Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Nafaqalarni tayinlash va to’lash



Download 0,83 Mb.
bet89/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Nafaqalarni tayinlash va to’lash.


Nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiyasi yoki shu ish uchun vakil qilingan komissiya a’zosi tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi, a’zolari soni va raisi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrugi yoki boshqaruvning karori bilan tasdiqlanadi.
Komissiya mehnatda mayiblanganlarga, kasb kasalligiga chalinganlarga nafaqa tayinlash, nafaqa to’lashni rad etish, nafaqadan ( yoki qisman) maxrum etish va nafaqa olish huquqi yuza-sidan kelib chikkan nizolarni, vaqtincha mehnatga layokatsiz varakasi va boshqa hujjatlarning asosli ravishda va tugri berilganligini kurib chiqish huquqiga ega. qolgan barcha hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan a’zosi tayinlaydi.
Komissiyalar bulmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda nafaqalar ish beruvchi tomonidan shu ishga buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi.
Yuridik shaxs bulmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi shaxslar, dexkon xo’jaligi a’zolariga, shuningdek ay-rim fukarolarnikida shartnoma asosida ishlayotganlarga nafaqalar ijtimoiy taeminot bulimlari tomonidan tayinlanib, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan to’lanadi.
Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik muddati tu-gagandan keyin chiqishining birinchi kunidayok xo’jalik yurituvchi sub’ektga vaqtin-cha mehnatga layokatsizlik varakasini takdim etdilar. Mehnatga qobiliyatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi ish haqi be-rilishi vaqti kelganda topshirilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektda vaqtincha mehnatga layokatsizlik varakasining
“Tabelchi tomonidan va kadrlar bulimi tomonidan to’ldiriladi” degan bulimlarga zarur ma’lumotlar yoziladi va vaqtincha mehnatga layokatsizlik varakasi (bemor haqidagi ma’lumotlar yozib, imzo qo’yiladi) ijtimoiy sug’urta komissiyasiga topshirildi.
Agar baxtsiz xodisa boshqa sharoitlarda ruy bersa (uyda, ishga borish yoki ishdan kaytishda, davlat yoki jamoatchilik burchini bajarayotgan paytda), nafaqa ruy bergan baxtsizlik sabablari ish beruvchi tomonidan urganib chikilgandan keyingina tayinlanadi.
quyidagi sharoitlarda yuz bergan (jinoyat sodir qilish vaqtida jaroxatlanish hollaridan tashqari) jaroxatlanish mehnatda mayiblanish deb hisoblanadi:

  1. mehnat burchini bajarayotgan paytda (shu jumladan, xizmat safari vaqtida), shuningdek, maxsus topshirik bulmagan hollarda ham xo’jalik yurituvchi sub’ekt manfaatini kuzlab qilingan xatti-harakat paytida;

  2. ish beruvchining transportida ishga borayotgan yoki ishdan kay-tayotganda;

v) ish vaqti davomida (shu jumladan belgilangan tanaffus vaqtida) xo’jalik yurituvchi sub’ekt xududida yoki biron-bir boshqa ish joyida, ish boshlashdan oldin yoki ishdan keyin ish kurollarini, kiyim-kechaklarini va xokazolarni tartibga keltirish paytlarida;
g) ichki mehnat tartib-koidalariga zid bulmagan takdirda, ish vaqti davomida xo’jalik yurituvchi sub’ektga yakin bo’lgan joyda yoki boshqa ish joyida (belgilangan tanaffuslarda) xozir bo’lganda;

  1. asosiy ish bilan bog’liq bulmasa ham, davlat va jamoatchilik oldidagi burchlarini bajarayotgan chog’ida;

  2. inson xayotini kutkarish, huquq-tartibotni, davlat va jamoat mulkini, shuningdek, fukarolar mulklarini muxofaza qilish bo’yicha fukarolik burchini bajarayotgan paytida;

j) donorlik vazifalarni bajarish natijasida mehnat kobiliya-tining yukotilishi.
Kasb kasalliklari bo’yicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi tayinlashda Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son karori bilan tasdiqlangan Kasb kasalliklari ro’yxatda ko’rsatilgan kasalliklar hisobga olinadi.
Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyat-sizlik bo’yicha nafaqa komissiya tomonidan (jaroxatlangan xodimning axvoli komissiya majlisiga kelishga imkon bergan takdirda uning ishtirokida) tayinlanadi. Nafaqadan maxrum etish, nafaqadan yoki qisman rad etish masalasi nafaqa oluvchining ishtirokida kurib chikiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning bosh buxgalteriya komissiya bilan bir katorda nafaqa to’lash bo’yicha mablag’larning tugri xarajatlanishi uchun javobgardir.
Agar nafaqa tayinlanish yoki xodimning umumiy ish stajini aniklash paytida qonunchilikda kuzda to’tilgan koidalar buzilishiga yul qo’yilgan yoki to’lov uchun takdim qilingan hujjatlar noto’g’ri rasmiylashtirilgan bo’lsa bosh buxgalter to’lovni amalga oshirmay, ularni yul qo’yilgan xatolar to’g’risidagi yozma bayonnomasi bilan ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiyaga qaytarib berishi shart.
Xududiy soliq organlarining talabiga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ekt ma’muriyati tekshirish o’tkazish uchun zarur bo’lgan nafaqalarga oid tekshirishlar nafaqalar to’lanadigan mablag’larni xarajat qilishda suii’stemolik fosh etilgan takdirda o’tkaziladi. Barcha tekshirishlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ish beruvchi tomonidan mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi koidalari buzilishi okibatida xodimning mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligi sababli berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqani to’lashga ketgan barcha xarajatlarni koplashi lozim.
Nafaqalarni to’lash uchun qilingan xarajatlar qonunchilikda xilof rafishda amalga oshirilganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt, tashkilot, muassasalari tomonidan qilingan xarajatlar Pensiya jamg’armasi hisobiga kabul qilinadi va ular xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobiga yozib qo’yiladi.
Ishchilarga mehnat ta’tiliga to’lanadigan ish haqi maxsulot tannarxiga yid davomida bir tekis o’tkazilishini ta’minlash uchun har oyda ma’lum mablag’ rezerv qilib boriladi. Rezerv summasi ishchilarga har oyda haqikatan hisoblangan ish haqiga ma’lum foiz miqdorida tashkil qilinadi va schyotlarda quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuzish bilan aks ettiriladi:
D-t 2010,2110,2310,2320,2510
K-t 8910 “Kelgusida qilinadigan xarajat va to’lovlar rezervi” schyoti


Ishchilarning mehnat ta’tili vaqtida haqikatda hisoblangan ish haqini summasiga quyidagicha provodka beriladi.
D-t 8910
K-t 6710
8910 schyot bo’yicha kredit koldigi foydalanilmagan rezerv summasini ko’rsatadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish