8310-«Oddiy aktsiyalar» 8320-«Imtiyozli aktsiyalar» 8330-«Pay va quyilmalar»
Kapitalning tarkibi va va uni tashkil etish manbalari.
Ustav kapitali - tasis hujjatlarida belgilangan, subektning mulkini tashkil etishda, uning faoliyatini bir maromda tashkil etishda tasischilarning pul ifodasida qoygan mablaglarining yigindisidir.
Aktsionerlik jamiyatlari davlat royxatidan otgandan keyin, ishtirokchilar ulushining umumiy summasi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Dt-8310 Kt-4610
Ishtirokchilar ulushining haqiqatda (naqd pul, TMZ, asosiy vosita, nomoddiy aktivlar, hisob-kitob schyotiga yoki valyuta schyotiga pul otkazilishi) kelib tushishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Dt-5000, 5100, 5200, 0100, 1000, 0400 Kt-4610
Ustav kapitalining analitik hisobi ishtirokchilar (tasischilar) boyicha kartochkalar yoki vedomostlarda yuritiladi.
Aktsionerlik jamiyati oz aktsiyalarini aktsionerlardan sotib olishi, sotishi yoki bekor qilishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Dt-5000, 5100, 5200 va boshqalar Kt-8610
Bu aktsiyalarni keyinchalik qayta sotish schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Dt-8610 Kt-4610
Yuqorida keltirilgan yozuvlar natijasida 4610 schyotining debet tomonida hosil bolgan qoldiq aktsionerlarninig qarzini, yani olingan aktsiyalar uchun tolanmagan mablag yoki tasis hujjatida elon qilingan ustav fondiga kochirilishi lozim bolgan ulush miqdorini korsatadi. Bu tolovlar yoki aktsiya qiymati tolanganda kelib tushgan mablag summasiga 4610 schyoti kreditlanib, ustav kapitali miqdori ozgarishsiz qoldiriladi.
Aktsionerlar sotib olgan aktsiyalar uchun aktsionerlik jamiyati foydasi hisobidan dividend oladilar. Uning miqdori xojalik yurituvchi subekt xojalik faoliyati natijalariga kop jihatdan bogliq. Foydadan byudjetga soliq, rezerv kapitaliga, xojalik yurituvchi subekt umumiy maqsadlariga ajratmalar qilingandan keyin aktsionerlar uchun dividend tolanadi.
Bu schyotlarda royxatdan otkazilgan aktsiyalar qiymatining chegarasidagi yoki puli tolangan aktsiyalarning nominal qiymatidagi ustav kapitali aks ettiriladi. Ustav kapitalining hajmi ustavda royxatdan otkazilgan summadan oshib ketishi mumkin emas. Subekt ustav kapitalining kopayishi yoki kamayishi faqat tasischilarning qarori bilan va subekt nizomi hamda boshqa tasis hujjatlariga ozgarishlar kiritilgandan song amalga oshiriladi.
Tasischilar qoyilmalarining haqiqiy kelib tushishi 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar boyicha tasischilarning qarzlari» schyotining kreditiga otkaziladi, har xil aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti bilan boglangan holda moddiy qiymatliklar va nomoddiy aktivlar, ustav kapitaliga kiritilgan qoyilmalarning qiymati aniq, haqiqatda mavjud bolgan bozor bahosida yoki tasischilarning roziligi boyicha baholanadi.
8310-«Oddiy aktsiyalar» schyoti ovoz berish huquqiga ega bolgan oddiy aktsiyalarning qiymati qoshilgan holdagi aktsiyadorlar kapitalining holati va harakati togrisidagi va imtiyozli aktsiyalar uchun tolanadigan dividendlar qayd etilgandan keyin qolgan sof daromadni taqsimlashda qatnashuvchilar togrisidagi malumotlarni umumlashtirish uchun moljallangan.
Aktsiyador jamiyatlari ozining ustav kapitalini yangi aktsiyalarni chiqarish yoki ularning nominal qiymatlarini oshirish yoli bilan kopaytirishi mumkin.
Aktsiyalarni tugatish maqsadida ularni maydalab yuborish, yani ularning nominal qiymatini mutanosib ravishda kamaytirib, umumiy miqdorini kopaytirish lozim boladi.
Ushbu aktsiyalarni maydalash natijalari aktsiyadorlar kapitalining hajmiga tasir qilmaydi, faqatgina yangi chiqarilgan aktsiyalarning nominal qiymatini va muomaladagi aktsiyalarning miqdorini kopaytiradi. Ushbu muomalalar boyicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi, lekin ushbu muomalalarni 8310-«Oddiy aktsiyalar» schyotiga ochilgan analitik hisob registrlarida qayd qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |