«Moliyaviy tahlil» fanidan



Download 81,71 Kb.
bet2/7
Sana22.06.2022
Hajmi81,71 Kb.
#692707
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pul oqimlari tahlili

Оглавление


MUNDARIJA 5
1Kirish 6
2Pul oqimi to’g’risidagi hisobotning tuzilishi va asosiy elementlari tahlili. 12
3 Korxonaning asosiy, moliyaviy va investitsion faoliyatlaridagi pul oqimlari tahlili. 19
4 “Navoiyazot” korxonasining pul oqimlari tahlil. 24
29
5-jadval 29
“Navoiyazot ”AJ ning “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (4-sonli shakl)”i to’g’ri usulda. 29
5 Xulosa 33
6 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 35


  1. Kirish


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan boshlab yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mana necha yildirki o’z samarasini berib, dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan yetakchi mamlakatlari singari kundan- kunga taraqqiy etib bormoqda.
Mamlakatimizda rivojlanishni ta'minlovchi yana bir omil xo’jalik subektlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda erkinliklar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Misol uchun, 2021-yilda 500 dan ziyod kichik korxona, birinchi navbatda kichik biznes subektlari eksport faoliyatiga jalb etildi. Mazkur yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining eksportini qo’llab- quvvatlash jamg’armasi tomonidan 2 ming 400 ta tadbirkorlik subektiga tashqi bozorlarga chiqish bo’yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko'rsatildi. Xususan, 2021-yilning yanvar – martida kichik tadbirkorlik YaIMdagi ulushi 45.8% ni tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha eng ko’p kichik korxona va mikrofirmalar savdoda 9312 ta, sanoatda 4345 ta, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida 2637 ta, qurilishda 1844ta yashash va ovqatlanishda 1724 ta, tashish va saqlashda 659 ta tashkil etilgan. Kichik tadbirkorlik YaIM da 45,8% ni, savdoda 85%ni, investitsiyada 54,6%ni tashkil etdi. Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi ta’minlandi.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha turdagi korxonalarda modernizatsiya ishlari davom ettirilmoqda. Texnik-texnologik yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Mahalliylashtirish tadbirlari joriy etilmoqda. Kadrlar malakalari davr talablari asosida oshirilmoqda. Ta’kidlash kerakki, navbatdagi vazifalar davom etayotgan hamda qo’lga kiritilayotgan ijobiy natijalarni yanada mustahkamlab yangi bosqichlarni zabt etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Shuning uchun Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadlari va asosiy ustuvor vazifalaridan biri jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirish hamda aniq yo'naltirilgan holda qo'llab quvvatlash, deb belgilab olindi. Ushbu ustuvor vazifalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, xo’jalik sub’ektlariga tegishlidir. Belgilangan vazifalar bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to’la ma’noda iqtisodiyot sub’ektlarida o’z-o’zini moliyalashtirish, pul mablag’lari bilan ta'minlash, pul mablag’laridan samarali foydalanish masalalari, shu bilan birgalikda xo'jalikdagi pul mablag’lari hisobi va ularni audit qilish ishlariga ham tegishlidir. Shuning uchun ham Respublikamizda qabul qilingan ustuvor yo’nalishlar hamda bir qator davlat dasturlari asosida va ularda belgilangan vazifalardan kelib chiqib xo’jalik sub’ektlarining amaldagi pul mablag’lari hisobi, bu boradagi kamchiliklar hamda o’z yechimini kutayotgan masalalarni topish ularni bartaraf etish, tegishli hisob va audit uslubiyatini yangi innovatsion g’oyalar asosida takomillashtirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri deb qaraymiz. Biroq, ta’kidlash kerakki, iqtisodiyotida qo’shimcha pul bosib chiqarish, moliya bozorini shunday pullar bilan to’ldirish, kelgusida jilovlab bo’lmaydigan inflyatsiyaga, milliy valyutaning qadrsizlanishiga va shular bilan bog’liq salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Demak, milliy iqtisodiyotning asosi bo'lgan xo’jalik sub’ektlarida ham bu borada doimo оqilona yondashuv va vositalarni qaror toptirish zarur ekan. Bunda, xo'jalik sub’ektlari hisob tizimida pul oqimlarilari to’g’risida hisobot hamda ularning auditini davr talabi asosida tashkil qilish hamda yuritish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, xo’jalik sub’ektlarida pul mablag’larni maqsadga muvofiq tartib toptirish va ularni to’g’ri sarflash muomalalari oldiga ham ko’plab vazifalarni belgilab beradi.
Vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishda esa pul oqimlari to’g’risida hisobot va ularning auditini ilmiy asosda tashkil qilish markaziy jihat egallaydi. Bu borada hisob ishlarini to’g’ri tashkil etish, o’tkazish va uni natijalari muhim ahamiyatga ega. Chunki, faqat hisob ishlari natijalari asosida faoliyatdagi pul mablag’larini tashkil etish, nazorat qilish hamda ulardan samarali foydalanish kabi tomonlariga to’g’ri baho berish mumkin. Bu esa, xo’jalik sub’ektlari faoliyatda pul mablag’larini shakllantirish, nazorat qilish va ulardan yanada samarali foydalanishga ta’sir etmoqda. Yuqoridagi ma’lumotlar kurs ishining mavzusining dolzarbligi va amaliy ahamiyatga ega ekanligini belgilaydi. Xo’jalik sub’ektlari faoliyatidagi pul mablag’lari oqimlari hisoboti haqida ma’lumot berish, uni korxona misolida tuzish va tahlil qilish ishning maqsadi deb belgilandi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi bo’lib, tovar moddiy-zaxiralarni davriy va uzluksiz hisoblashni yoritib berish hisoblanadi:

  • Korxonaning pul mablag’lari bilan ta’minlanganligi va ular oqimini tahlil qilishning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berish;

  • Pul oqimi to’g’risidagi hisobotning tuzilishi va asosiy elementlari haqida ma’lumot berish;

  • Korxonaning asosiy, moliyaviy va investitsion faoliyatlaridagi pul oqimlari tahlilini yoritib berish;

  • “Navoiyazot” korxonasining pul oqimlari tahlilini yuritish;

Kurs ishi tarkibi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, 5 ta jadval iboratdan iborat bo’lib, jami 41 betni tashkil etdi.

1.Korxonaning mablag’lari bilan ta’minlanganligi va ular oqimini tahlil qilishning o’ziga xos xususiyatlari.


Jahon global moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan olingan tajribalar, tabora rivojlanayotgan innavatsion yangiliklarga asoslangan iqtisodiy munosabatlar hamda ularning tendensiyasi shu holatni yana bir bor tasdiqladiki, har qanday xo’jalik sub’ektida pul mablag’laridan samarali foydalanish faoliyatda barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillaridan biri ekan. Chunki, sub’ektlar faoliyatining uzluksiz davom etishini ta’minlash uchun zarur ishlab chiqarish zaxiralari va zamonaviy mehnat vositalari sotib olish, mehnatga haq to’lash, soliqlarni hamda davlat byudjetidan tashqari fondlar uchun to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirish, innavatsion yangiliklarni yaratishga va joriy qilishga sarflar, texnologiyalar sotib olish uchun, moliya bozorida faol ishtirok etish va shu kabi zarur ehtiyojlarga doimo etarli pul mablaglari talab qilinadi.
Sub’ektlar ixtiyoridagi pul mablaglarini yuqorida ko’rsatilgan maqsadlarga sarflashda iqtisodiy jihatdan manfaatli va tejamli bo’lgan hamda mablag’lardan maqbul foydalanish imkonini berish mumkin bo’lgan yo’nalishlarni birinchi navbatda hisobga oladilar. Bundan tashqari pul mablaglarini xo’jalikka jalb qilishda ham eng kam vaqt talab qiladigan kirimlarni, doimo takror sodir bo’ladigan ishonchli tushumlar turini hamda hajmini oshirib borishlari kerak. Demak, pul mablag’lari ilmiy asosda boshqarilishi kerak bo’lgan eng muhim ob’ektlardan biri hisoblanadi. Bunda, boshqaruvchilar uchun pul mablaglari to’g’risidagi ma’lumotlar o’ta zarur bo’ladi. Mazkur vazifa hisob tizimi vositasida shakllantiriladi va tizimlashtiriladi. Bu esa xo’jalikdagi pul mablaglarini boshqarish hisob tizimi vositasida amalga oshirilishi zaruratini keltirib chiqaradi. Demak, hisob tizimi bu borada muhim dastak hisoblanadi.
Ta’kidlash kerakki, iqtisodiyot rivojlanishining barcha davrlarida xo’jaliklarning pul mablaglari alohida ahamiyatga ega bo’lgan va ularni isobga olish tartibi o’sha davrdagi itisodiyotning rivojlanishi talablaridan kelib chiqqan. Chunki, har qanday bosqichda iqtisodiyotning rivojlanishi u yoki bu modeliga amal qilgan va uning ajralmas qismi sifatida esa buxgalteriya hisobi ishtirok etgan. Bozor munosabatlarining turini ko'payishi, doirasini kengayishi, chuqurlashishi, murakkablashuvi va boshqa shu kabilar pul mablag’lar hamda ularning hisobini uslubiy asoslari, ularning harakatini ifodalovchi ko’rsatkichlarning sifat jihatidan o’zgarishini talab qilmoqda. Shuning uchun ham pul mablag’lari va ularning hisobini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni davr talablari asosida ko’rib chiqishni talab qildi. Shu asosda Respublikamizda pul mablag’lari va ularning hisobini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar oxirgi yillarda davr talablaridan kelib chiqqan xolda ishlab chiqildi. Ayniqsa so’nggi yillar ichida respublikamiz xo'jalik sub’ektlarida buxgalteriya hisobini yuritish uslubiyatida, uning tashkil qilinishida qator o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bundan tashqari buxgalteriya hisobotini tuzish uslubiyatida va hisobot shakllarida ham bir qancha o’zgarishlar yuz berdi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga, iqtisodiy-moliyaviy holatiga, pul mablag’lari harakatiga e’tibor kuchaytirildi. So’nggi yillarda sub’ektlarda pul mablaglari harakatini maqbul ravishda tashkil etish va yuritish qat’iy talab etilmoqda. Bu esa, boshqaruv samaradorligiga to’g’ridan-to’g’ri ijobiy ta’sir etmoqda. Chunki, pul mablag’lari –– erkin iqtisodiyotda muhim iqtisodiy vosita hisoblanadi.
Pul mablag’lari ishlab chiqarishning takrorlanishiga xizmat qiladi, iqtisodiy o’sishga ko’maklashadi, pul shaklidagi mablag’lar bozor orqali resursga aylanadi, resurslar ishtirokida tovarlar yaratiladi, tovarlar sotilib yana pul olinadi. Demak, pul hamma tovarlar uchun umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir. Shu bilan birga pul umumko'pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonuniylashtirilgan bo’lishi kerak.
Pul mablag’lari esa kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablag’laridan iborat bo’ladi.
Pul ekvivalentlari – ma’lum pul mablag’iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o’zgarishlar tufayli biroz xatari bo’lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalardir (moliyaviy qo’yilmalar).
Pul oqimlari - pul mablaglari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot - hisobot davrida pul mablag’i oqimlarini batafsil ko’rsatuvchi ko’rsatkichlar yig’indisidir.
Innovatsion munosabatlarga asoslangan davrda xo’jalik sub’ektlarida pul mablag’larini kuzatish, ro’yxatga olish, to’g’ri va o’z vaqtida hisob-kitob qilish, ular bo’yicha hisobotlar tayyorlashning o’zi yetarli emas. To’g’ri bu jarayon va tartib zarur. Faqat uni hisob-kitob maqsadi uchungina amalga oshirish kutilgan natijalarni bermaydi. Mening qarashim bo’yicha pul mablag’lariga tegishli har bir ma’lumot va axborot ularni samarali boshqarishga qaratilgan bo’lishi kerak. Yani, kerakli joyga, yetarli miqdorda, o’z vaqtida hamda foydali tarzda sarflanishini hamda o’simi bilan uzluksiz qaytishini ta’minlash kerak.
Pul oqimini boshqarish o’z ichiga pul mablag’lari muomalasining hisob-kitob vaqtini, pul oqimining tahlilini, pul mablag’larini bashorat qilishni, pul mablag’larini maqbul darajasini aniqlashni, pul mablag’lari byudjetini tuzish va boshqalarni qamrab olishi kerak.
Pul oqimini boshqarish o’z ichiga pul mablag’lari muomalasining hisob-kitob vaqtini, pul oqimining tahlilini, pul mablag’larini bashorat qilishni, pul mablag’larini maqbul darajasini aniqlashni, pul mablag’lari byudjetini tuzish va boshqalarni qamrab olishi kerak.
Pul mablag’lari oqimini to’g’ri va oqilona boshqarish korxonani to’lov qobiliyatining yaxshilanishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning moliyaviy barqarorligi ko’p jihatdan ularning to’lov qobiliyatiga bog’liqdir. Ma’lumki, to’lov qobiliyatining mazmuni eng avvalo bo’sh pul mablag’larining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Chunki pul mablag’lari eng yuqori likvidlikka ega bo'lgan aktivlar hisoblanadi. Shuning uchun ham korxonalarda mavjud bo’lgan bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanish uchun ularni aylanmaga kiritish alohida ahamiyatga ega.
Umuman, korxonalarning pul mablag’larining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Korxonalarning bankdagi hisoblashish schyoti va valyuta schyotlarida saqlanayotgan pul mablag’lari mamlakatimiz iqtisodiyotining poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Chunki ular banklarni aktiv operatsiyalarini jonlantirilishini ta’minlaydi, milliy va chet el valyutalarining ishlab chiqarish jarayonidagi aylanishini tezlashtiradi va u bunda birdaniga ikkita muhim vazifani bajaradi. Birinchidan, korxonalarning ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish yo’li bilan pulning aylanishini va milliy valyuta hisobiga yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotni o’sishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan esa, korxonaning hisoblashish va valyuta schyotlari pul mablag’larini ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilganligi uchun bank o’z mijozlariga ham ma’lum miqdorda haq to’laydi. Shunday qilib, pulning birinchi vazifasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchi vazifasi esa korxonalarga ma’lum miqdorda daromad keltiradi.
Pul to’lov vazifasini ham bajaradi. Bunda pul korxona mol yuboruvchilar, pudratchilar va boshqa xizmat ko'rsatuvchi xo’jalik sub’ektlariga va davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga bo’lgan qarz majburiyatlarini bajaradi. Pul mablag’larining saqlanishi va ularning to’g’ri foydalanish javobgarligi korxona rahbari va buxgalteriga yuklatiladi. Ular kassa va bank muammolarini qoidalarga rioya qilgan holda hamda ularni belgilangan qat’iy tartibda to’g’ri rasmiylashtirishlari zarur. Ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bo’lganligi uchun korxona mablag’lari bir vaqtning o'zida aylanishning barcha bosqichida bo’lishi mumkin, bunda pul mablag’lari korxona iqtisodiyotida alohida ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlari ta’minot, ishlab chiqarish va sotish bosqichlarida pul mablaglari u yoki bu miqdorda sarflanadi. Shuning uchun ham korxonada doimo ma’lum miqdorda pul mablag’larini bo’lishi taqozo etiladi. Pul mablag’larining korxona iqtisodiyotida tutgan o’rni uning asosiy vazifalarini bajarish uchun buxgalteriya hisobi boshqaruv apparatini tegishli ma’lumotlar to’plami bilan ta’minlanishi zarur.
Buning uchun esa pul mablag’lari hisobining oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi:

  • korxonaning pul mablag’larini samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar bilan ta'minlash;

  • to’lov va hisob-kitoblarni pul muomalalarini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan tartiblarga rioya qilgan xolda o’z vaqtida amalga oshirish;

  • hisob registrlarida pul mablag’larini naqdligi va harakatlarini o’z vaqtida aks ettirish;

  • pul mablag’larining belgilangan maqsadlarga sarflanishi, smeta va limitlarga amal qilishini nazorat qilish;

  • pul mablag’larining inventarizatsiyasini belgilangan muddatlarda o’tkazishini ta’minlash va o'zaro hisob-kitoblar, muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik karzlarini to’lanishini nazorat qilish;

  • kassadagi, hisoblashish, valyuta va bankdagi boshqa schyotlarda saqlanayotgan pul mablag’larining saqlanishining nazoratini ta’minlash;

  • pul resurslarining harakat oqimini prognozlash va maqbullashtirish bo’yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish;

Ushbu masalalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning pul mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlovchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini yaratadi.


  1. Download 81,71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish