2.2. O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining g’azna ijrosining joriy holati
tahlili.
Davlat moliyasini isloh qilish, davlat budjetining g’azna ijrosini joriy etish,
budjet mablag’larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini nazorat
qilish jarayonlari mukammallashib, takomillashib bormoqda. Bu jarayonlarni
amalga
oshirishda
navbatdagi
qadam
bo’lib O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Davlat budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 28.02.2007 y. PQ 594-son Qarorining qabul qilinishi bo’ldi.
Davlat budjetining g’azna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada
isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet
mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha
darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish
maqsadida yuqorida nomi qayd etilgan Prezident Qarorining ijro etilishi doirasida
Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat budjetining g’azna ijrosini tatbiq etish va
uslubiyoti” boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik
bo’linmalari negizida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va
uning hududiy bo’linmalari tashkil etildi.
Davlat budjetining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan
maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qorag’alpog’iston Respublikasi,
viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo’linmalari tomonidan amalga
55
oshiriladi. G’aznachilik bilan davlat soliq, bojxona xizmati organlari, O’zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki, tijorat banklari, davlat maqsadli jamg’armalari
mablag’larini taqsimlovchi organlar, davlat budjeti daromadlarida nazarda tutilgan
yuridik shaxslar, shuningdek, budjet jarayonining boshqa ishtirokchilari davlat
budjetining g’azna ijrosi sohasidagi ma’lumotlarni qonun xujjatlarida belgilangan
tartibda almashib turadi. Bu organlar, yuridik shaxslar va budjet jarayonining
boshqa ishtirokchilari G’aznachilikka taqdim etiladigan ma’lumotlarning to’g’riligi
va asosliligi uchun javobgar bo’ladilar.
Davlat budjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot G’aznachilik tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat budjeti g’azna
ijrosining buxgalteriya hisobi G’aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va
bojxona xizmati organlari, budjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli
jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan davlat budjeti g’azna ijrosining
buxgalteriya hisobi hisobraqamlarning yagona rejasi va budjet tasnifi asosida tashkil
etiladi hamda amalga oshiriladi. Davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi
hisobraqamlarining yagona rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
G’aznachilik belgilangan budjet tasnifiga muvofiq, barcha davlat tushumlarini
alohida va aniq ro’yxatini amalga oshiradi, qonun asosida g’aznachilikning yagona
hisobraqamidan barcha to’lovlarni amalga oshirishga G’aznachilik javobgar
hisoblanadi.
Davlat budjeti ijrosining g’aznachilik tizimi joriy etilishi bilan dastlabki va
joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish Moliya vazirligi bilan bir qatorda,
g’aznachilik organlariga ham yuklatiladi. Yakuniy nazorat Moliya vazirligining
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarma va bo’limlari hamda
boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish
uch bosqichli nazoratni to’liq joriy qilishni taqozo etadi. Ya’ni, budjet tashkiloti
kontragentdan tovarlar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida
ofertani (taklifni) qabul qilib olganidan so’ng, shartnomani aktseptlaydi (imzolaydi)
va G’aznachilikka ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etadi. Yuridik majburiyat
56
vujudga kelishi uchun bu shartnomaning ro’yxatdan o’tkazilishi talab qilinadi.
G’aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval dastlabki nazoratni
amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’lib, bu
Do'stlaringiz bilan baham: |