budjet jarayoni ishtirokchilari, budjet mablag‘larini taqsimlovchi,
budjet sohasidagi vakolatlar, budjet tizimi budjetlari, budjetlararo transfertlar,
vaqtinchalik xarajatlar smetasi, davlat moliyaviy nazorati, davlat xaridlari,
subsidiya, tartibga soluvchi daromadlar
kabi tushuncha va iboralarga ta’rif
berildi. Bundan tashqari, “budjet tashkiloti” va “budjetdan mablag‘ oluvchi”
tushunchalariga alohida ta’rif berildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini
mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida” gi 414-sonli
qarorning chiqarilishi davlat budjeti hisobidan mablag’ bilan ta’minlanadigan
tarmoqlarda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish, budjet tashkilotlarini mablag’
bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, budjet mablag’laridan samarali
va aniq foydalanish maqsadida qilingan eng muhim islohatlarda biri bo’ldi. Ana
shu qarorga asosan 2000-yil 1-yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligida budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan
ta’minlashning yangi tartibi joriy qilindi. Unda quydagilar belgilab olindi:
Budjet mablag’laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet
intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining
mustaqilligini kengaytirish va ularning ma’sulyatini oshirish;
budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarni mablag’ bilan ta'minlash
mexanizmini soddalashtirish va budjet mablag’laridan foydalanishda
37
yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag’larni oqilona
taqsimlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag’batlantirish, ular faoliyati
samaradorligini oshirish va kadrlarning o'rnashib qolishi uchun shart-
sharoitlar yaratish.
414-sonli qarorga binoan “Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish
(to’lash)” tartibi to’g’risidagi ilova ham juda muhim ahamiyatga egadir, mazkur
tartib quydagilarni nazarda tutadi:
ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni, ish haqiga qo'shimchalar,
kapital qo'yilmalar va boshqa xarajatlarni guruhlagan holda bir satrda
mablag’ bilan ta'minlash usulida budjet tashkilotlarini normativlar
bo'yicha (faoliyat turiga ko'ra) budjet tashkilotlari xarajatlarini
moliyalashtirish (to'lash)ning yangi tartibini joriy etish, g’azna ijrosiga
o'tgan, xarajatlari moddalar bo'yicha amalga oshiriladigan budjet
tashkilotlari bundan mustasno;
Davlat budjetidan mablag’ oluvchilarning mablag’larni sarflashlari
ustidan dastlabki va joriy nazoratni ta'minlash;
budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to'lash)ni ularning
faoliyat turi bo'yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish
faoliyatini kengaytirish bilan birga qo'shib olib borish;
Yangi tartibga asosan budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash normativlar
bo’yicha xarajatlarni quyidagi guruhlar bo’yicha mablag’ bilan ta’minlash
belgilandi:
I.
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiya va boshqalar)
II.
Ish haqiga qo’shimchalar
III.
Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq
ro’yxatlarga muvofiq)
IV.
Boshqa xarajatlar
38
Xarajatlarning I va II guruhiga kiritilgan budjet tashkilotlarining birinchi
navbatdagi xarajatlari mablag’ bilan ta’minlanadi. Bunda II guruh xarajatlari
tegishli mablag’ o’tkazilmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish
taqiqlanadi.
Xarajatlarning III guruh I budjet tashkilotlari tomonidan respublika
investitsiya dasturi joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida
mablag’ bilan ta’minlanadi.
Albatta bu qarorning ishlab chiqilishi davlat budjeti mablag’laridan samarali,
oqilona foydalanish borasida qilingan katta qadamlardandir. Budjet
mablag’larining aniq sarflanish yo’nalishlarini belgilanishi budjet xarajatlarining
samaradorligi, aniq maqsadli va manzilli sarflanishini ta’minlandi desak xato
bo’lmaydi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat budjeti hisobiga mablag‘
bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, budjet
mablag‘laridan samarali foydalanishni nazoratini takomillashtirish bugungi
kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Islohotlarning maqsadi budjet
siyosatidan davlat budjeti taqchilligini belgilangan me’yordan oshib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik, budjet xarajatlarini samaradorligini oshirish, ijtimoiy
xarajatlarning aniq maqsadli va manzilli bo‘lishini ta’minlashdir.
Budjet mablag‘laridan oqilona
foydalanish
samarali
nazorat
tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo‘lmaydi. Bu sharoitida
moliyaning o‘zi kabi moliyaning, nazoratning ham maqsad va vaziflari
shakllari tubdan o‘zgaradi. Endi u faqat jazolovchi organ sifatida emas, balki
davlatning o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur mablag‘larni ta’minlashi,
budjet mablag‘laridan maqsadga muvofiq samarali xarajat qilishni nazorat
qilish, maslahat berish kabi vazifalarni bajarmoqda. Davlat mablag‘lari
hisobiga olingan davlat mol mulkini to‘liq saqlanishini ta’minlashda ham
nazorat muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat budjeti mablag’laridan samarali, maqsadli sarflanishini va davlat
budjetida turuvchi tashkilotlarning budjet mablag’laridan to’g’ri foydalanishni
39
tartibga solib turish va ular ustidan nazorat o’rnatish maqsadida O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi hisob palatasi tashkil
etish to'g’risida» farmoni 2002 yil 4 noyabrdan kuchga kirdi.
O'zbekiston Respublikasi hisob palatasining asosiy vazifalari jumlasiga
davlat budjeti ijrosi hamda
davlat mablag’larining sarflanishi, birinchi nav-
batda budjet mablag’larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etish va ta'min-
lash, davlat xarajatlarini qisqartirish zahiralarini aniqlash kiradi.
Markazda va joylarda budjet mablag’laridan maqsadli va qonuniy foy-
dalanishni tekshiradi,ulardan foydalanishdagi qoidabuzarlik va suiste'molchilik
faktlarini aniqlash hamda bunday hollarning oldini olish choralari amalga
oshiradi. Mahalliy boshqaruv organlari idoralari va fuqarolarning o'zini-o'zi
boshqarish organlarining joylarga topshirilgan hokimiyat vakolatlarini amalga
oshirishlari uchun ularga real moliyaviy resurslar ajratib berish, jamiyatni
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda ularning rolini oshirish vazifasini
hal
etishdan kelib chiqqan holda, respublika va mahalliy budjetlar o'rtasidagi
nisbatni maqbullashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi. Davlat budjeti
to'ldirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, budjetning daromad qismi
moddalar bo'yicha ijro etilishiga baho berish, belgilangan istiqbol ko'rsatkichlar
bajarilmagani haqida o'z vaqtida xabardor qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki bugunga kelib budjet mablag’laridan
samarali foydalanish borasida yurtimizda keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda
va bir qancha me’yoriy huquqiy baza yaratildi, bu qonunlar albatta budjet
mablag’ini bir tiyini ham samarasiz, maqsadsiz ishlatilmasligi va noqonuniy
o’zlashtirilishini oldini olish uchun xizmat qilmoqda. Bu borada yaratilgan har
bir qonun jahon standartlariga mos tarzda yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |