To‘g‘ri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblash tartibi
Sana
|
Boshlang‘ich qiymat
|
Amortizatsiya normasi
|
Amortizatsiya summasi
|
Qoldiq summasi
|
1-yil oxiri
|
1.000.000
|
20
|
180.000
|
820.000
|
2-yil oxiri
|
1.000.000
|
20
|
180.000
|
640.000
|
3-yil oxiri
|
1.000.000
|
20
|
180.000
|
460.000
|
4-yil oxiri
|
1.000.000
|
20
|
180.000
|
280.000
|
5-yil oxiri
|
1.000.000
|
20
|
180.000
|
100.000
|
Amortizatsiyani bajarilgan ishlar (ishlab chiqarish) hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuli. Masalan, yuk mashinasining boshlang‘ich qiymati – 1.00.000 so‘m, tugatish qiymati – 100.000 so‘m, xizmat muddati – 5 yil, yo‘l bosishi – 90.000 km. 1 km.ga amortizatsiya xarajatlari quyidagicha aniqlanadi:
( Boshlang‘ich qiymat – tugatish qiymat)=1.000.000–100.000=10 so‘m/km.
Тaxmin qilinayotgan ish birliklari soni 90.000
Agar birinchi yildagi foydalanishi chog‘ida yuk mashinasi 20.000 km yo‘l yurgan, ikkinchi yilda – 30.000, uchinchi yilda – 1000, to‘rtinchi yilda – 20000 va beshinchida – 10000 km yo‘l bosgan bo‘lsa, u holda amortizatsiya ajratmalari jadvali quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Sana
|
Boshlang‘ich qiymat
|
Yillik amortizatsiya normasi
|
To‘plangan eskirish
|
Qoldiq summasi
|
1-yil oxiri
|
1.000.000
|
200.000
|
200.000
|
800.000
|
2-yil oxiri
|
1.000.000
|
300.000
|
500.000
|
500.000
|
3-yil oxiri
|
1.000.000
|
100.000
|
600.000
|
400.000
|
4-yil oxiri
|
1.000.000
|
200.000
|
800.000
|
200.000
|
5-yil oxiri
|
1.000.000
|
100.000
|
900.000
|
100.000
|
Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash tartibi. Yuk mashinasining xizmat ko‘rsatish muddati – 5 yil. Sonlar summasi – foydalanish yillari 15 (kumulyativ sana): 1+2+3+4+5=15 ni tashkil qiladi. Keyin har bir kasrni 900.000 so‘m (1000.000–100.000) ga teng bo‘lgan amortizatsiyalanadigan qiymatga ko‘paytirish yo‘li bilan har bir yilga bo‘lgan amortizatsiya summasini aniqlaymiz. 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15.
Ushbu holatda amortizatsiya ajratmalari jadvali quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Sana
|
Boshlang‘ich qiymat
|
Amortizatsiya normasi
|
Amortizatsiya summasi
|
Qoldiq summasi
|
1-yil oxiri
|
1.000.000
|
5/15
|
300.000
|
700.000
|
2-yil oxiri
|
1.000.000
|
4/15
|
240.000
|
460.000
|
3-yil oxiri
|
1.000.000
|
3/15
|
180.000
|
280.000
|
4-yil oxiri
|
1.000.000
|
2/15
|
120.000
|
160.000
|
5-yil oxiri
|
1.000.000
|
1/15
|
60.000
|
100.000
|
Qoldiq usulda amortizatsiya hisoblash tartibi
Sana
|
Boshlang‘ich qiymat
|
Amortizatsiya normasi
|
Amortizatsiya summasi
|
Qoldiq summasi
|
1-yil oxiri
|
1.000.000
|
20
|
180.000
|
820.000
|
2-yil oxiri
|
1.000.000
|
20
|
240.000
|
460.000
|
3-yil oxiri
|
1.000.000
|
20
|
180.000
|
280.000
|
4-yil oxiri
|
1.000.000
|
20
|
120.000
|
160.000
|
5-yil oxiri
|
1.000.000
|
20
|
60.000
|
100.000
|
Bu usul orqali amortizatsiya hisoblanganda ikkinchi yildan so‘ng xarajat sifatida qo‘shiladigan eskirish summasi kamayib boradi. Demak, sof moliyaviy natija asosiy vositalarning so‘nggi muddatlarida ko‘payishi kuzatiladi.
Ikki karra oshirilgan usulda amortizatsiya hisoblash usuli
Sana
|
Boshlang‘ich qiymat
|
Amortizatsiya normasi
|
Amortizatsiya summasi
|
Qoldiq summasi
|
1-yil oxiri
|
1.000.000
|
20x2
|
360.000
|
540.000
|
2-yil oxiri
|
1.000.000
|
20x2
|
216.000
|
324.000
|
3-yil oxiri
|
1.000.000
|
20x2
|
129.600
|
194400
|
4-yil oxiri
|
1.000.000
|
20x2
|
77760
|
116640
|
5-yil oxiri
|
1.000.000
|
20x2
|
-
|
116670
|
Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
yer;
mahsuldor hayvonlar, buqa va ho‘kizlar;
kutubxona fondi;
budjet tashkilotlari, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va texnologik tashkilotlarning vositalari;
belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan asosiy vositalar; – to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar.
Asosiy vositalarni uzoq muddatli asosda ijaraga olgan yuridik shaxslar amortizatsiya ajratmalarini ham o‘zining, ham ijaraga olgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblab yozadilar. Ushbu holda ijaraga beruvchi ijaraga berilayotgan asosiy vositalar uchun amortizatsiya ajratmalarini hisoblab yozmaydi.
Amortizatsiya ajratmalari mahsulot tannarxining bir elementi bo‘lib, o‘zgarmas xarajatlar turkumiga mansubdir. Mahsulot hajmining ortishi bilan mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya ajratmalari qisqaradi, tannarxi pasayadi, foyda esa ortadi. Buning aksicha, mahsulot hajmining pasayishi amortizatsiya ajratmalarining mahsulot birligidagi ulushi ortishiga, tannarxning qimmatlashuviga va pirovard natijada foyda miqdorining kamayishiga olib keladi.
Amortizatsiyani tannarxga bo‘lgan ta’siri formula orqali quyidagicha aniqlanadi:1
zanjirli bog‘lanish usuli:
DCN = DCNAF + DCNA = (DAF A1) (+ DA1 AF 2);
integral usuli:
DCN = DCNAF + DCNA = (DAF A1 + ....) (+ DA1 AF 2 + ....),
bunda: DCNAF; DCNA amortizatsiya ajratmalari va amortizatsiya qaytimi
o‘zgarishining sotilgan mahsulot tannarxini o‘zgarishiga ta’siri:
AF1, AF2 – hisobot va bazis davrlariga tegishli amortizatsiya ajratmalari;
ΔAF – hisobot davridagi amortizatsiya ajratmalari summasining bazis davriga nisbatan o‘zgarishi;
A1 – bazis davrining amortizatsiya qaytimi;
ΔA1 – hisobot davridagi amortizatsiya qaytimining bazis davriga nisbatan o‘zgarishi.
12.4. Asosiy vositalarning texnik holati tahlili
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarning asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganligini o‘rganish bilan bir qatorda, ularning texnik holatiga ham baho berib boriladi. Odatda asosiy vositalar tarkibida yil davomida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Yangi asosiy vositalarni kirimi tufayli asosiy vositalar ortib boradi. Eskirgan asosiy vositalarni ishlab chiqarishdan chiqarish tufayli asosiy vositalar kamayishi mumkin. Bunday tabiiy holatlarning ro‘y berishi asosiy vositalarning texnik holatini tahlil etishni taqozo etadi. Asosiy vositalarning texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi:
– asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi; – asosiy vositalarning eskirish darajasi.
Asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsiyenti (Kyar) ularning qoldiq qiymatini daslabki qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Kyar = 1 sh 012satr .
1sh 010satr
Asosiy vositalarni eskirish koeffitsiyenti (Ke), ularning eskirish summasini asosiy vositalarni dastlabki qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Ke = 1 sh 011satr .
1sh 010satr
Asosiy vositalarning yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig‘indisi koeffitsentda 1,0 ga, foizda 100 teng bo‘ladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qa’bul qilinadi.
Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosatiga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo‘yilgan va konservatsiya qilingan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qaratiladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlarini ularning har bir turi va jami bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 1shakl «Buxgalteriya balansi» va 3-shakl «Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risidagi» hisobot shakllaridan olinadi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlari ularning harakat ko‘rsatkichlari bilan to‘ldiriladi.
112-jadval Asosiy vositalarining texnik holati tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |