«Moliyaviy tahlil» fanidan



Download 81,71 Kb.
bet4/7
Sana22.06.2022
Hajmi81,71 Kb.
#692707
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pul oqimlari tahlili

Moliyaviy faoliyat ––– bu faoliyat kreditlarning olinishi yoki aktsiyalar (obligatsiyalar)ning emissiyasi natijasida kelib tushgan pul mablag’lari va avval olingan kreditlarni qaytarilishi hamda korxona aktsiyalari bo’yicha chiqarilgan dividendlarning to’lanishi bilan bog’lik faoliyatdir.
Moliyaviy faoliyatdan kelib tushayotgan pul oqimlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- korxona aktsiyalarini sotishdan olingan pul tushumlari;
- chiqarilgan obligatsiyalar va veksellarni sotishdan olingan pul tushumlari;
- qisqa va uzoq muddatli bank kreditlari olinishidan pul tushumlari;
- sub’ektlar aktsiyalarining haqini to`lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to`lovlar;
- maqsadli moliyalashtirish mablag’lari (grantlar, subsidiyalar va azolik badallari)ning kelib tushishi;
- moliyalashtirilgan lizing shartnomasi bo’yicha ijara to’lovlarining kelib tushishi;
- boshqalar;
Moliyaviy faoliyat bo’yicha pul chiqimlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilishi mumkin:
- sotib olingan o’z aktsiyalari uchun to’lovlar;
- chiqarilgan obligatsiyalar, veksellar va boshqa qarz qog’ozlari bo’yicha majburiyatlarning uzilishi;
- aktsionerlarga dividendlarni pul holida to’lanishi;
- qisqa va uzoq muddatli bank kreditlarini qaytarilishi;
- moliyalashtirilgan lizing shartnomasi bo’yicha ijara to’lovlarini to’lanishi;
- boshqalar;
Investitsion va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq pulsiz muomalalar. Bular korxonaning investitsion va moliyaviy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan lekin pul mablag’larining harakati bilan bog’liq bo’lmaganliklari uchun «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» da aks ettirilmagan muomalalardir. Investitsion va moliyaviy tavsifdagi pulsiz muomalalarga: uzoq muddatli kreditlar hisobiga asosiy vositalarni sotib olish, kreditorlik qarzini kreditorlarga qo’shimcha aktsiyalarni berish va chiqarish orqali to’lash va boshqalar kiradi. Masalan, kompaniya yer yoki binoni sotib olish uchun uzoq muddatli garovni yozib berishi mumkin yoki uzoq muddatli obligatsiyalarni oddiy aktsiyalarga aylantirishi mumkin. Bu muomalalar oddiy investitsion va moliyaviy faoliyatni aks ettiradi, ammo ular pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda aks ettirilmasligi mumkin, chunki ular kompaniyaning pul mablag’lariga ta’sir qilmaydi. Ammo, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning maqsadlaridan biri – investitsion va moliyaviy faoliyatni aks ettirish bo’lganligi uchun va bu kabi muomalalar kompaniyaning pul mablag’larining holatiga kelgusida ta’sir ko’rsatgani uchun, bu muomalalar pul mablag’larining harakat to’g’risidagi hisobotda aks ettirilishi kerak, buning uchun hisobotga «Investitsion va moliyaviy tavsifdagi pulsiz muomalalarning ro’yxati» deb nomlangan maxsus bo’lim kiritilgan. Foizlar va dividendlar to’lash va olish bilan bog’liq bo’lgan pul mablag’larining harakati alohida ochib beriladi. Ular su’yektning xo’jalik faoliyati turiga bir hisobot davridan keyingisiga bir maromda operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyat kabi tasniflanadi. Hisobot davri davomida to’lanadigan foizlarning umumiy summasi ularni xarajat sifatida moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda tan olinishi yoki olinmasligiga qaramasdan pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ochib beriladi. Moliyaviy muassasalarda to’lanadigan va olinadigan foizlar hamda dividendlar pul mablag’larining harakati sifatida klassifikatsiyalanadi.
Boshqa korxonalar uchun esa to’lanadigan va olinadigan foizlar hamda dividendlarni operatsion faoliyatdan pul oqimlari sifatida tasniflash mumkin, chunki ular sof foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadilar. Lekin ular moliyaviy va investitsion faoliyatdan pul oqimlari sifatida ham tasniflanishi mumkin. Bunga sabab, ular olingan moliyaviy resurslar uchun to’lov yoki investitsiyalardan daromad hisoblanadi.


  1. Download 81,71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish