Materiallar turi
|
Materiallarga
bo‘lgan talab, tn
|
Talabni qoplash manbayi
|
Shartnoma tuzildi, tonna
|
Talabni shartnoma bo‘yicha
qoplanishi,
%
|
Materiallarni
kelib
tushishi, tonna
|
Shartnoma
bajarilishi, %
|
ichki
|
tashqi
|
A
|
25000
|
500
|
24500
|
23300
|
95,1
|
21902
|
94,0
|
B
|
47000
|
50
|
4650
|
4420
|
95,0
|
4190
|
94,8
|
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, «A» xomashyo turiga tuzilgan tashqi shartnoma 95,1 (23300:24500x100) foizga, «B» turi bo‘yicha 95,0 foizga bajarilgan xolos. Korxonani ichki va tashqi manbalar bo‘yicha xomashyoga bo‘lgan talabi «A» xomashyosi bo‘yicha 95,2 ( ) foizga, «B» xomashyosi bo‘yicha esa 95,1
( ) foizga ta’minlangan. Materiallarni yetkazib berish rejasi 10,4 foizga bajarilmagan.
( )=89,6 foiz; 100-89,6=10,4
Zaxira holatini tahlil etish uchun belgilangan me’yor bilan zaxirani kundalik sarfi taqqoslanib xomashyo, yoqilg‘i va boshqa resurs-larni ortiqchaligi yoki yetishmasligi aniqlanadi.
62-jadval Moddiy resurslar zaxira holati tahlili
Materiallar
|
Bir kunlik materiallar sarfi, tonna
|
Haqiqatdagi mavjud zaxira
|
Zaxira me’yori
|
Maksimal me’yordan farqi
|
tonna
|
kun
|
maksimal
|
minimal
|
kun
|
tonna
|
A
|
400
|
3200
|
8
|
12
|
10
|
-4
|
-1600
|
3200:400=8 kun; 12-8=4 kunga zaxira yetishmaydi; -4x400=-1600 tonna.
Moliyaviy va boshqaruv tahlilida optimal hajmdagi buyurtma va zaxiralarni aniqlash muhim o‘rin tutadi. Zaxiralarni boshqarish eng zarur va mas’uliyatli hisoblanadi. Korxonaning barcha yakuniy natijalari zaxiralarni optimallashtirishga bog‘liq. Zaxiralarni samarali boshqarish sarmoyalarni aylanishini tezlashtiradi va uning daromadliligini oshiradi, zaxiralarni saqlash xarajatlarini kamaytiradi, xo‘jalik oborotidan sarmoyalarni bo‘shashini ta’minlaydi. Joriy zaxiralarni optimallashtirishda xorijiy mamlakatlarda bir qancha modellardan foydalaniladi. Ulardan keng tarqalgani iqtisodiy jihatdan asoslangan buyurtma modeli (EOQ – tovarlarni yetkazib berishning o‘rtacha miqdori modeli)dir. Bu modelning asosiy maqsadi zaxiralarni xarid etish va uni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni mumkin qadar qisqartirishdan iborat. Xarajatlar ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi:
tovarlarni tashish xarajatlari;
tovarlarni omborlarda saqlash xarajatlari;
Tovarlarni omborlarda saqlash xarajatlari (Zsak ) quyidagicha aniqlanadi:
Zsak= RPP *Ssak ,
2
RPP – kelib tushgan bir partiyadagi tovarni o‘rtacha miqdori;
Ssak - tovar birligini saqlash xarajati.Bu formula orqali xulosa qilish mumkinki, tovar birligini saqlash xarajati o‘zgarmagan holda jami tovar mahsulotini omborda saqlash xarajatlari bir partiyadagi tovarni o‘rtacha miqdorini kamaytirish hisobiga pasaytirishga erishish mumkin. Matematik formula tarzida EOQ quyidagicha ifodalanadi:
2*VPP B* jq
EOQ= Ssak ,
bunda, EOQ – tovarlarni yetkazib berishning o‘rtacha miqdori; VPP – xomashyo va materiallarga bir yillik talab; Bjq – bir birlik buyurtmani joylashtirish qiymati.
Ishlab chiqarish zaxirasini ( PZопт ) o‘rtacha optimal miqdori quyidagi formula orqali ifodalanadi:
PZопт = EOQ
2
Rivojlangan mamlakatlarda zaxiralar harakatini nazorat qilish tizimida ABC – analiz, XVZ – analiz va logistika keng tarqalgan.
ABC – analiz boshqaruv muammolari yechimini aniqlashga qaratilgan.
Bu nazorat turi ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot yetkazib beruvchilar, mahsulot guruhlari va ularni sotish bozori, iste’molchilarning kategoriyalari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadi. Zaxiralar harakatini nazorat qilish tizimida barcha zaxiralar uch guruhga bo‘lib o‘rganiladi.
A – kategoriyasiga tegishli zaxiralar bahosi qimmat bo‘lgan buyurtmalar bo‘lib ularni nazorat qilish doimiy tusga ega.
V – kategoriya tarkibiga operatsion jarayonning uzluksizligini ta’minlashda muhim bo‘lmagan tovar – moddiy qiymatliklar kiradi. Bu guruhdagi zaxiralar har oyda bir marotaba nazorat qilinadi.
S – kategoriya tarkibiga arzon qiymatlikka ega bo‘lgan tovar moddiy qiymatliklar kiradi. Moliyaviy natijalarni shakllanishida bu guruhdagi zaxiralar muhim rol o‘ynamaydi. Har kvartalda bir marotaba zaxira xarajati nazorat qilinadi.
XVZ – analizda materiallar ishlatilishi bo‘yicha strukturaga bo‘linadi.
X – guruhiga doimiy ishlatiladigan materiallar, V – guruhiga mavsumiy, Z – guruhiga doimiy xarakterga ega bo‘lmagan materiallar kiradi.
Zaxiralarni boshqarishda logistika asosiy rolni o‘ynaydi. U tovarlar harakatini «mol yetkazib beruvchi – korxona – iste’molchi» sikllarini muvofiqlashtiradi, iste’molchiga materiallar, mahsulotlarni o‘z muddatida, sifatli yetkazib berilishini kafolatlaydi. Buning natijasida omborda tovarlarni saqlash muddatlari qisqarishi tufayli zaxiralar aylanishi tezlashadi, korxona faoliyati samaradorligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |