32
Demak, g’azanachilikni joriy etishdan asosiy maqsad davlatning moliyaviy
resurslarini samarali boshqarishga ta’sir ko'rsatishdir. G’aznachilik organlari
davlat moliyasini boshqarishga taluqli turli vazifalarni bajaradi.
G’aznachilik budjet mablag’larini moliyalashtirish
jarayonida barcha
budjetlar darajasi bo’yicha doimo budjet ijrosining nazoratini olib boradi.
Budjet mablag’larining ishlatilishi bo’yicha nazorat qilish jarayonida
budjet xarajatlarining dastlabki nazorati katta va muhim o'rin tutadi. Dastlabki
nazoratga quyidagilar kiradi: budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan smeta
xarajatlarining to'g’ri va aniq hisob-kitoblarga
tayangan holda tuzilishi, budjet
tashkilotlariga mablag’larni moliyalashtirishdan oldin tuziladigan hujjatlarning
to'g’ri va aniq qilib tuzilishi, ya'ni avvalo ushbu
qilingan xarajatlarga smeta
xarajatlarida belgilanishi hamda belgilangan limitlar doirasidan oshib
ketmasligi, xarid qilingan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlarning haqiqiyligi va
ularning narxlarining to'g’ri kelishi va boshqalar.
Yuqorida ko'rayapmizki ta’kidlangan barcha harakatlar kassa xarajati
qilinishidan oldin amalga oshirilishi lozim. Rivojlangan
mamlakatlarda bu
nazorat (tekshirish)lar g’aznachilik auditi tamonidan amalga oshiriladi. Bizning
mamlakatimizda g’aznachilik tizimi to'liq o'tmagan bo'lsada yuqoridagi
ko'pchilik vazifalarini o'z ichiga olib tizim faoliyatini yurityapdi, ya'ni budjet
tashkilotlari tomonidan tuzilgan smeta xarajatlariga
asosan har bir xarajat turi
bo’yicha tovar yetkazib beruvchi va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar bilan
tuziladigan sharnomalarning muvofiqligi, to'rtinchi guruh xarajatlari bo’yicha
moliyalashtirishda tovar yetkazib beruvchi va xizmat ko’rsatuvchi
tashkilotlarning hisob fakturalariga asosan moliyalashtirilishi va belgilangan
limitlar doirasidan oshib ketmasligi oldini olinmoqda. Lekin g’aznachilik tizimi
olib borayotgan yuqorida ko'rsatilgan bu funksiyalar
budjet xarajatlarining
samarali foydalanishiga to'liq imkon bermaydi, ya'ni shu xarajatlarni
moliyalashtirishdan oldin ularni haqiqiy zarurligidan va miqdoridan kelib chiqib
mablag’larni to'g’ri va aniq hisob kitoblarga tayangan holda rejalashtirish va
33
xarid qilingan tovar va ko'rsatilgan xizmatlarning to'g’riligini
ham tekshirishni
talab qiladi.
Bularning barchasini inobatga olib shunday qulay nazoratni amalga
oshirish lozimki bunda budjet tashkilotlarining huquq va vakolatlarini
qisqartirmagan holda mahalliy hokimiyat organlarining qonunga zid ravishda
asosiz aralashuvlarini bartaraf etuvchi va xarajatlarning samaradorligini yanada
oshiruvchi tartib ishlab chiqish kerak.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida davlat
bosh islohatchi sifatida
cheklangan moliyaviy resurslar yordamida yuzaga kelgan moliyaviy ehtiyojlarni
qondirish uchun tasdiqlangan budjet mablag’larining samarali va maqsadli
foydalanishini nazorat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: