
quyidagilarni sanab o`tish mumkin: Iogann Vol'fgang Gyote, Iogann Xristof
Fridrix Shiller, Lyudvig Tik, Axim fon Arnima va Klemens Brentanolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |