Malum xojalik yurituvchi subektda on bir oy uzluksiz ishlagan ishchi mehnat tatiliga chiqish huquqiga ega. Inflyasiya sharoitida hukumat idoralari tomonidan mehnat tatiliga chiqish oyining avvalgi oydagi ish haqi summasidan mehnat tatiliga xak hisoblash tartibi joriy etilgan.
Mehnat tatili uchun xak quyidagicha hisoblanadi.
ortacha ish haqi hisoblanadi. Buning uchun tarifikatsiya yoki lavozim maoshi boyicha hisob-kitob kuniga belgilangan ish haqidan ortiq summani 1.12 qismiga kushib hisoblab chikiladi.
ortacha kunlik ish haqi hisoblandi. Buning uchun ortacha ish haqi summasini 25,4 ga bulinadi.
Tatil haqi. Buning uchun ortacha kunlik ish haqini tatil kunlari soniga kupaytiriladi.
Masalan: Ishchi dekabr oyida 24 kunga mehnat tatiliga chikdi. uning noyabr oyidagi tarifikatsiya boyicha ish haqisi 12000 som. Tarifikatsiyasidan ortiqcha yillik summa 30720 som.
Mehnat tatili vaqtiga ish haqini hisoblang.
Eching: 1.ortacha ish haqi
12000+(30720:12)=12000+2560=14560 som
2.Tatil haqi
14560 som : 25,4x24=13757,48 som Ijtimoiy sugurta boyicha ajratmalar hisobi.
har bir xojalik yurituvchi subekt, mulkchilikning kaysi shaakliga karashli bolganidan katiy nazar ijtimoiy extiyojlar uchun aj-ratmalarni hisoblashi zarur. Ajratmalar miqdori joriy oyda hisoblangan ish haqiga nisbatan foizlarda davlat tomonidan belgilanadi. Hozirgi kunda uning miqdori 37,2%. Shundan: 35,0%- pensiya jamgarmasiga; 1,5-bandlik fondiga; 0,7-kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga. hisoblangan ajratmalar xojalik yurituvchi subekt xarajatlariga kiritiladi.
1997 yildan boshlab xojalik yurituvchi subekt va tashkilotlarning sotilgan maxsuloti (ish va xizmatlari) hajmidan pensiya jamgarmasiga majburiy tolovlar joriy etilgan. Tolovlar obekti bulib:
sanoat, transport, kishlok xojalik, vositachilik tashkilotlar uchun joriy davrda sotilgan maxsulot (ish va xizmatlar) hisoblanadi (KKS, Aktsiz soligi, bojxona tolovlarisiz)
kurilish, tamirlash, ilmiy tashkilotlar uchun bajarilgan ish va xizmatlar hajmi(KKS siz)
v) tayyorlovchi, savdo, umumiy ovkatlanish, taminot-sotish tashkilotlari uchun haqikiy tovar oboroti olinadi.
Stavka haqikatda sotilgan maxsulot, bajarilgan ish va xizmatlar hajmining 0,5% miqdorida joriy etilgan (2000 yil 1 yanvardan boshlab 0,7%)
Davlat ijtimoiy sugurtasi uchun, xojalik yurituvchi subekt xodimlarining nafaqa taminoti (pensiya jamgarmasi) va tibbiy sugurta hamda bandlik jamgarmasi uchun ajratmalar boyicha hisob-kitob 6520 Ijtimoiy sugurta boyicha tolovlar deb nomlanuvchi passiv schyotda olib boriladi.
Ijtimoiy sugurta ajratmalar hisoblanganda:
D-t 0710, 0810-0890, 1010-1090, 1510, 2010, 2310, 2510, 2610, 2320, 9450,
2710, 3190, 9414, 9415,9210;
K-t 6520;
Sugurta organlari foydasiga ijtimoiy sugurta boyicha haqikiy otkazilgan summaga quyidagicha provodka beriladi.
D-t 6520
K-t 5110
Ijtimoiy sugurta boyicha xodimlarga berilgan pullar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.
D-t 6520
K-t 5010
Kasallik tufayli vaqtinchalik mehnat qobiliyati yukotgan xodimlarga nafaqa hisoblash. Davolash (tibbiy) muassasi tomonidan berilgan mehnat qobiliyatini yukotgan togrisida varaka-byulleten nafaqani hisoblash uchun nasos bula-di.
Nafaqa miqdori kasallikdan ilgari ishlangan oyning ortacha ish haqi, kasallik davom etish hamda uzluksiz mehnat stajiga bogliq. Ish shtaji 5 yilgacha bolganda ish haqining 60%, 5 yildan 8 yilgacha-80%, 8 yil va undan ortiq bolganda 100% hisoblanadi. Ish shtajidan katiy nazar ish haqining 100% miqdorida homiladorlikk va tugish boyicha, ishlab chiqarish jaroxati va kasb kasalligi boyicha 16 yoshgacha (18 yoshgacha agar (oquvchi bolsa) 3 ta bolasi bolgan ishchilarga, urush nogironla-riga tolanadi.
Ish haqi summasiga ijtimoiy sugurta ajratmalari hisoblanadigan barcha ish haqi, kushimcha xak va tolovlar (bir marotaba boladigan mukofotlardan tashqari) kiradi. Kasallik tufayli vaqtinchalik mehnat kobilyatini yukotgan xodimlarga nafaqa quyidagicha hisoblanadi.
Mehnatga xak tolashning ishbay shaklida oladigan shaxslarga ushbu oxirgi oyning ish haqiga avvalgi yilning ortacha oylik mukofot summalari kushilib, ortacha oylik ish haqi summasi aniklandi. ortacha oylik ish haqini shu oydagi ish kunlariga bulinib, nafaqa % ga kasal bolgan kunlarga kupaytiriladi va 100 ga bulinadi.
Mehnatga xak tolashning vaqtbay shaklida xak oladigan shaxslarga nafaqa kasallikdan oldingi utgan oydik mukofot summasi kushilib ortacha oylik ish haqi summasi aniklanadi.
Ortacha oylik ish haqini shu oydagi ish kunlari soniga bulinib ortacha kunlik ish haqi summasi aniklanadi. ortacha kunlik ish haqini nafaqa % va kasal kunlar soniga kupaytirib 100 ga bulinadi.
Eslatma: Kasallik nafaqasi barcha hollarda ortacha kunlik ish haqini 2 baravaridan bulmasligi lozim.
Misol: 7-razryadli ishchi yanvar oyida 3 kun kasal bolgan. Bu togrisida tibbiyot muassasidan berilgan byulleten yani mehnat qobiliyatini yukotganligi togrisida varaka va tabelda yozuvlar bor. Uzluksiz ish staji 7 yil. U dekabr oyida
Ishbay ish haqi- 9000 som
Vaqtbay ish haqi- 6500 som
Mehnat kobilyatini yukotganligi uchun nafaqa-600 som
Oldingi yilda ortacha oylik mukofot summasi-1800 som olgan. Kasal kunlari uchun nafaqa hisoblang.
Echish:
Ortacha oylik ish haqi 9000+6500+1800=17300 som
Ortacha kunlik ish haqi
17300: 23 kun=752,17 som
Ortacha kunlik ish haqini ishchining 2 baravarlik tarif stavkasi bilan solishtiramiz. 7 razryadli ishchini oylik tarif stavkasi
a) 3430 som x3,48 koef=11950 som
b) 11950 som: 23=519,56 kunlik ish haqi
s) 519, 56 x 2=1039,12 barobarlik kunlik ish haqi
Demak, nafaqani ortacha kunlik ish haqi hisobidan hisoblaymiz, chunki ishchining 2 barobarlik tarif stavkasi ortacha kunlik ish haqi qiymatidan yuqori.
752,17 somx 80%x 3 kun =1805,21 som
Ijtimoiy sugorta fondi, pensiya fondi xojalik yurituvchi subekt va tashkilotlarning tegishli kasaba uyushma organlari joriy schyotiga otkazilib ishchi va xizmatchilarning asosiy va qoshimcha ish haklari hamda ragbatlantirish fondi hisobidan olingan muokoftlarga nisbatan 35 foiz miqdorida qilinadigan ajratmalar hisobidan tashkil topadi. Bunday ajratmalar xojalik yurituvchi subektda ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxi hisobidan qilinadi. Ishchi va xizmatchilarga shu fond hisobidan vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yokrtganlik varaqasi boyicha nafaqa, homiladorlik vaqti va bola tugilgandan keyin ayollarga beriladigan nafaqa va boshqa moddiy yordamlar korsatiladi. Bundan tashqari, ijtimoiy sugorta fondining mablaglari sanatoriya va dam olish uylarini saqlash hamda ishchi va xizmatchilarga dam olish va davolanish uchun beriladigan yollanmalarga xarajatlanadi.
1991 yildan boshlab mehnatkashlarga tayinlanadigan pensiya va nafaqalarning turlari ancha kengayib, ularni miqdori sezilarli ravishda oshdi. Shu bilan birga, davlat sugortasi mablaglari ikki mustakil bolgan fondga ajratilib, ulardan biri ijtimoiy sugurta fondi va ikkinchisi pensiya fondi deb nomlanadigan boldi, ijtimoiy sugurta va ijtimoiy taminot mablaglaridan foydalanishning yangi tartibi belgilandi.
Davlat sugurta va taminot fondlari asosan xojalik yurituvchi subekt tashkilot va muassasalarning sugurta tolovlari hisobidan hosil qilinadi.
Hozirgi paytda pensiya fondiga ajratmalar faqat mahsulot tannarxi hisobidan emas, undan tashqari xodimlarning ish haqidan 2,5% miqdorida ushlab qolinadigan summa hisobidan ham qisman hosil qilinadigan boldi. Yangi schyotlar royxatida 6520 Ijtimoiy sugurta va taminot boyicha hisob-kitoblar" schyoti ajratilgan bolib, unda kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan ijtimoiy sugurta, xojalik yurituvchi subekt xodimlarini pensiya bilan taminlash va tibbiyot sugurtasini qilishga doyr hamda majburiy va ixtiyoriy sugurtaga doyr hisob-kitoblar aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |