Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yili
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
Biznesrejada
|
Haqiqatda
|
O‘tgan yildan
|
Biznesrejadan
|
Mahsulot hajmi solishtirma ulgurji bahoda, ming so‘m
|
2113430
|
2198763
|
2553967
|
+440537
|
+355204
|
Ishchilarning jami ishlagan kishikunlari, ming kishi-kuni
|
162,27
|
160,2
|
153,5
|
-8,77
|
-6,7
|
Ishchilarning jami ishlagan kishisoatlari, ming kishi-soat
|
1287,8
|
1255,2
|
1202,8
|
-85,0
|
-52,4
|
Ishchilarni ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni, kishi
|
617
|
605
|
599
|
-18
|
-6
|
Hisob-kitoblar:
|
|
|
|
|
|
Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot, ming so‘m gr1/4
|
3425,3
|
3634,3
|
4263,7
|
+838,4
|
+629,4
|
Bir ishchini yil davomida ishlagan kishi-kunlari, kishi-kuni gr2/4
|
263
|
265
|
256
|
-7
|
-9
|
O‘rtacha ish kuni davomiyligi, soat gr3/gr2
|
7,85
|
7,83
|
7,84
|
-0,01
|
+0,01
|
Ishchini 1 soatlik ish unumi, (so‘m) gr1/gr3
|
1641,117
|
1751,723
|
2123,351
|
+482,234
|
+371,628
|
Bir ishchini o‘rtacha yillik mahsulot hajmini rejadan farqiga ta’siri:
|
x
|
x
|
x
|
x
|
+629,4
|
a) yo‘qotilgan ish kunlari hisobiga
|
x
|
x
|
x
|
x
|
-123,4
|
b) ish kuni davomiyligini uzayishi
hisobiga
|
x
|
x
|
x
|
x
|
+4,5
|
v) 1 soatlik ish unumini ortishi
hisobiga
|
x
|
x
|
x
|
x
|
+745,9
|
a) –9 * 7,83 * 1751,723 b) +0,01 * 256 * 1751,723
d) +371,628 * 7,84 * 256
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida o‘rganilayotgan davrda bir ishchining o‘rtacha yillik mehnat unumdorligi 629,4 ming so‘mga ko‘tarilgan. Ishchilarning mehnat unumdorligini oshishida, asosan, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘sishi hamda aksincha, ishchilar sonining va bir ishchining yil davomida ishlagan kishi kunlarining kamayganligi ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Bundan tashqari jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonada ishchining mehnat unumdorligini oshishiga, asosan, uchta omil, ya’ni ish kunlarining yo‘qotilishi hisobiga 123,4 ming so‘mga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, ish kuni davomiyligining biznesrejadagiga nisbatan 0,01 soatga uzayganligi mehnat unumini 4,5 ming so‘mga, ishchilarning bir soatlik ish unumini 371,628 so‘mga ortganligi ham mehnat unumini 745,9 ming so‘mga oshirgan. Har uchala omilning ta’siriga ko‘ra bir ishchining o‘rtacha yillik mehnat unumdorligi biznesrejadagiga nisbatan 629,4 ming so‘mga ortishiga olib keldi. Bunday natijalarni aksionerlik jamiyati uchun ijobiy deb baholamoq lozim.
6.8. Mahsulot mehnat sig‘imi tahlili
Ishlab chiqarish hajmi, mahsulot strukturasi va assortimentini o‘zgarishiga ham bog‘liq. Kam mehnat talab etadigan mahsulot turlarini ko‘proq ishlab chiqarish tufayli mahsulot struktura va assortimentini o‘zgarishi mehnat unumdorligini o‘sishiga olib keladi.
Struktura va assortimentni unumdorlik darajasiga ta’sirini mehnat sig‘imi orqali aniqlash mumkin.
Mehnat sig‘imi – mahsulot, yarimfabrikat mahsulotni ayrim qismlarini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o‘lchanadi.
Sanoatda mehnat unumdorligini o‘sishi ilmiy-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish natijasida mehnat sig‘imini pasaytirish hisobiga erishiladi.
Mehnat sig‘imi bilan mehnat unumdorligi bilvosita bog‘liqlikka ega. Mehnat sig‘imi pasayishi tufayli mehnat unumdorligi ortadi va buning aksicha, mehnat sig‘imi ortsa-mehnat unumdorligi pasayadi.
Mehnat sig‘imini pasaytirish mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan ish vaqtini qisqartirish orqali erishiladi.
Mehnat sig‘imini pasaytirish hisobiga mehnat unumdorligini o‘sishi (foiz hisobida) quyidagicha aniqlanadi.
100 x A
Mu = ---------------- 100 - A
Bunda: A- ishlab chiqarilgan mahsulot mehnat sig‘imini pasaytirish (foiz hisobida).
Mu – mehnat unumdorligini o‘sish darajasi ( foiz hisobida).
Masalan, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat 8550 kishi-soatni tashkil etib, norma bo‘yicha 9000 kishi-soatga nisbatan 450 kishi-soat iqtisod qilingan. Demak, mehnat sig‘imini 5 % (450:9000x100) ga pasayishi mehnat unumdorligini 5,26% (9000:8550x100) ga ortishiga olib keldi.
Erishilgan natijani yuqoridagi formula orqali ham aniqlash mumkin.
100 x 5
Mu = ( ----------- ) = 5,26 %
100 – 5
Mehnat unumdorligini mehnat sig‘imiga ta’siri quyidagicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |