Mahsulot hajmi o‘zgarishiga ishchilar soni va mehant unumdorligining ta’sirini tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Haqiqatda
|
Farqi (+;-)
|
Ishchilar soni, kishi (X)
|
144
|
152
|
8
|
Bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, ming so‘m (Um)
|
1235
|
1207
|
-28
|
Mahsulot hajmi, ming so‘m (F)
|
177840
|
183464
|
5624
|
Omillar ta’sirini hisoblash quyidagicha bajariladi:
F = X * Y
1. Fx=(8*1235) + ½(8*(-28))=9880+(-112)= +9768.0
2. Fy=(-28*144)+1/2(-28*8)=-4032+ (-112)= - 4144.0
ΔF=ΔFx+ΔFy= 9768 + (-4144) = 5624.0
Ishchilar sonini 8 kishiga ko‘payishi mahsulot hajmini 9768 ming so‘mga oshirgan. Bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni 28 ming so‘mga kamayishi esa mahsulot hajmini 4144 ming so‘mga kamaytirgan.
1.24-jadval
Mahsulot hajmi o‘zgarishiga ishchilar soni, o‘rtacha ishlangan kun hamda bir kunga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmining ta’sirining tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Haqiqatda
|
Farqi (+;-)
|
Ishchilar soni, kishi (X)
|
203
|
212
|
9
|
Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ishlangan kun, kishi kuni (Y)
|
278
|
270
|
-8
|
O‘rtacha ishlangan bir kunga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi, ming so‘m (Z)
|
104
|
111
|
7
|
Mahsulot hajmi, ming so‘m (F)
|
5869136
|
6353640
|
484504
|
F = X * Y* Z
1. Fx=(1/2*9)*(278*111+270*104) + 1/3*9*(-8)*7=+265053
2. Fy=(1/2*(-8))*(203*111+104*212)) + 1/3 *9*(-8)*7=-178492
3. Fz=(1/2*7)*(203*270+212*278) + 1/3 *9*(-8)*7=+397943
ΔF=ΔFx+ΔFy+ΔFz=265053 + (-178492) + 397943 =+484504
28-variant
1. Moliyaviy tahlil qilishning usullari, oddiy-an’anaviy hamda iqtisodiy-matematik usullari.
Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan usullar: an’anaviy
(taqqoslash, balans, o‘rtacha miqdorlar, zanjirli almashtirish,
indeks, farqli, nisbiy ko‘rsatkichli kabi) va iqtisodiy matematik
(integral, chiziqli va chiziqsiz dasturlash, nazariy o‘yin,
korrelyatsiya va regretsiya, determinant, logarifm kabi) usullar.
Tahlilning asosiy (umumiy) usullari sifatida quyidagilarni tarkiblash
lozim.
Taqqoslash usuli.
Taqqoslash – tahlilda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi.
Uning gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi.
Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi.
Ular qatoriga o‘lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‘rsatkichlar),
davriy oraliqlari, faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari,
ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-kitoblarning metodik jihatdan
yagonaligini kiritish mumkin.
Taqqoslashning mazmuni – qiyoslashdan iborat. Taqqoslash asosida
o‘rganilayotgan obyektdagi o‘zgarishlar, ularning rivojlanish
tendensiyalari va qonuniyatlari o‘rganiladi.
Qiyosiy tahlil quyidagi turlarga ajratib o‘rganiladi: gorizontal,
vertikal, trend va shuningdek bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli tahlillar.
Gorizontal tahlil tayanch (bazaviy) ko‘rsatkichi (reja, o‘tgan yil,
o‘rtacha, ilg‘or xo‘jaliklar ko‘rsatkichi)dan haqiqiy ko‘rsatkichning
mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi.
Vertikal tahlil iqtisodiy hodisalar tuzilmasini o‘rganish maqsadida
uning alohida qismlarini jamidagi salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Trend tahlili ko‘rsatkichlarni bir qator yillar mobaynida nisbiy
miqdorlarda o‘sish va qo‘shimcha o‘sish sur’atlarini o‘rganishda
qo‘llanadi.
Bir o‘lchamli tahlilda taqqoslash bir obyektning bitta yoki bir
nechta ko‘rsatkichlarini, yoki bir nechta obyektni bitta ko‘rsatkichini
taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ko‘p o‘lchamli tahlilda bir nechta korxonalarni katta spektrdagi
ko‘rsatkichlari taqqoslab o‘rganiladi. Bu tahlil korxonalar va ularning
bo‘linmalari faoliyatini kompleks baholashda keng qo‘llaniladi.
Taqqoslashda real voqelikning, haqiqatdagi ko‘rsatkichlarning reja,
o‘tgan yillar, bazis yili, o‘rtacha tarmoq, ilg‘or, qoloq, xorij
ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘zgarishlariga, ularning dinamikasiga,
mutlaq va nisbiy ifodalarda baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |