Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 9,79 Mb.
bet34/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

Ko‘rsatkichlar

O‘tgan davr

Hisobot davri

O‘tgan davrga nisbatan hisobot davrida, %

Sut ishlab chiqarish xarajatlari, ming so‘m.

15 000

19 800

132

Sut yog‘liligi, %

3,5

3,3

94,3

Bazis yog‘lilik, %

3,4

3,4

100

Sut ishlab chiqarish hajmi, s:

  • haqiqatdagi yog‘lilik bo‘yicha

  • bazis yog‘lilik bo‘yicha

25 000
25 735

30 000
29 117

120
113,1

1 s sut tannarxi, so‘m.:

  • haqiqatdagi yog‘lilik bo‘yicha

  • bazis yog‘lilik bo‘yicha

600
583

660
680

110
116,6


Iqtisodiy tahlilda mahsulotlarning jami mahsulot hajmi tarkibidagi salmog‘i yoki strukturasini o‘zgarishi ham mazkur ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslashda ayrim noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlarni bir xil strukturaga keltirish uchun, haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi bazis davr strukturasiga qayta hisoblanishi zarur.
14-jadval Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va strukturasi

Bu yerda: qp–mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmi; s umumiy ishlab chiqarishda i-ko‘rinishdagi mahsulotlarning
solishtirma salmog‘i ; p i- ko‘rinishdagi mahsulotlar narxi.
Keltirilgan misolda (14-jadval) ishlab chiqarish strukturasi o‘zgardi va uning ta’sirida A va S mahsulotlar ulushi ortdi, B mahsulot esa kamaydi, natijada mahsulot ishlab chiqarish hajmi qiymat ifodasida 7,6 ming so‘mga ortdi. Bu korxona faoliyatining yanada obyektiv bahosi, chunki mehnat sig‘imi bo‘yicha uchala mahsulot ham bir xil.
Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun turli usullardan foydalaniladi. Misol uchun, mutlaq kattalik o‘rniga o‘rtacha yoki nisbiy kattaliklarni qo‘llab, qator hollarda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligiga erishish mumkin. Korxonalarning ishlab chiqarish bazasini hisobga olmasdan mahsulot ishlab chiqarish hajmi, foyda summasi va boshqa mutlaq ko‘rsatkichlarni qiyoslash mumkin emas, lekin mutlaq kattaliklar o‘rniga nisbiy, misol uchun, bir ishchi tomonidan ishlab chiqarigan mahsulot, aktivlarning ming so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda summasi va shu kabilar. Ushbu holda bunday taqqoslash butunlay to‘g‘ri sanaladi.
Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun tuzatish koeffitsiyentlari ham keng qo‘llaniladi. Xususan, ko‘rsatkichlarning metodik nomutanosibligiga nisbatan e’tiborli bo‘lish lozim. U nafaqat taqqoslash natijalarini, balki umuman voqelik ma’nosini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Misol uchun, fond qaytimi asosiy vositalarning jami summasi bo‘yicha, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalar bo‘yicha yoki faqat ularning aktiv qismi bo‘yicha hisoblanishi mumkin. Shuning uchun, xulosalar to‘g‘riligini ta’minlash uchun ularni hisoblash metodikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar bir xilligiga erishish lozim.
Ko‘rsatkichlarni taqqoslashda ularning taqqoslanuvchanlik bo‘yicha tabiiy-iqlim sharoitarini ta’minlash juda muhim. Xususan, bu qishloq xo‘jaligi uchun juda dolzarb masala sanaladi. Korxonalarning turli tabiiy-iqtisodiy zonalarda bo‘lishi mahsulot yetishtirishga, vaqtinchalik va doimiy xarajatlar darajasiga, mahsulotlar mehnat sig‘imi va boshqalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu omil bo‘yicha ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun iqlimiy va hududiy xususiyatlar bilan shartlangan ko‘rsatkichlarning o‘sish ulushi ajratiladi, keyin esa ularning ta’siri bartaraf etiladi.
Ayrim ko‘rsatkichlarning mavsumiy tavsifiga e’tibor qaratish zarur. Misol uchun, tovar zaxiralari mavsumgacha jamlanadi, qishki davr uchun ozuqa zaxiralari yaratiladi, korxonaning ishchan faolligi davrida kapital aylanuvchanlik koeffitsiyenti o‘sadi. Ayrim hollarda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchan emasligi korxonaning hisob siyosatidagi o‘zgarishlari bilan ham kelib chiqishi mumkin. Xususan, amaldagi me’yoriy hujjatlar bir ma’noga ega ko‘rsatkichlarni turli usullar bilan shakllantirish mumkinligiga yo‘l qo‘yadi. Misol uchun, asosiy vositalarga eskirish hamda nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashni turli metod va usullarining mavjudligi; iste’mol qilingan ishlab chiqarish zaxiralarini baholash metodini o‘zgartirish (NIFO, FIFO, LIFO) va boshqalar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, ko‘rsatkichlarni taqqoslanuvchan shaklga keltirishning asosiy usullari qiymat, hajm, sifat va struktura omillarning ta’sirini ularni yagona bazisga keltirish yo‘li bilan xolislantirish, shuningdek, foydalanish o‘rtacha va nisbiy kattalik, tuzatish koeffitsiyentlari, qayta baholash metodlaridan foydalanish va shu kabilar hisoblanadi.

Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish