Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Ishchi va xnzmatchilar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarning hisobi



Download 0,83 Mb.
bet85/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Ishchi va xnzmatchilar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarning hisobi




Ishchi va xizmatchilar bilan ish haqi va turli to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarni rasmiylashtirish uchun-hisob-kitob qaydnomasidan foydalaniladi.


Bu kaydnoma har bir tsex va bulimlar uchun tuzilib quyidagi ko’rsatkichlarni aks ettiradi. Ishchi va xizmatchilar ishlab chiqargan maxsulotining, soni, sifati, bajargan ishning hajmi yoki ishlagan vaqtiga karab hisoblangan ish haqi, ushlab kolinadigan soliqlar va boshqa ushlab kolishlar hamda berilishi lozim bo’lgan ish haqi miqdori ko’rsatiladi. Xodimni kuliga beriladigan ish haqi summasi ish haqini tlash kaydnomasiga kuchiriladi. Ushbu kaydnomaning titul varagida xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining ruxsat beruvchi imzosi beriladiyu o’z vaqtida (3 kun ichida) ishchilar tomonidan olinmagan ish haqi keyingi oyga koldi-riladi va deponentlashtiriladi.
Kassir ish haqini olmagan xodimlarning familiyasi tugrisiga
“deponentlashtirildi” degan shtamp kuyadi yoki yozma ravishda yozadi.
Shundan sung to’lov kaydnomasidan titul varagida kassir nakd pul bilan to’langan ish haqi summasini va deponentlashtirilgan ish haqining umumiy summasini yozadi hamda o’z imzosini kuyib buxgalteriyaga topshiradi. To’langan ish haqini summasiga kassa chikim orderirasmiylashtiriladi va bu order kassadan pullarni hisobdan chiqarish uchun asos bulib koladi.
Ish haqi deponentlashtirilgan har bir xodimga deponent varagi tuziladi.
Keyinchalik deponent varagi orqali ish haqi olinadi.
Xodimlar bilan mehnatga xak to’lash yuzasidan hisoblashishlarning sintetik hisobi ”Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlarni hisobga oluvchi” 6700 schyotlarda hisobga olib boriladi.
Bu schyotning kredit tomonida ishchi xodimlarga hisoblangan ish haqi, nafaqalar va boshqa to’lovlar debet tomonida esa ish haqidan ushlab kolinadigan summalar va berilgan ish haqi summalarni aks ettiriladi.
hisoblangan ish haqi tegishli xarajatlar schyotlari o’rtasida “ish haqini taksimlash kaydnomasi”ga muvofiq taksimlanadi. Bu kaydnoma buxgalteriyada mehnat va ish haqi bo’yicha rasmiylashtirilgan boshlangich hujjatlarga asoslanib tuziladi. Ishchi xodimlarga hisoblangan ish haqi buxgalteriya hisobi schyotlarda quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuzish bilan hisobga olinadi.
D-t: 2010;2310;2320;2510;9421;9450;
K-t: 6710;
Ish haqidan ushlab qolinadigan daromad solig’iga:
D-t: 6710
K-t: 6410 ”Byudjetga to’lovlar yuzasidan qarzlar” Deponentlashtirilgan ish haqiga:
D-t: 6710
K-t: 6720
Ishlatilmagan hisobdor summalarni ushlab qolish:
D-t : 6710
K-t: 4420-4490
Kreditga sotilgan tovarlar uchun ushlab qolinganda:
D-t: 6710
K-t: 4610
Berilgan qarz(zayom) ushlab qolingan: D-t: 6710
K-t: 6990, 7690
Moddiy zarar va kamomad ushlab qolinganda:
D-t: 6710
K-t: 4630 provodkalari beriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitaliga badal sifatida tasischilarning mehnat haqidan ushlab kolinishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
D-t: 6710
K-t: 4710
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari hisobidan ijtimoiy sug’urta ajratmalarining amalga oshirilishi (pensiya fondi va kasaba uyushmasiga) schyotlarda quyidagicha aks ettiradi.
D-t: 6710
K-t: 6520
Kassadan to’langan ish haqi, pensiya, nafaqa, mukofot va boshqa to’lovlarni berilganda:
D-t: 6710
K-t: 5010
Ishchi xodimlar bilan hisob kitobning analitik hisobi ish haqini hisoblash to’lov qaydnomasida yuritiladi.

Buxgalteriya hisobida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hisoblash va bu- "ish hakini xarajat sifatida tegishli xarajat schyotlariga taksimlash quyidagi bitta murakkab provodkada ko’rsatiladi:


Debet „Asosiy ishlab chiqarish" schyoti.
Debet „Yordamchi ishlab chiqarishlar" schyoti. Debet „Umumishlab chiqarish xarajatlari" schyoti.
Kredit „Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Ish haqi summasini xarajat schyotlariga tarqatish ish haqini taksimlash vedomosti yoki mashinogrammasi asosida amalga oshiriladi. Bu vedomost mehnat va ish haqi hisobiga tegishli dastlabki xarajatlarga asoslanib tuziladi va unda ish haqi xarajatlariga kaysi schyotlar debetlanganligi hamda ish hakining ayrim turlari mukammal keltiriladi.
Mehnatga haq to’lash xarajatlari hisobidan ishchilarga mukofot ajratilganda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet „Asosiy ishlab chiqarish" schyoti va boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar.
Kredit „Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblarschyotining kreditidagi yozuvlar ishlab chiqarish xarajatlarini aks ettiruvchi ro’yxatda, ya’ni 10 va 10/1- sonli jurnal orderlarda aks ettiriladi.
Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyotining debetida, xodimlarga ish haqi, mukofotlar, nafaqalar va shu kabilarning berilishi hamda ish haqidan soliqlar, xodimlar tomonidan olingan ssudalar bo’yicha qarzlar, ijro hujjatlari va boshqa qonun bilan belgilangan ushlab qolishlar aks ettiriladi. Masalan, ishchi va xizmatchilarga kassadan ish haqi va boshqa to’lovlar berilganda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet „Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit „Kassa" schyoti.
Ish haqining analitik hisobiga oid hisob-kitoblar to’lov vedomostlarida olib boriladi. Bundan tashqari, ishchi va xizmatchilarga to’lash uchun hisoblab qo’ilgan summalar belgilangan shakldagi kartochka-ma’lumotnomalarda ham aks ettiriladi. Bu kartochka-ma’lumotnomalarda faqat hisoblab qo’ilgan summalar yozilib, ular dan ta’til pulini, vaqtinchalik mehnat qobiliyatsizligi uchun beriladigan nafaqa va shu kabilarni to’laganda o’rtacha ish haqi miqdorini topish va har xil ma’lumotnomalar berish uchun foydalaniladi.
Ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishchi va xizmatchilarning shaxsiy schyot kartochkalari yuritiladi. Bu kartochkalarga hisob-kitob to’lov vedomostidagi har bir ishchi va xizmatchiga tegishli barcha ko’rsatkichlar ko’chiriladi.
Mehnat va ish haqi hisobi mexanizatsiyalashgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda bitta mashinogramma hisob-kitob vedomosti va varaqavasi har bir xodim uchun alohida shaxsiy schyot ko’rsatkichlari bosilgan bo’ladi. Bu mashinogrammalardan analitik hisob uchun foydalanish maqsadida buxgalteriya ularning har biridan shaxsiy schyotlarni ajratib olib, tegishli xodimning konvertiga solib qo’yadi va konvertni kartotekaga ma’lum tartibda taxlab qo’yadi.
Ishchilarning maxsus dam olish davrlari uchun to’lanadigan ish haqini hisoblash bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi alohida xususiyatga ega.

    1. Download 0,83 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish