Asosiy vositalarning tarkibi
|
O‘tgan yili
|
Hisobot yili
|
O‘zgarishi (+, –)
|
Summa,
ming so‘m
|
Salmog‘i,
%
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
Mutlaq, ming so‘mda
|
Salmog‘i,
%
|
1. Yer
|
30591
|
18,4
|
30591
|
16,9
|
-
|
-1,5
|
2. Bino
|
52313
|
31,5
|
51453
|
28,5
|
-860
|
-3,0
|
3. Inshoot
|
11430
|
6,9
|
11376
|
6,3
|
-54
|
-0,6
|
4. Uzatish moslamalari
|
5040
|
3,0
|
6009
|
3,3
|
+969
|
+0,3
|
5. Transport vositalari
|
2939
|
1,8
|
8651
|
4,8
|
+5712
|
+3,0
|
6. Hisoblash texnikasi va kompyuterlar
|
5100
|
3,1
|
5050
|
2,8
|
-50
|
-0,3
|
7. Ishlab chiqarish inventarlari
|
2449
|
1,5
|
2693
|
1,5
|
+179
|
-
|
8. Mashina va jihozlar
|
55400
|
33,3
|
64174
|
35,7
|
+8774
|
+2,4
|
9. Xo‘jalik inventarlari
|
-
|
-
|
-
|
|
-
|
-
|
10. Ishchi va mahsuldor hayvonlar
|
-
|
-
|
-
|
|
-
|
-
|
11. Ko‘p yillik ekinlar
|
-
|
-
|
-
|
|
-
|
-
|
12. Yer holatini yaxshilashdagi kapital xarajatlar
|
-
|
-
|
-
|
|
-
|
-
|
13. Asbob-uskunalar
|
210
|
0,1
|
225
|
0,1
|
+15
|
-
|
14. Boshqa asosiy vositalar
|
728
|
0,4
|
663
|
0,04
|
-663
|
-0,36
|
Jami ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar
|
166100
|
100,0
|
180222
|
100,0
|
+14122
|
-
|
Joriy yilda mashina va jihozlarning qiymati o‘sganligi korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Chunki mashina va jihozlar to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarishda qatnashadigan vositalar qatoriga kiradi.
Umuman olganda korxonada asosiy vositalarning dinamik o‘sishi kuzatilgan bo‘lib, bu korxonada asosiy vositalarning bosqichma-bosqich yangilanayotganligidan dalolatdir.
Quyidagi ma’lumotlar asosida asosiy vositalarning dinamik o‘zgarishlariga baho berish mumkin.
110-jadval Xo‘jalik yurituvchi subyektda asosiy vositalarning so‘nggi besh yillikdagi dinamik o‘zgarishlari tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
|
|
Yillar
|
|
|
2007-yil
|
2008-yil
|
2009-yil
|
2010-yil
|
2011-yil
|
1. Asosiy vositalar qiymati
|
157560
|
145935
|
158674
|
166100
|
180222
|
2. Bazis yiliga nisbatan o‘sishi, %
|
x
|
-7,38
|
+0,71
|
+5,42
|
+14,38
|
3. Oldingi yilga nisbatan o‘sishi, %
|
x
|
-7,38
|
+8,73
|
+4,68
|
+8,50
|
Korxonada asosiy vositalarning dinamik o‘zgarishi quyidagicha bo‘lgan. Joriy davr oxiriga kelib asosiy vositalarning o‘sishi bazis davriga nisbatan 14,38 %ni tashkil etgan. Eng yuqori o‘sish suratiga ham korxona 2011-yilda erishgan. Shuningdek, oldingi yilga nisbatan o‘sishda esa eng yuqori o‘sish sur’ati 2009-yilga to‘g‘ri kelmoqda, ya’ni ushbu yilda asosiy vositalar qiymati oldingi yilga nisbatan 8,73 % ga o‘sgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, korxona so‘nggi paytlarda asosiy e’tiborni eskirgan asosiy fondlarni hisobdan chiqarishga va ularni yangi fondlar bilan almashtirishga qaratmoqda.
Asosiy vositalarni aktiv va passiv fondlarga tarkiblashda asosiy jihat ularning mahsulot ishlab chiqarishdagi bevosita ishtirokiga qaratiladi. Aktiv asosiy vositalar, deb mahsulot ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashuvchi asosiy vositalarga aytiladi.
Ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beruvchi asosiy vositalar esa passiv asosiy fondlar sifatida qaralib, ularning tarkibiga bevosita binolar, inshootlar, yerlar (qishloq xo‘jaligi korxonalaridan tashqari) qiymati va hokazo. kiritiladi.
Tahlil etishda jami asosiy vositalar tarkibida ularning salmoq darajalariga baho beriladi va o‘zgarishlari o‘rganiladi.
Biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida hisobot davrida jami 180222 ming so‘mlik asosiy vositasi bo‘lib, shundan, 45,88 % aktiv asosiy vositalar va qolgan 54,12 % passiv asosiy vositalar bo‘lib hisoblanadi. Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan bevosita ishlab chiqarishda ishtirok etadigan, ya’ni aktiv asosiy vositalar salmog‘i 2,67 %ga ortganligini ijobiy baholash lozim bo‘ladi. Bunga mos ravishda passiv asosiy vositalar salmog‘i esa 2,67 %ga pasaygan. Asosiy vositalarning o‘tgan yilga nisbatan mutlaq o‘zgarishi +14122 ming so‘mni yoki 8,5 foiz (14122/166100* 100)ni tashkil etgan. Tahlil etishda jami asosiy vositalar tarkibida ularning salmoq darajalariga baho beriladi va o‘zgarishlari o‘rganiladi.
111-jadval Aktiv va passiv asosiy vositalar tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi, (+, –)
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
Summa, ming so‘mda
|
Salmog‘i, %
|
Jami asosiy vositalar
|
166100
|
100,0
|
180222
|
100,0
|
+14122
|
-
|
Shu jumladan:
• aktiv asosiy vositalar
|
71766
|
43,21
|
82693
|
45,88
|
+10927
|
+2,67
|
• passiv asosiy vositalar
|
94334
|
56,79
|
97529
|
54,12
|
+3195
|
-2,67
|
12.3. Tezlashgan amortizatsiya ajratmalari va ularning fond qaytimiga ta’siri tahlili
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy vositalari o‘z xizmat vazifasini bajarishi bilan bir qatorda eskirib ham boradi. Asosiy vositalarning eskirishi bugungi kunda asosan ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni jismoniy eskirish va ma’naviy eskirish. Bugungi kunda ko‘pgina asosiy vosita turlari jismoniy eskirishdan ko‘ra ma’naviy jihatdan tezroq eskirib qolmoqda. Shu sababli ham korxonalarning asosiy vositalarini batamom eskirib qolishining oldini olish maqsadida, ularga amortizatsiya (eskirish) hisoblab boriladi va asosiy vosita o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga sekin-astalik bilan o‘tkazib boradi.
Korxonaning amortizatsiya siyosati bevosita davlat amortizatsiya siyosati asosida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasining 1997-yil 27-fevraldagi me’yoriy xatiga hamda 2001-yil 9-yanvardagi Moliya vazirligining yo‘riqnomasiga muvofiq asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashni soddalashtirish maqsadida quyidagi beshta guruh asosiy vositalarga me’yorlar belgilangan:
Binolar, inshootlar va qurilmalar uchun – 5 %.
Yengil avtomobillar, taksilar, yo‘l harakatida foydalaniladigan avtotraktorlar, maxsus buyumlar, inventarlar, kompyuterlar, ma’lumotlarni qayta ishlovchi uskunalar uchun – 20 %.
Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtopritseplar, mashina, asbob-uskunalar va mebellar uchun – 15 %.
Yuqoridagi guruhlarga kiritilmagan boshqa asosiy vositalar uchun – 10 %.
Temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transport vositalari, issiqlik, gaz va suv uzatuvchi truboprovodlar, dizel generatorlari, elektr va aloqa uzatish uskunalari uchun – 8 %.
Ushbu me’yoriy xatda firma va kompaniyalar uchun amortizatsiya hisoblashning o‘zgartirilgan normalarini qo‘llash imkoniyati berilgan, ya’ni ular sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan (ikki koeffitsiyentga qadar) usullaridan foydalanishlari mumkin. Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash tartibi qo‘llanilsa, me’yoridan ortiqcha hisoblangan amortizatsiya summasi soliqqa tortiladigan foydaga qo‘shilib, o‘rnatilgan tartibda soliq to‘lashlari lozim.
Jahon tajribasida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning turli-tuman muhim uslublari mavjud. Bunday muhim uslublariga quyidagilar kiritiladi:
teng ulushlarda, amortizatsiya normalaridan kelib chiqqan holda eskirish hisoblash;
qoldiq usulda eskirish hisoblash;
ishlab chiqarish hajmiga muvofiq eskirish hisoblash; ● kumulyativ usulda eskirish hisoblash va hokazo.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida ishlatilishi tufayli jismoniy va ma’naviy eskirib boradi.
Eskirish – asosiy vositalar (bino, inshoot, uskunalar va hokazo) fizik xususiyatlarini yo‘qotishi, shuningdek, texnik-iqtisodiy xossalari va buning oqibatida ular qiymatini yo‘qotish ko‘rsatkichidir. Eskirish qiymatini mahsulot tannarxiga o‘tkazish orqali korxona mablag‘larni yangi uskunalarni xarid qilishga jamlash va shu tariqa korxonaning asosiy vositalar bilan jihozlanish darajasini tiklash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Asosiy vositalarning qiymatini amortizatsiyani hisoblab yozish yo‘li bilan hisobdan chiqarishning turli xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari quyidagilardir:
qiymatni bir maromda (to‘g‘ri chiziqli) hisobdan chiqarish usuli;
eskirishni bajarilgan ishlar (ishlab chiqarish) hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuli;
tezlashtirilgan hisobdan chiqarishning ikki usuli:
qiymatning yillar yig‘indisi bo‘yicha hisobdan chiqarish usuli
(sonlar summasi usuli) yoki kumulyativ usul;
kamayib boruvchi qoldiq usuli.
Quyidagi misollar orqali yuqoridagi usullarni ko‘rib chiqamiz.
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati – 1.000.000 so‘m.
Asosiy vositalarni tugatish qiymati – 100.000 so‘m.
Asosiy vositalarning xizmat muddati – 5 yil.
Ushbu holatda har yilgi amortizatsiya amortizatsiyalanadigan qiymatning 20 %ini yoki to‘g‘ri chiziqli hisobdan chiqarish usuliga muvofiq 180.000 so‘mni tashkil qiladi (1.000.000-100.000):5=180.000 so‘m.
Do'stlaringiz bilan baham: |