Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarining darajasi va dinamikasi tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yili
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
Biznesreja
bo‘yicha
|
Haqiqatda
|
O‘tgan yildan
|
Biznesrejadan
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1. Mahsulot hajmi (ish, xizmat) solishtirma ulgurji bahoda, ming so‘m
|
2113430
|
2198763
|
2553967
|
+440537
|
+355204
|
2. Sanoat ishlab chiqarish xodimlarini ro‘yxat bo‘yicha soni, kishi
|
838
|
820
|
814
|
-24
|
-6
|
3. Shu jumladan, ishchilar soni, kishi
|
617
|
605
|
599
|
-18
|
-6
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
4. Bir ishchini yil davomida ishlagan kishi-kunlari, kishikun
|
263
|
265
|
256
|
-7
|
-9
|
5. Bir ishchini yil davomida ishlagan kishi-soatlari, kishisoat
|
2087,15
|
2074,71
|
2008,01
|
-79,14
|
-66,7
|
6. O‘rtacha ish kuni davomiyligi, soat
|
7,85
|
7,83
|
7,84
|
-0,01
|
+0,01
|
7. Ishchilar sonini sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibida tutgan salmog‘i, %
|
73,63
|
73,78
|
73,59
|
-0,04
|
-0,19
|
8. Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot, ming so‘mda (1\2)
|
2522,0
|
2681,4
|
3137,6
|
+615,6
|
+456,2
|
9. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot, ming so‘mda (1\3)
|
3425,3
|
3634,3
|
4263,7
|
+838,4
|
+629,4
|
10. Ishchining bir kunlik ish unumi, so‘m (1\4)
|
8035,855
|
8297,219
|
9976,433
|
+1940,578
|
+1679,214
|
11. Ishchining bir soatlik ish unumi, so‘m (1\5)
|
1012,591
|
1059,793
|
1271,889
|
+259,298
|
+212,096
|
Ushbu jadval ma’lumotlari asosida xo‘jalik subyektidagi mehnat unumdorligiga va uning dinamik o‘zgarishlariga baho berishimiz mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, korxonada barcha turdagi mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari o‘tgan yili va biznes-rejaga nisbatan o‘sgan. Mehnat unumdorligining o‘sishiga, asosan, mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sishi va aksincha, ishchi va xodimlarning kamayganligi sabab bo‘lgan. Unumdorlikning o‘sishini ijobiy baholash lozim.
6.6. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagicha ifodalash mumkin.
Bir xodimga to‘g‘ri Sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi keladigan o‘rtacha yillik = ishchilarni tutgan ulushi, (%) * Bir ishchining mahsulot o‘rtacha yillik mahsuloti
Mehnat unumini tahlil etishda uning dinamikasi, rejasini bajarilishiga baho beriladi. Unumdorlik darajasini o‘zgarish sabablari aniqlanadi va unga ta’sir etuvchi omillar miqdor jihatdan hisoblanadi.
57-jadval Bir xodimning mehnat unumi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yili
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
Biznesreja bo‘yicha
|
Haqiqatda
|
O‘tgan yildan
|
Biznesrejadan
|
Mahsulot (ish, xizmat) hajmi solishtirma ulgurji bahoda, ming so‘m
|
2113430
|
2198763
|
2553967
|
+440537
|
+355204
|
Sanoat ishlab chiqarish xodimlarni o‘rtacha soni, kishi
|
838
|
820
|
814
|
-24
|
-6
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
Ishchilar soni, kishi
|
617
|
605
|
599
|
-18
|
-6
|
sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi ishchilar salmog‘i, % gr3*100/gr2
|
73,63
|
73,78
|
73,59
|
-0,04
|
-0,19
|
Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot, ming so‘m gr1/gr2
|
2522,0
|
2681,4
|
3137,6
|
+615,6
|
+456,2
|
Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot, ming so‘m gr1/gr3
|
3425,3
|
3634,3
|
4263,7
|
+838,4
|
+629,4
|
Bir xodimni rejaga nisbatan mehnat unumining o‘zgarishi:
|
x
|
x
|
x
|
x
|
+456,2
|
A) Ishchilar salmog‘ini o‘zgarishi hisobiga
-0,19*3634,3 /100
|
x
|
x
|
x
|
x
|
-6,905
|
B) bir ishchini mehnat unumini
o‘zgarishi hisobiga +629,4*73,59/100
|
x
|
x
|
x
|
x
|
+463,175
|
Tahlil etilayotgan xo‘jalik subyektida hisobot davrida bir xodimning o‘rtacha yillik mehnat unumdorligi biznes-rejaga nisbatan 456,2 ming so‘mga o‘sgan. Bunga, asosan, ikkita omil ta’sir etgan. Mahsulot hajmi solishtirma ulgurji bahoda o‘tgan yilga, rejaga nisbatan ortgan. Xodimlar va ishchilar soni esa shu davr ichida kamaygan, demak, mahsulot hajmining o‘sishi mehnat unumdorligini o‘sishi bilan izohlanadi, ya’ni korxonaning sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibida ishchilar salmog‘ining o‘zgarishi hisobiga bitta xodimning o‘rtacha yillik mehnat unumdorligiga 6,905 ming so‘mga pasayishiga ta’sir etgan. Aksincha, ikkinchi omil bo‘lmish, bir ishchining mehnat unumdorligini biznesrejaga nisbatan 629,4 ming so‘mga ortganligi hisobiga bitta xodimning mehnat unumdorligi ham 463,175 ming so‘mga ortgan. Har ikkala omilning ta’siri umumlashtirilganda, ularning natijasi ijobiy bo‘lib, bu ko‘rsatkich 456,2 ming so‘mni tashkil qilgan.
6.7. Ishchining mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalar mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga va uni bozorga taklif qilish orqali ko‘proq foyda olishga intiladi. Bunday sharoitda mahsulot hajmini korxonani kengaytirish yoki xodimlar sonini ko‘paytirish bilan bir qatorda, bevosita ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi ishchilarning mehnat unumdorligini ko‘tarish orqali amalga oshirgani korxona uchun ko‘proq samarali hisoblanadi. Shu tufayli ham har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z ishchilarining mehnat unumdorligini oshirish choralarini ko‘rishga harakat qiladi hamda unumdorlikka ta’sir etuvchi omillarni o‘rganib boradi.
Odatda, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmi quyidagi omillarga bog‘liq.
Bir ishchining yil davomida ishlagan o‘rtacha kishi kunlari = (jami kishi kunlari / ishchilar soni).
Ish kuni davomiyligi, soat = (jami ishlangan kishi soat / jami ishlangan kishi kunlari).
Ishchining bir soatlik ish unumi = (mahsulot hajmi / jami ishlangan kishi-soat).
Tahlil etishda bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmining rejasiga, o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish sabablari va unga ta’sir etuvchi omillar quyidagicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |