1.3.
O'zbekiston Respublikasida budjet mablag’laridan samarali
foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslari.
Davlat moliyasini isloh qilish dasturi doirasida O'zbekiston Respublikasi
hukumati o'z oldiga tarkibiy va institutsional o'zgarishlarni amalga oshirish
bo'yicha keng ko'lamli vazifalarni qo'ymoqda. Bu bir tomondan sezilarli
miqdorda moliyaviy resurslarni talab qilsa, ikkinchi tomondan ushbu resurslarni
taqsimlash va ulardan foydalanishning samarali tizimining joriy etilishini
nazarda tutadi. Shu nuqtai nazardan budjetdan moliyalashtirish tizimining
nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish, bu boradagi qonuniy-huquqiy bazani
takomillashtirish, budjet mablag’larini ochiq va oshkora boshqarish
mexanizmlarini yaratish har qachongidan ham dolzarb masalaga aylanmoqda.
O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng, xo'jalik yuritishning bozor
tizimiga o'tilishi, iqtisodiyot bozor infratuzilmasining shakllanishi va
rivojlanishi mamlakat xo'jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan
huquqiy asosni yaratishni talab etdi. Bundan tashqari, jahondagi globallashuv
jarayonlarida faol qatnashayotgan O'zbekiston uchun davlat boshqaruv
institutlarini shakllantirish va tubdan isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
34
boradagi islohotlar davlat moliyasi, davlat budjeti va budjet jarayonini
boshqarish va tartibga solish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni
ko'zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va
demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, so'nggi ijobiy natijalarni
ko'zlagan holda muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog'onasiga
ko'tarish talab etilmoqda
.
13
Davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanish yuzasidan,
O'zbekiston Respublikasining qonunlari, mamlakat Prezidentining farmonlari,
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan
va O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyruqlari, tartiblari,
me'yoriy hujjatlari ishlab chiqilgan.
Davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanishning qonuniy-huquqiy
va me'yoriy asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlar qatorida quyidagilarni keltirib
o'tish mumkin:
“O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi” to’g’risidagi O’zbekiston
Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi O’RQ 360-son qonuni
O'zbekiston Respublikasining
“Davlat budjetining g’azna ijrosi
to'g’risida”gi qarori №664-II. 26.08.2004
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-
sonli “O'zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy
ko'rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to'g’risida” gi
qarori.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentyabrda 2007-
raqam bilan ro'yxatga olingan “Davlat budjetining g’azna ijrosi qoidalari”
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-
dekabrda 2634-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Budjet tashkilotlari va
budjetdan mablag’lari oluvchilarining xarajatlar smetasi va shtat
13
Davlat moliyasini isloh etishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari
(20.12.2009). Т.: Humoyun istiqlol mo‘jizasi. 2009. 87-88-bctlar
35
jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida”
gi nizom .
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 14 martda
1111-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan “O’zbekiston Respublikasi
Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari to’g’risida” gi O'zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’i
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “budjet tashkilotlarini
xarajatlarini moliyalashtirish tartibi” to’g’risidagi 414-sonli qarori.
"Davlat budjeti g’azna ijrosi tizimini yanada takomillashtirish chora
tadbirlari to'g’risida"gi PQ 594, 28.02.2007
O’zbekiston Respublikasi Prezidantining “O’zbekiton Respublikasi Hisob
Palatasi tashkil etish to’g’risida” gi Farmoni, 2002 yil 4- noyabr
“Budjet tizimi to'g’risida”gi hamda “Davlat budjetining g’azna ijrosi
to'grisida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan normalar
mukammal tarzda qayta ishlangan holda Budjet Kodeksida o'z aksini topdi.
Budjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yil 26-dekabrdan boshlab
O'zbekiston Respublikasida amalga kiritilgan yangi Budjet Kodeksi davlat
moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, budjet
siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, budjet mablag’laridan foydalanish
samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishga
qaratilgan. Ushbu Kodeks O'zbekiston Respublikasining budjet tizimi
budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko'rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro
etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va budjet to'g’risidagi qonun
hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Yangi Budjet Kodeksi budjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib
chiqqan holda tartibga solish, budjet amaliyotida mavjud bo'lgan ziddiyatlarni
bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, budjet jarayonini tashkil
etishdagi me'yorlar, nizomlar va budjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini
tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. Budjet Kodeksining davlat budjeti
mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilgan g’aznachilik
36
faoliyati bilan bog’liq alohida qismi davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil etish,
yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro'yxatga olish, budjetdan mablag’
oluvchilar xarajatlari to'lovini amalga oshirish, davlat xaridlarini tashkil qilish,
g’aznachilikning yagona g’azna hisobraqamini yuritish kabi masalalarni tartibga
solishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksida “asosiy tushunchalar”
moddasi (3-modda) mamlakat budjet tizimini tartibga soluvchi me’yoriy-
huquqiy hujjatlardagi tushunchalar, shuningdek, “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi
Qonunida ko‘zda tutilmagan bir qator yangi asosiy tushunchalar bilan boyitildi.
Xususan,
Do'stlaringiz bilan baham: |