Pul oqimi to’g’risidagi hisobotning tuzilishi va asosiy elementlari tahlili.
Aytib o’tilgan vazifalarni bajarish uchun pul mablag’larining buxgalteriya hisobini to'g’ri tashkil qilish zarur bo'ladi. Buning uchun esa korxonalarda mavjud mablag’larni turkumlash alohida ahamiyatga egadir. Korxona pul mablag’larining qaysi maqsadlarga sarflanishi bo’yicha guruhlash aloida ahamiyatga ega. Chunki pul mablag’larini qayqsi maqsadlarga qanday summalarda sarflash korxona iqtisodiyotining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, amaldagi moliyaviy hisobotda pul oqimlari to’g’risida maxsus hisobot shakli mavjud bo’lib unda pul oqimlari operatsion investitsiya va moliyaviy faoliyat bo’yicha guruhlanishi majburiy qilib qo’yilgan. Ushbu hisobot shakli korxonalarning pul mablag’larining qaysi maqsadlarga sarflanishi to’g’risida ma’lumot beradi.
Хalqaro va mahalliy amaliyotda pul oqimlari to`g`risidagi hisobot majburiy hisobotning tarkibiy qismi bo`lib hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi, moliyaviy hisobotlarning foydalanuvchilarini korxonada hisobot yilida pul mablag’larining kelib tushishi va sarflanishi to’g’risida axborot bilan ta’minlashdir. Bu axborot quyidagi savollarga javob berishi lozim:
korxona o’z faoliyatini rivojlantirish maqsadida asosiy va aylanma aktivlarni sotib olishi uchun etarli miqdorda pul mablag’lari bilan ta’minlanganmi?
korxona faoliyatini rivojlantirishni ta’minlash uchun tashqi manbalardan qo’shimcha moliyalashtirishga extiyoj mavjudmi?
korxona o’z qarzlarini uzishi uchun yoki yangi mahsulotni o’zlashtirish maqsadida ishlab chiqarishga yetarli darajada mablag’ sarflash imkoniyatiga egami?
korxona hisobot davrida qimmatli qog’ozlar emissiyasini amalga oshirganmi va bu xo’jalik muomalalaridan olingan mablag’lar qaysi maqsadlarda ishlatilgan?
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotning ahamiyati O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yilning 4-noyabrida 519-raqam bilan ro’yxatga olingan «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» deb nomlangan buxgalteriya hisobning milliy standartida o’z aksini topgan. Unga ko’ra, boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chog’ida pul oqimlari to’g’risidagi hisobot axborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza bo’lib xizmat kilishi bilan foydalidir.
1-jadval
Pul mablag’larining faoliyat turi bo’yicha guruxlanishi
Faoliyat turlari
Asosiy(operatsion) faoliyat
Investitsion faoliyati
Moliyaviy faoliyat
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot pul tushumlari va to’lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: asosiy faoliyat, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablag’iga birgalikda ta’siri hisobot davrida pul mablagining sof o’zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati to’g’risidagi axborot bo’lajak pul oqimlari itiqboli to’g’riligini tekshirish chog’ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o’zgarishi ta’siri o’rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog’ida zarur bo’ladi.
Asosiy faoliyat.Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning «asosiy faoliyat» bo’limida korxonaning sof foydasini asosiy faoliyat hisobiga yuzaga keltirgan pul mablag’lari to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Хo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshiradigan asosiy faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati, ssudalarni to’lash, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to’lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Asosiy faoliyatidan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari to’g’risidagi axborotdan korxona asosiy faoliyatidan bo’lajak pul oqimlarini istiqbol qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qo’shib foydalanishi mumkin bo’ladi.
Asosiy faoliyatidan pul oqimi xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko’rsatishga qaratilgan bo’ladi.
Asosiy faoliyatdan olingan pul oqimlari kirimiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
- mahsulot, tovarlarni sotish va xizmat ko’rsatishdan tushgan pul mablag’i;
- royalti, badallar, vositachilik haqi va o’zga yo’llar bilan pul mablag’larining
tushumi;
- debitorlik qarzlarining kelib tushishi;
- xaridorlardan olingan bo’nak to’lovlari;
- savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo’yicha pul tushumlari;
- sug’urta holati bo’yicha kelib tushgan sug’urta to’lovlari;
- tovar-moddiy zahiralar qoldig’ining kamayishi;
- boshqalar
Asosiy faoliyat bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan pul oqimlarining chiqimi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
- olingan mahsulot, tovarlar va foydalanilgan xizmatlar uchun ularni etkazib
beruvchilarga to’langan to’lovlar;
- ish haqi to’lovlari;
- savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo’yicha pul to’lovlari;
- sug’urta kompaniyasining sug’urta polislarini olish bo’yicha to’lovlar;
- soliqlar va ijtimoiy ajratmalar bo’yicha pul to’lovlari;
- bank kreditlari bo’yicha to’langan foizlar;
- turli xayriya va homiylik uchun qilingan pul to’lovlari;
- tovar-moddiy zahiralar qoldig’ining ko’payishi;
- boshqalar
Investitsion faoliyat — bu pul ekvivalentlariga kirmaydigan uzoq muddatli aktivlarni va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, hamda ulardan olingan daromadlarni aks ettirish bilan bog’liq faoliyatdir. Investitsion faoliyat natijasida sodir bo’ladigan pul mablag’larining kirimiga quyidagilar misol bo’lishi mumkin: - asosiy vositalarni, nomoddiy va o’zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi;
- boshqa sub’ektlarning aktsiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qo’shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari;
- uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalardan olingan dividend va foizlar ko’rinishidagi pul tushumlari ;
- boshqa taraflarga berilgan bo’naklar va ssudalar qaytarilishidan pul tushumlari
(moliyaviy muassasalarga berilgan bo’naklar va kreditlardan tashqari);
- fyuchers va forvard bitimlari, optsion bitimlar va svop bitimlar bo’yicha pul
tushumlari, ular diller yoki savdo maqsadlariga mo’ljallangan holatlar bundan
mustasnodir yoki to’lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.
- boshqalar;
Korxona pul mablag’larining qaysi manbalardan kelib tushishi bo’yicha guruhlash qaysi faoliyat turlari korxona uchun iqtisodiy jihatdan samarali ekanligini aniqlash uchun zarur. Ushbu ma’lumotlar asosida qaysi manbalar hisobiga pul mablag’lari kirimining oqimini ko’paytirish omillarini aniqlash imkoniyatini beradi. Pul mablag’larini turlari bo’yicha guruhlash esa korxonada yuqori likvidlikka ega bo’lgan mablag’larning qaysi turlarining mavjudligi to’g’risida ma’lumot beradi. Pul oqimlari harakati to’g’risidagi axborot bo’ladigan pul oqimlari prognozi to’g’riligini tekshirish chog’ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o’zgarishi ta’siri o’rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog’ida zarur bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt operatsiya faoliyatidan vujudga kelgan pul mablag’lari harakatini quyidagilardan foydalanib, ochib beradi:
1. Yalpi pul tushumlari va yalpi pul to’lovlari asosiy turlari ochib beriladigan bevosita usul.
2. Bilvosita usul. Bu usulga muvofiq sof daromad yoki zararga joriy aktivlar va majburiyatlarning o’zgarishiga, ishonchsiz operatsiyalarga, shuningdek operatsiya investitsiya yoki moliya faoliyati natijasida olingan daromadlar va ko’rilgan zararlarga qarab o’zgartirish kiritiladi.
Shuningdek, xo’jalik sub’ektlarida xorijiy valyutadagi pul oqimlari ham o’rganiladi. Xorijiy valyutadagi operatsiyalardan pul oqimlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan operatsiya amalga oshirilgan kun uchun belgilab qo’yilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, O’zbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi. Xorijiy sho’ba jamiyatining pul oqimi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul oqimi kelib chiqqan vaqtdagi almashtirish kursi bo’yicha qayta hisoblanadi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzish xalqaro standartlarga muvofiq ikkita uslub, ya’ni to’g’ri va egri uslublar keng qo’llaniladi. Jahon amaliyotida xo’jalik su’yektlari pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishda asosan to’g’ri usulni ichki foydalanuvchilar qo’llashadi. Ya’ni korxonadagi boshlang’ich buxgalteriya manbalariga asoslangan holda pul oqimlari to’g’risidagi hisobot tuziladi.
Тo’g’ri usul qo’llanilganida, asosiy yalpi tushum va pul mablag’larining yalpi to’lovi to’g’risidagi ma’lumot quyidagilardan olinishi mumkin:
-hisob registrlaridan;
-sotishdan olingan daromadni, sotishning tannarxi va quyidagilar hisobga olingan holda moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning boshqa moddalarini tuzatish orqali;
a) hisobot davri davomida ТMZdagi, debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi o’zgarishlar;
b) pulsiz moddalar;
v) natijalari pul mablag’larining harakatiga ta’siri ko’proq investitsion va moliyaviy faoliyatga tegishli bo’lgan boshqa moddalarni (berilgan yoki olingan kreditlar bo’yicha foizlar va boshqalar).
Egri usulda moliyaviy natijalar (foyda) bilan pul mablag’lari hajmining mutlaq o’zgarishi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniqlash imkoniyati mavjud bo’ladi. Uning ijobiy jihatlari ham ana shunda.
Egri usul qo’llanilganda, operatsion faoliyat natijasida pul mablag’larining harakati, quyidagilarni hisobga olgan holda sof foyda yoki zararni tuzatish orqali aniqlanadi:
hisobot davrida sodir bo’lgan operatsion faoliyatdan debitorlik va kreditorlik qarzlarida tovar moddiy boyliklarda o’zgarishlarni;
eskirish, zaxiralar, muddati uzaytirilgan soliqlar, chet el valutasining milliy valutaga almashtirishdagi sotilmay qolgan tushumlar va zararlar, uyushgan kompaniyalarda taqsimlanmagan foyda va aksiyalarning ba’zi paketlari kabi pulsiz moddalarni;
natijalari pul oqimlariga ta’sir etadigan investitsion va moliyaviy faoliyatga tegishli boshqa barcha moddalarni (asosiy vositalarning sotishdan tushumlar zararlar va boshqalar).
Egri usul orqali pul oqimlarini hisoblash sof foyda ko’rsatkichi bilan uning ko’rsatkichlarni korrektirovkasiga mosligidan, real pul mablag’lari harakatiga bog’liq bo’lmagan mos hisoblar (qatorlar) bo’yicha olib boriladi. Jumladan, pul oqimlarini tahlil etishning egri uslubi faoliyat turlari bo’yicha pul mablag’lari harakatining tahliliga asosan tashkil etilgan bo’lib, ya’ni, korxona foydasi aniq qayerda vujudga kelayotgani yoki «tirik pullar» qayerga sarflanayotganligini ko’rsatadi. U «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»ni quyidan (sof foydadan) yuqoriga qarab o’rganishga moslashtirilgan. Shu sababli ushbu usulni aksariyat iqtisodchi olimlar «quyi» usul deb ham atashadi.
Egri usul yordamida korxona faoliyatidagi eng muammoli jihatlarni aniqlash hamda murakkab holatdan chiqish yo’lini topish mumkin. Ushbu usulning ijobiy tomonlari bilan birgalikda kamchiliklardan ham holi emas. Uning kamchiliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishda egri usulni esa korxonaning pul oqimlari to’g’risidagi boshlang’ich buxgalteriya ma’lumotlari mavjud bo’lmagan, korxonaning xo’jalik faoliyati bilan qiziquvchi tashqi foydalanuvchilar keng qo’llaydi. Chunki, bunday hollarda odatda tashqi foydalanuvchilarga korxonaning «Buxgalteriya balansi» va «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot» shakllari taqdim etiladi va mazkur hisobotlardagi ma’lumotlar asosida pul oqimlarining holati o’rganiladi.
Хo’jalik su’yektlari faoliyatining pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishda to’g’ri va egri usullarning qo’llanilishi bir-birini to’ldirib boradi hamda hisobot davrida korxonani pul mablag’lari oqimining harakati haqidagi real holatini ko’rsatib beradi.
Тo’g’ri va egri usullarining qo’llanilishi bir natijaga olib keladi va buxgalteriya hisobining xalqaro standarti bo’yicha Qo’mita ikki usulni ham tan oladi, ammo to’g’ri usulni qo’llanilishi tavsiya qiladi. Тo’g’ri va egri usullarning qo’llanish bilan tuzilgan pul oqimlari to’g’risidagi hisobotlari orasidagi farq, faqat operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlarini aks ettirgan bo’limida o’z aksini topadi.
Xorijiy valyutaning almashtirish kursi o’zgarishidan kelib chiqadigan amalga oshirilmagan daromad va zarar pul mablag’i harakati hisoblanmaydi.
Biroq almashtirish kursi stavkalari o’zgarishning xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’iga yoki ularning ekvivalentlariga ta’siri pul mablag’lari harakatini hisobot davri boshlanishi va oxirida bir-biriga muvofiqlashtirish uchun pul oqimi to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu miqdor operatsiya, investitsiya va moliya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimidan alohida ko’rsatiladi va agar pul mablag’larining bu harakati hisobot davrining oxiridagi pul almashtirish kursida aks etadigan bo’lsa, tafovutga qo’shiladi. Investitsion faoliyat natijasida sodir bo’ladigan pul mablag’larining chiqimiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: - asosiy vositalarni, nomoddiy va o’zga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga
pul to’lovlari. Bu to’lovlar tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek xo’jalik sudi bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bog’lik bo’lgan to’lovlarni o’z ichiga oladi;
- boshqa sub’ektlarning aktsiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda qo’shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotib olishga doir pul to’lovlari;
- boshqa taraflarga berilgan bo’naklar va kreditlar (moliyaviy muassasalarga berilgan bo’naklar va kreditlardan tashqari);
- fyuchers va forvard bitimlari, optsion bitimlar va svop bitimlar bo’yicha to’lovlar, ular diller yoki savdo maqsadlari uchun mo’ljallangan holatlar bundan mustasno bo’ladi yoki to’lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.
- boshqalar.