Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar –bularga korxonaning asosiy vositalari va boshqa aktivlarini sotishdan olingan foyda, o‘ndirilgan jarimalar, voz kechilgan kreditorlik qarzlari, bepul kelib tushgan aktivlar, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, TMB larni qayta baholashdan olingan daromadlar va boshqalar kiradi.
Asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlar deganda bevosita asosiy faoliyatga taalluqli bo‘lmagan faoliyat turlaridan olingan daromadlar
tushuniladi. Bunday daromadlar Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga va favqulotdagi daromadlarga bo‘linadi.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar deganda qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga royalti, dividendlar va foizlar, ijobiy kurs farqlari ko‘rinishidagi daromadlar va boshqalar kiradi.
Favqulotdagi daromadlar deganda yuz berishi doimiy xarakterga ega bo‘lmagan, kutilmagan tasodif va hodisalardan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga davlat qonunlarini o‘zgarishi, tabiiy ofatlar, revolyusion o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan daromadlar kiradi.
Korxona daromadlari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Daromadlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va baholash;
Daromadlarni to‘g‘ri guruhlash va tegishli schѐtlarda aks ettirish;
Daromadlarni soliqlarga munosabatini to‘g‘ri belgilash;
Daromadlarni moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirish va boshqalar
Sotishdan olingan daromadlarning hisobi. 21-son BHMSga muvofiq sotishdan olingan daromadlar quyidagi schѐtlarda hisobga olinadi:
9010 “Tayѐr mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar” – bu passiv va vaqtinchalik schѐtda korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlarini hisobga olishda foydalanadilar. Schѐtning kreditida olingan daromad yil maboynida to‘planib boradi, bunda mahsulotni sotish usuliga qarab turli schѐtlar debetlanadi. Masalan, mahsulot naqd pulga sotilganda 5010 ―Kassa‖ schѐti, mahsulot naqdsiz sotilganda esa 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schѐtlar‖, 4110 ―Maxsus ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schѐtlar‖, 4120 ―Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schѐtlar‖ va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schѐtlar debetlanadi. Yil maboynida 9010 ― Tayѐr mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar‖ schѐti faqat kredit saldosiga ega bo‘ladi va bu saldo yil boshidan boshlab olingan daromad summasini ko‘rsatadi. Yil yakunida ushbu schѐtning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga ѐziladi va shu asosda u ѐpiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |