3-rasm. Murakkab foizlar boʻyicha oʻsib boruvchi qiymatni aniqlash sxemasi
Rasmdan koʻrinib turibdiki, murakkab foizlar boʻyicha oʻsib boruvchi qiymatni aniqlash olinadigan daromadlarni reinvestitsiyalashga asoslanadi. Olinadigan daromadlarni reinvestitsiyalash jarayoni kapitalizatsiyalash deb yuritiladi.
Kelgusi qiymatni aniqlash uchun umumiy munosabat quyidagi koʻrinishga ega:
FVn = PV x (1 + r)n (2.16)
Qayd etib oʻtish lozimki, FV miqdori r va n koʻrsatkichlarining belgilanishiga bevosita bogʻliq. Masalan, 1 birlik mablagʻ yillik 15%lik stavka boʻyicha 100 yildan soʻng 1 174 313,45 birlikni tashkil etadi!
Quyidagi jadvalda 1 birlik mablagʻning turli xil murakkab foiz stavkalari boʻyicha oʻsib borishini aks ettiruvchi ma’lumotlar aks ettirilgan (3-jadval).
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |