Asosiy ko‘rsatkichlar dinamikasi Bir ishchi tomonidan Mahsulotlar ishlab Ishchilar soni ishlab chiqarilgan chiqarish hajmi mahsulot Yillar bazis bazis bazis yilga mln. yilga ming yilga nisbatan kishi so‘m nisbatan so‘m. nisbatan % da % da % da 2003 830 - 1094 - 758,7 -
910 9.6 1087 -0.7 837,2 +10,3
930 2.2 1075 -1.2 865,1 +3,3
1150 1.2 1064 -1.1 1080,8 +24,9
1200 4.3 1000 -6.1 1200,0 +11,0
9-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘sish, ishchilar soni esa kamayish tendensiyasiga ega. Bu o‘sish va kamayish mehnat unumdorligini bazis yilga nisbatan ortishiga sabab bo‘lgan.
Korxonada tegishli ko‘rsatkichlarni texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilish sohasida erishilgan eng yaxshi natijalar bilan taqqoslash biznes samaradorligini oshirish rezervlarini izlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunda ichki korxona va korxonalararo taqqoslash bo‘lishi mumkin. Korxonaning ichida ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini uning alohida segmentlari yutuqlari bilan taqqoslash ishlari olib boriladi va ularning muvaffaqiyati sabablari o‘rganiladi. Korxonalararo qiyosiy tahliljarayonida tahlil qilinayotgan korxonaning ko‘rsatkichlari mavjud eng yaxshi natijalarga, xo‘jalik yuritishning bir xil boshlang‘ich sharoitlariga ega yetakchi korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Tahlil qilinayotgan korxonaning faoliyat natijalarini raqobatdosh korxonalar ma’lumotlari bilan taqqoslash katta ahamiyatga ega.
Korxonalararo taqqoslash quyidagi maqsadda olib boriladi:
korxona va o‘xshash korxonalardagi faoliyat natijalari qanday nisbatlanishini rahbariyatga ko‘rsatish;
biznesning kuchli va kuchsiz tomonlariga rahbariyat e’tiborini jalb qilish;
korxonaning faoliyat samaradorligini baholash va uning strategik va taktik siyosatiga tuzatishlar kiritish uchun rahbariyatga obyektiv baho berish.
Korxonalararo qiyosiy tahlil sohasida eng so‘nggi yutuq bu – benchmarking. Bu nafaqat xususiy sohaning, balki boshqa sohalardagi fan va amaliyot yutuqlariga asoslangan yetilib kelayotgan muammolar haqida oldindan ogohlantiruvchi tizimdir. U raqobatda ustunlikka erishish va uni saqlash uchun talab qilingan axborotlarni olish instrumenti sifatida foydalaniladi. Benchmarking korxona va yetakchilar o‘rtasida erishilgan natijalardagi tafovut mohiyatini tushunishga ko‘maklashadi. Menejerlarni yangiliklarni izlashga yanada undaydi, innovatsion faoliyat uchun baza hosil qiladi. Yuqori rahbariyatga xususiy biznesda strategik va taktik boshqaruv qarorlari bo‘yicha ortda qolishni bartaraf etishga maqbullashtirishga, mahsulot va xizmatlar bozorida yetakchi o‘rin egallashga ko‘maklashadi.
Korxonalarni taqqoslash bevosita va bilvositabo‘lishi mumkin. Raqobat va tijorat siri tufayli raqobatdosh korxonalar kamdan-kam axborot ayirboshlashadi. Shuning uchun bir korxonaning holati bilan boshqasiniki o‘rtasida bevosita taqqoslash o‘tkazish doimo ham mumkin bo‘lmaydi – odatda, muayyan soha bo‘yicha e’lon qilingan o‘rtacha statistik ma’lumotlarga yoki aksionerlik jamiyati va mas’uliyati cheklangan jamiyat hisobotiga asoslangan bilvosita taqqoslash bilan cheklanishga to‘g‘ri keladi.
Tahlil qilinayotgan korxona ko‘rsatkichlarining haqiqatdagi darajasini soha bo‘yicha (vazirlik, birlashma, konsern) o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilanqiyoslash ham iqtisodiy tahlilda katta ahamiyatga ega. Bunday taqqoslash tahlil qilinayotgan ushbu sohaning, korxonaning boshqa xo‘jalik subyektlari o‘rtasida reytingini aniqlash, korxonaning rivojlanishi darajasini yanada to‘liq va obyektiv baholash, uning xo‘jalik faoliyati natijalarini belgilovchi umumiy va o‘ziga xos omillarni o‘rganish, operatsion va moliyaviy risk darajasini baholash uchun zarur.
Parallel va dinamik qatorlarniqiyoslash turli ko‘rsatkichlar o‘rtasida aloqa shakllari va yo‘nalishlarini aniqlash va asoslash uchun foydalaniladi. Shu maqsadda ko‘rsatkichlardan birini tavsiflovchi raqamni o‘suvchi yoki kamayuvchi tartibda ranjirlash va shunga bog‘liq ravishda boshqa tadqiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni qay tarzda o‘zgarishini ko‘rib chiqish zarur.
10-jadvalda qishloq xo‘jalik ekinlari va tuproq hosildorligi bo‘yicha tumanning 10 fermer xo‘jaligiga oid ranjirlangan ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlarni o‘rganish o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasida chambarchas aloqa mavjudligini tasdiqlaydi: tuproq sifati oshganda don ekinlari hosildorligi o‘sadi.
10-jadval