12. Mahsulot hajmiga qanday mehnat omillari ta’sir etadi?
xodimlar soni, mehnat unumdorligi, ish vaqti fondi, ish kuni
davomiyligi;
ishchilar soni, 1 ishchini ishlagan kunlari, ish kuni davomiyligi,
ishchining bir soatlik ish unumi;
mehnat unumdorligi, ish vaqti fondi, ish kuni davomiyligi, 1
ishchining ishlagan kunlari;
xodimlar soni, jami ishlagan kishi-kunlari, kishi-soatlari,
ishchining bir soatlik ish unumi.
13. Kadrlar qo‘nimsizlik koeffitsiyentini aniqlang.
Jami xodimlar soni - 168 ta
Ishga qabul qilindi – 50 ta Ishdan bo‘shatildi – 20 ta Shu jumladan:
o‘z xohishiga muvofiq - 10
mehnat intizomini buzganligi uchun - 2 a) 0,3
b) 0,12
0,07
0,77
14. Quyidagi ma’lumotlar asosida 1 ishchining ishlagan kunlari, ish kuni davomiyligini o‘zgarish hisobiga yo‘qotilgan kishi soatlarini aniqlang?
Ko‘rsatkichlar
|
Hisobot yili
|
Rejadan farqi,
(;-)
|
Reja
|
Haqiqatda
|
1. Ishchilar soni
|
160
|
164
|
+4
|
2. 1. Ishchining ishlagan kunlari
|
225
|
215
|
-10
|
3. 1. Ishchinig ishlagan kishi soatlari
|
1755
|
1612,5
|
-142,5
|
4. Ish kuni davomiyligi, soatda
|
7,8
|
7,5
|
-0,3
|
5. Ish vaqti fondi (kishi - soat)
|
280800
|
264450
|
-16350
|
a) – 16350; b) – 142,5; d) – 12792; e) – 23370.
VII BOB. MODDIY RESURSLAR BILAN TA’MINLANGANLIK VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISHNING TAHLILI
7.1. Xo‘jalik subyektlarining moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va
axborot manbalari
Korxonani to‘liq hajmda xomashyo va assortimentdagi boshqa materiallar bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanish tufayli mahsulot hajmi, foyda va rentabelligi ortadi, mahsulot tannarxi pasayadi. Buning aksi bo‘lgan hollarda esa ishlab chiqarish izdan chiqadi, maromdan chetlashiladi, ayrim hollarda ishlab chiqarish to‘xtab qoladi. Xomashyo, yoqilg‘i, energiya va boshqa mehnat predmetlariga bo‘lgan talab mustaqil ravishda korxona tomonidan rejalashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonunining 22-moddasi 1bandida bu xususda shunday deyiladi: «Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini o‘rganish, narx-navoning o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot asosida o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini mustaqil amalga oshiradi».
Texnika taraqqiyoti (mashina va mexanizmlar konstruksiyasini takomillashtirish, ularning parametrlarini yaxshilagan holda massasini kamaytirish, elektronikaning so‘nggi yutuqlari asosida buyumlarni miniaturalashtirish va mikrominiaturalashtirish, progressiv materiallarni, kamchiqitli va chiqitsiz texnalogiyani qo‘llash), tejamkorlik rejimiga rioya qilish har bir ishlovchida omilkorlik, jamoaviy mehnat natijalariga ongli munosabatda bo‘lish tuyg‘usini singdirish material sig‘imini kamaytirishning asosiy omillaridir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida ro‘y berayotgan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘zining aniq ifodasini topmoqda. 2011-yilda tovarlar va xizmatlar eksporti hajmi 15,4 foizga ortdi. Eksport tarkibida tayyor mahsulot hajmi keyingi yillarda yuqori sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Bular qatoriga, avvalambor, mashina va asbobuskunalar, neft-kimyo mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, paxta tolasidan tayyorlangan ip – kalava va gazlama, trikotaj va oziq-ovqat tovarlari, kabel - o‘tkazgich mahsulotlari, qurilish materiallari kiradi. Eksport korxona faoliyatining eng muhim yo‘nalishiga, butun iqtisodiyotimizning rivojlanish natijalarini baholash mezoniga aylandi. Eksport, mahsulot sifati, materiallardan foydalanishda iqtisodga erishish, yangi texnikani ishlab chiqarishga jalb etishga bog‘liq. Respublikada ishlab chiqarishni texnik jihatdan muntazam modernizatsiya qilib borish uchun samarali rag‘batlantirish tizimi yaratilgan. Unga muvofiq keltirilgan yangi texnikadan undiriladigan mulk solig‘i bekor qilindi. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki xususiy sektorda texnikadan unumli foydalanish evaziga moddiy resurslardan iqtisodiy samaraga erishilmoqda, chunki, ularda mulkka egalik qilish hissi yuqoridir. Moddiy resurslar bilan korxonani ta’minlanishi, zaxira holati, ulardan samarali foydalanish, ichki imkoniyatlarini aniqlashda iqtisodiy tahlilning roli kattadir.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har qanday korxona asosiy maqsadiga erishish uchun ishlab chiqarish xarajatlarini, jumladan, mehnat predmetlaridan tejab-tergab foydalanishga alohida e’tibor beradi. Shuning natijasida ular o‘z foydalarini ko‘paytirishga, oqibat natijada foydalilik darajasini oshirishga erishadilar. Mahsulot ishlab chiqarishda mehnat predmetlarining ahamiyati katta. Ularsiz ayrim hollarda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati cheklanadi ayrim hollarda esa umuman mumkin emas.
Masalan, mehnat predmeti hisoblangan metallar elektr quvvati va boshqalar mavjud bo‘lmasa mahsulot ishlab chiqarish ham cheklanadi. Shunday ekan mehnat predmetlariga sanoat ishlab chiqarishida nimalar kirishliligini aniqlab olish lozim. Adabiyotlarda, korxona hujjatlarida ko‘rsatilishicha mehnat predmetlariga quyidagilar kiritilgan:
xomashyo va materiallar;
elektro-energiya;
yoqilg‘i;
yog‘lovchi materiallar;
kam baholi va tez to‘zuvchi buyumlar va boshqalar.
Mehnat predmetlaridan samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o‘rtacha xarajatlari yoki tannarxlari pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydalari ortadi. Shuning bilan birgalikda mehnat predmetlaridan o‘rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari esa ko‘payadi.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, tannarxning pasayishi, foyda va rentabelligining oshishi, korxonani moddiy resurslar bilan belgilangan assortimenti va sifati bo‘yicha ta’minlanishiga bog‘liq. Shuning uchun sanoat korxonalari o‘z ishlab chiqarishini bir meyorda samarali rivojlanishini ta’minlash maqsadida uzoq muddatga mo‘ljallangan biznes-rejalariga asoslangan holda mehnat predmetlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor beradilar, chunki hozirgi paytda mehnat predmetlarini yo‘qligi yoki o‘z vaqtida olib kelinmaganligi sababli sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati turib qolmoqda.
Korxonalarning moddiy resurslar bilan o‘z vaqtida, zaruriy miqdorlarda, belgilangan sifatda hamda bir maromda ta’minlanishi shu bilan birgalikda ulardan ratsional foydalanish pirovardida uning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun har tomonlama ta’sir etadi.
Korxonalarning rivojlanishi, taraqqiy etishi hamda iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lishi oqibat natijada mustaqil respublikamizning iqtisodiyotini barqarorlashishiga zamin yaratadi. Xalqimiz turmush darajasining yanada yuksalishiga har tomonlama o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi, o‘z navbatida, moddiy resurslardan foydalanish ko‘lamining ham kengayishiga olib keladi. Shuning uchun moddiy resurslardan tejabtergab foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Mehnat predmetlaridan to‘liq va samarali foydalanishni ta’minlash uchun hozirgi davrda zamonaviy yangi texnikalardan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezkorlik bilan tatbiq etishni taqozo etadi, chunki ular yordamida mehnat predmetlari ishlab chiqarishga sarf qilinishi, tejalishi ta’minlanadi. Ishlab chiqarish turli mulk shakllarini, xususan, asosiy e’tiborni nodavlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarni barpo etish va rivojlantirishga qaratish maqsadga muvofiqdir, sababi ularda mulkka egalik qilish hissiyoti doimo yuqori darajada bo‘ladi. Darhaqiqat, nodavlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarda mehnat predmetlari ularning mulki hisoblanadi. Undan imkoniyat doirasida samarali foydalanishga katta e’tibor beriladi.
Moddiy resurslardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati katta. Korxonada moddiy resurslardan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarni tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin.
Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida korxonalarning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini va ulardan samarali foydalanishni tahlil etishda boshqaruv tahlilining eng asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
korxona, birlashmalarning zarur bo‘lgan moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash;
moddiy resurslarni korxonaga yetkazib berish hajmini, kompleksliligini, sifatliligini, navini hamda maromiylik darajasini belgilash;
moddiy resurslarni yetkazib berish borasida korxonalararo tuziladigan shartnomalarning o‘z vaqtida tuzilganligini aniqlash;
moddiy texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga
yaqinligini tekshirish;
transport-tayyorlov xarajatlarini hisoblash;
materiallardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni mahsulot hajmiga hamda uning tannarxiga ta’sirini miqdor jihatdan hisoblash;
xomashyo, yoqilg‘i va materiallarga baho berishda foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish va boshqalar.
Tahlil uchun zarur ma’lumotlar, moddiy texnika ta’minoti rejasi, xomashyo va materiallar bo‘yicha tuzilgan shartnoma hamda moddiy resurslar mavjudligi va ulardan foydalanishning statistik hisobotidan olinadi. Korxonalarda mehnat predmetlaridan foydalanishni tahlil etishda ularni sarflanishi bo‘yicha o‘rnatilgan me’yoriy ma’lumotlardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Mehnat predmetlaridan samarali foydalanishga Respublikamiz hukumati tomonidan ham doimo alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular qabul qilingan normativ hujjatlarda o‘z aksini topgan. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi, «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlarda, farmonlarda, qarorlarda o‘z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |