9390 “Boshqa operatsion daromadlar”- ushbu passiv va vaqtinchalik schѐtning kreditida yuqorida keltirilgan schѐtlarga olib borilmagan boshqa operatsion daromadlar, masalan inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar va boshqalar, aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ va pul mablag‘larini aks ettiruvchi schѐtlar ( 0100,1000,2800,2900,5000 va boshqalar) debetlanadi. Yil yakunida 9390- schѐtning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga ѐziladi va shu asosda u ѐpiladi.
Korxonalarning asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarining analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha olib boriladi.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning hisobi.21-son BHMSga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar quyidagi schѐtlarda hisobga olinadi:
9510 ―Royalti ko‘rinishidagi daromadlar‖
9520 ―Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar‖
9530 ―Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar‖
9540 ―Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar‖
9550 ―Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar‖
9560 ―Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar‖
9590 ― Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar‖
Ushbu passiv va vaqtinchalik schѐtlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan daromadlarning turlari hisoblash tamoyiliga muvofiq aks ettiriladi.
Royalti ko‘rinishidagi daromadlar deganda korxonalarning nomoddiy aktivlarini, masalan kompyuterlar uchun dasturlar ta’minotini, litsensiyalar va boshqalarni ijaraga berishdan va xamkorlikda foydalanishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadlarni hisoblanishi 4850 ―Olinadigan royalti‖ schѐtining debetida va 9510 ―Royalti ko‘rinishidagi daromadlar‖ schѐtining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9510- schѐtning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga ѐziladi va shu asosda u ѐpiladi.
Dividendlar– bu aksiyalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar uchun hisoblangan daromad. Ushbu daromadni hisoblashga asos bo‘lib aksionerlik jamiyatining dividendning hisoblanganligi to‘g‘risidagi ѐzma xabarnomasi hisoblanadi. Ushbu xabarnomada jami hisoblangan dividend summasi, undan ushlangan dividend solig‘i summasi va to‘lanadigan dividend summasi aks ettiriladi. Agar xabarnomada dividend solig‘ini ushlanmaganligi uqtirilgan bo‘lsa, u holda ushbu soliqni dividend olgan korxona to‘lashi lozim. Hisoblangan didivend ko‘rinishidagi daromadlar 4840 ― Olinadigan dividendlar‖ schѐtining debetida va 9520 ―Dividend ko‘rinishidagi daromadlar‖ schѐtining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9520- schѐtning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga ѐziladi va shu asosda u ѐpiladi.