29-variant
1. Fanlar tarkibida Moliyaviy tahlilning o’rni.
Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular o‘rtasida
tutgan o‘rni g‘oyatda muhimdir. Moliyaviy tahlil quyidagi fanlar bilan
uzviy bog‘liqlikka va aloqadorlikka ega:
- buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, audit, iqtisodiyot
nazariyasi, makro va mikro iqtisodiyot, investitsiya, moliya bozori va
qimmatli qog‘ozlar, moliya matematikasi.
Tahlil fanining “Buxgalteriya hisobi” fani bilan bog‘liqligi.
Moliyaviy tahlil va buxgalteriya hisobi (Moliyaviy hisob,
Boshqaruv hisobi) uzviy bog‘liqlik va aloqadorlik mavjud. Hech bir
qayd etilgan, jamlangan va umumlashtirilgan hamda hisobotlangan
axborot tahlilsiz, analitik qayta ishlovlarsiz boshqaruvda
foydalanilmaydi. Uning eng muhim aloqasi tahlilda axborotlar oqimi
bosh manbasi ekanligi bilan izohlanadi. Olingan axborotlarning 70-80
foizi buxgalteriya hisobidan olinadi.
Buxgalteriya hisobining xizmat vazifalariga hodisa va jarayonlarni
qayd etadi, hujjatlashtiradi, analitik va sintetik hisobini yuritadi,
moliyaviy hisobotlarni tuzish kiradi. Ularni qayta ishlab, tahlil etish va
prognozlash tahlil yordamida amalga oshiriladi.
Xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, erkin raqobat, investitsion
jarayonlarning o‘zi axborotlarni chuqur tahlil etishni va boshqarurning
asosli qararlarini qabul qilishda tahlilni muhim dastakka xayotiy
zaruriyatning o‘zi barcha subyektlarni tahlilni amalga oshirishini talab
etadi.
O‘ navbatida analitiklar, tahlilchilar buxgalteriya hisobining asosiy
qoidalarini, normalarini bilmasdan turib zamonaviy tahlilni amalga
oshira olmaydilar.
93
Tahlil fanining “Moliyaviy hisobot” fani bilan bog‘liqligi.
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy tahlil fanining axborot asosi
hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlar – foydalanuvchilar keng doirasining axborotga
bo‘lgan talabini qondirish uchun tuziladi va vaqti-vaqti bilan taqdim
etiladi. Moliyaviy hisobot ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun asosiy
moliyaviy axborot hisoblanadi. Ayrim foydalanuvchilar, tegishli
vakolatlar bo‘lganda, moliyaviy hisobotda bor bo‘lgan axborotga
qo‘shimcha axborotni talab qilishlari mumkin. Moliyaviy hisobotlar
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) asosida tuziladi.
Zarur hollarda kompaniyalar Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari
(MHXS) asosida tuzishlari mumkin.
Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan
bog‘liq bo‘lgan izohlar, mo‘ljallar va tushuntirishlarni ham o‘z ichiga
oladi. Bunday axborot sanoat va jug‘rofiy hududlarning faoliyat turlari
to‘g‘risidagi moliyaviy axborotni aks ettirishi va narxlar o‘zgarishining
moliyaviy natijalarga ta’sirini tushuntirib berishi kerak.
Moliyaviy hisobot – investitsiya qarorlari, kreditlar berishga doir
qarorlarni qabul qilish, subyektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish,
unga ishonib topshirilgan resurslarga munosabatiga, majburiyatlariga
baho berishda, rahbar organlarining ishiga baho berishda muhim manba
hisoblanadi. Bu baho berishlarni tahlilsiz amalga oshirishni tasavvur
qilish qiyin.
Foydalanuvchilar pul mablag‘larini ko‘paytirish qobiliyatini
yaxshiroq baholaydilar, agar u xo‘jalik yurituvchi subyektning
moliyaviy ahvoli faoliyatini va moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni aks
ettiradigan axborot bilan ta’minlangan bo‘lsa.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag‘larini
ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini aniq hisob-kitob qilish va
natijaga erishish qobiliyatini baholash orqali boshqaruv qarorlarini
sifatliligi albatta axborotlarning to‘liqligi, ishonchligi, haqqoniyligiga
bog‘liqdir. O‘z navbatida axborotlarning to‘liqligi, ishonchligi,
xaqqoniyligi tahlil sifatini ham belgilab beruvchi bosh omildir.
94
Moliyaviy tahlil shuningdek, turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy hisobotlarini qiyoslashni imkonini beradi.
Moliyaviy hisobot – har bitta korxonaning hisob siyosatidan kelib
chiqqan holda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish
uchun qabul qiladigan usullar va ularning qoidalari hamda asoslariga
muvofiq ravishda tuziladi.
Buxgalteriya hisobini guruhlarga ajratish va xo‘jalik faoliyati
faktlariga baho berish, aktivlar qiymatini to‘lash, hujjatlar aylanmasi,
mol-mulkni ro‘yxatga olishni tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobida
hisobotlarni qo‘llanish usullari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni
ishlab chiqish va o‘ziga tegishli usullar, uslubiyatlar buxgalteriya
hisobini yuritish usullariga kiradi.
Moliyaviy hisobot xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil
xo‘jalik yurituvchi subyektligi yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
jamlangan guruhiga kirishidan qat’i nazar‚ shu xo‘jalik yurituvchi
subyektning ma’lum bir davrdagi faoliyatini ko‘rsatuvchi moliyaviy
axborotni taqdim etish usulidir.
Moliyaviy hisobotlar‚ shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning
rahbariyati tomonidan resurslarni boshqarish natijalarini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |